Оёқ панжаси. Gulmanov Ilich Djumabaevich. Toshkent tibbiyot akademiyasi.
ravoqsimon arteriya (
a. arcuata), kaft-falanga bo‘g‘imlari sathida oyoq panjasi
bosh barmog‘ini yozuvchi muskul tagida
a. dorsalis pedis dan chiqadi,
–
a. arcuata o‘z navbatida ko‘p sonli teri shoxlarini va
aa. metatarseae
dorsales larni hosil qiladi, ular barmoqlarni qon bilan ta’minlashda
ishtirok etadi.
lateral kaft oldi arteriyasi (
a. tarsea lateralis), taran-qayiqsimon bo‘g‘im
sathida chiqadi va V kaft suyagi asosi yonida
a. arcuata bilan
anastomozlashadi.
Medial kaft oldi arteriyalari (
aa. tarseae mediales) oyoq panjasi bosh
barmog‘ini yozuvchi uzun muskul payi tagidan o‘tib medial to‘piqchaga etib
keladi va
rete malleolaris medialis hosil bo‘lishida ishtirok etadi.
– birinchi kaftlararo oraliqning proksimal qismida arteriyadan quyidagi
tarmoqlar hosil bo‘ladi:
oyoq kaftining chuqur arteriyasi (
r. plantaris profundus),
birinchi kaft usti arteriyasi (
a. metatarsiea dorsalis prima).
Oyoq panjasi ustki arteriyasining chuqur kaft arteriyasi
arcus plantaris bilan
anastomozlashadi, va oldingi hamda orqa katta boldir arteriyalari o‘zanlarini qo‘shadi.
Oyoq panjasi kaft usti arteriyasining proeksion chizig‘i – to‘piqchalar oralig‘i
o‘rtasidagi nuqtani birinchi barmoqlararo oraliqda joylashgan nuqta bilan tutashtiruvchi
chiziq.
Chuqur kichik boldir nervi
(
n. peronaeus profundus) oyo panjasi kaft usti
arteriyasidan medial tomonda joylashadi va o‘zidan quyidagi nervlarni hosil qiladi:
– barmoqlarni yozuvchi kalta muskul tarmog‘i,
– oyoq panjasi bosh barmog‘ining lateral kaft usti nervi (
n. dorsalis hallucis
lateralis),
– II barmoqning medial kaft usti nervi (
n. dorsalis digiti secundi medialis). Oxirgi
ikkita nervlar I va II barmoqlarning bir-biriga qaragan yuzalarini innervatsiya qiladi.
Oyoq panjasi kaft usti to‘qimalaridagi
limfa
pastki yuza chov limfatik tugunlariga
yo‘naladi (
nodi lymphatici inguinales superficiales inferiores).
Dostları ilə paylaş: