Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining takomillashtirilgan namunaviy odob-axloq qoidalari Umumiy oʻrta taʼlim muassasasining takomillashtirilgan namunaviy
odob-axloq qoidalari yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasining
Konstitutsiyasi, “Taʼlim toʻgʻrisida”, “Yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisida”,
“Bola huquqlari kafolatlari toʻgʻrisida”, “Voyaga yetmaganlar oʻrtasida
nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi toʻgʻrisida”, “Axborot
erkinligi prinsiplari va kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonunlari va Oʻzbekiston
Respublikasi Prezidentining “Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar tizimini tubdan
takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”, “Maktabgacha va maktab taʼlimi
vazirligi hamda uning tizimidagi tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil etish
chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorlari, Vazirlar Mahkamasining “Uzluksiz
maʼnaviy tarbiya konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari
toʻgʻrisida” va “Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida maʼnaviy-maʼrifiy hamda
tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi
qarorlari va umumeʼtirof etilgan maʼnaviy-axloqiy tamoyillar asosida umumiy
o‘rta taʼlim muassasasining rahbariyati, pedagog va texnik xodimlari hamda
oʻquvchilari, ularning ota-onalari yoki boshqa qonuniy vakillari (keyingi o‘rinlarda
- ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilari) uchun ishlab chiqildi.
1-bob. Umumiy qoidalar 1. Umumiy oʻrta taʼlim muassasasining takomillashtirilgan namunaviy
odob-axloq qoidalari (keyingi oʻrinlarda – Qoidalar) umumiy oʻrta taʼlim
muassasasi ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilari uchun odob-axloq tamoyillari,
xulq-atvor meʼyorlariga qoʻyiladigan talablarni belgilaydi.
Ushbu Qoidalar umumiy oʻrta taʼlim muassasasida (keyingi
oʻrinlarda – taʼlim muassasasi) taʼlim va tarbiyaning oʻzaro uygʻunligini
taʼminlash, oʻqituvchi mavqeyining daxlsizligini eʼtirof etish, doʻstona
va ishchanlik muhitini yaratish, oʻquvchilar tomonidan oʻquv dasturini
muvaffaqiyatli oʻzlashtirish, inson va uning huquqlariga hurmatni oshirish,
odob-axloq va muloqot madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan.
2. Mazkur Qoidalar Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tasarrufidagi
taʼlim muassasalarida tatbiq etiladi, nodavlat va boshqa turdagi oʻquv muassasalari
uchun tavsiyaviy xususiyatga ega.
O‘zbekiston Respublikasi
Maktabgacha va maktab
ta’limi vazirining
2023-yil 31-avgustdagi
282-son buyrug‘iga
1-ILOVA
4
3. Qoidalarning maqsadi taʼlim muassasasida sogʻlom ijtimoiy-psixologik
muhitni shakllantirish, oʻquvchilarga zamon talablari va milliy qadriyatlar asosida
taʼlim-tarbiya berish, shaxs va uning huquqlarini hurmat qilish, odob-axloq
madaniyati va muloqot qobiliyatini rivojlantirish, yuksak maʼnaviy-axloqiy
fazilatlarini shakllantirish, oʻquvchilar sogʻligʻini saqlash, ta’lim-tarbiya jarayoni
ishtirokchilari xavfsizligini taʼminlashga imkon beradigan doʻstona ish muhitini
yaratish va taʼlim muassasasi mulkini asrab-avaylashdan iborat.
4. Qoidalar taʼlim muassasasi va uning hududida, darsda, tanaffusda, darsdan
tashqari mashgʻulotlar paytida, taʼlim va tarbiya bilan bogʻliq tadbirlarda ta’limtarbiya
jarayoni ishtirokchilarining oʻzlarini tutishni tartibga soladigan me’yorlar
toʻplami hisoblanadi.
5. Mazkur Qoida talablari ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilari uchun taʼlim
muassasasi hududi doirasida majburiy hisoblanadi.