Оёқ панжаси. Gulmanov Ilich Djumabaevich. Toshkent tibbiyot akademiyasi


Oyoq kafti qon tomirlari , nervlari va limfa tizimi



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/6
tarix18.04.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#99590
1   2   3   4   5   6
Oyoq panjasi (1)

Oyoq kafti qon tomirlari , nervlari va limfa tizimi 
Orqa katta boldir arteriyasi 
bukuvchi muskullar paylari ushlagichi 
(retinaculum flexorum) tagida medial to‘piq kanalidan o‘tadi va kanalda barmoqlarni 
bukuvchi uzun muskul va bosh barmoqni bukuvchi uzun muskul payi orasida 
joylashadi, ushbu paylar bilan birga tovon kanaliga kiradi, tovon kanali oyoq panjasi 
bosh barmog‘ini uzoqlashtiruvchi muskul (m. abductor hallusis) va tovon suyagi 
orasida hosil bo‘ladi. 
Tovon kanalida arteriya medial va lateral kaft arteriyalari (aa. plantares medialis 
et lateralis)ga bo‘linadi. 
Medial kaft arteriyasi
medial muskullararo to‘siq orasida joylashadi, keyin 
barmoqlarni bukuvchi kalta muskul va bosh barmoqni uzoqlashtiruvchi muskul orasidan 
o‘tib yuza va chuqur shoxlariga (rr. superficialis et profundus) bo‘linadi. 
Yuza shoxi
bosh barmoqni uzoqlashtiruvchi muskulni teshib o‘tib oyoq panjasi 
medial yuzasi teri osti kletchatkasida tarmoqlanadi, bosh barmoq asosigacha bo‘lgan 
terini qon bilan ta’minlaydi. 
Chuqur shoxi
barmoqlarni bukuvchi kalta muskul va bosh barmoqni 
uzoqlashtiruvchi muskul orasidan o‘tib bosh barmoqning medial yuzasi tomon 
yo‘naladi, va bu erda birinchi kaft arteriyasi bilan anastomozlashadi. 
Lateral kaft arteriyasi
lateral muskullararo fassial to‘siq bo‘ylab joylashadi, 
barmoqlarni bukuvchi kalta muskul va oyoq panjasining kvadrat muskuli orasidan o‘tib 
V kaft suyagi asosiga etib keladi, arcus plantaris hosil qiladi. 


Оёқ панжаси. Gulmanov Ilich Djumabaevich. Toshkent tibbiyot akademiyasi.
Oyoq panjasi ravog‘i bosh barmoqni yaqinlashtiruvchi muskulning qiyshiq 
boshchasi va suyaklararo muskullar orasidan o‘tib birinchi barmoqlararo tirqish 
sohasida oyoq kaft usti arteriyasining kaft tarmog‘i bilan anastomozlashadi. 
Oyoq panjasi ravog‘idan aa. metatarsals plantares chiqadi, ulardan o‘z navbatida 
aa. digitales plantares communes hosil bo‘ladi, ular esa aa. digitales plantares propriae 
ga bo‘linadi. 

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin