Katta boldir nervi
(
n. tibialis) tovon kanali ichida medial va lateral oyoq kafti
nervlariga (
n. plantaris medialis et n. plantaris lateralis) bo‘linadi.
Medial oyoq kaft nervi
(
n. plantaris medialis) shu nomli arteriya bilan birga
joylashadi, bosh barmoqni uzoqlashtiruvchi muskulga, bosh
barmoqni bukuvchi kalta
muskulga, barmoqlarni bukuvchi kalta muskulga va ikkita medial chevalchangsimon
muskullarga tarmoqlar beradi, shuningdek umumiy oyoq kaft nervlarini (
nn. digitales
plantares communes) hosil qiladi, ular o‘z navbatida, xususiy oyoq kaft nervlariga (
nn.
digitales plantares proprii)
ajraladi; bu nervlar birinchi uchta barmoqning va IV
barmoqning yarmi kaft yuzasini innervatsiya qiladi.
Lateral oyoq kaft nervi
(
n. plantaris lateralis) shu nomli arteriya yonida
joylashadi, oyoq kaftining kvadratsimon muskulini, jimjiloq muskullarini, ikkita lateral
chuvalchangsimon
muskullarni,
suyaklararo
muskullarni,
bosh
barmoqni
yaqinlashtiruvchi muskulni innervatsiya qiladi,
bulardan tashqari nervdan r.
supetficialis n. plantaris lateralis chiqadi, undan o‘z navbatida umumiy barmoq nervlari
(
nn. digitales plantares communes hosil bo‘lib, keyinchalik xususiy barmoq nervlari
nn.
digitales plantares proprii yuzaga keladi; ular jimjiloqning
kaft yuzasini va IV
barmoqning lateral qismi terisini innervatsiya qiladi.
Limfa suyaqligi
oyoqning kaft sohasidan yuza venalar bo‘ylab joylashgan
limfatik tomirlar orqali oqib ketadi. Oyoq panjasining medial
cheti limfatik tomirlari
oyoqning katta teri osti venasi bo‘ylab chov limfatik tugunlariga etib keladi. Oyoq
panjasining tashqi yuzasi limfa tomirlari oyoqning kichik teri osti venasi bo‘ylab taqim
osti limfatik tomirlariga qo‘shiladi.