Tuproq xususiyati – o‘g‘itlash tizimini tuzishda tuproq xususiyatlarini: uning tipini, mexanikaviy tarkibini, muhit reaksiyasini, oziq moddalar bilan ta’minlanishini, suv rejimini va madaniylashtirilganlik darajasi hisobga olinadi. O‘g‘itlarni almashlab ekish dalalarida taqsimlaganda tuproqeritmasining reaksiyasini, buferligini, asoslar bilan to‘yinganlik ko‘rsatkichini va boshqa agrokimyoviy xossalarini bilish juda muhimdir.
Agrotexnika– o‘g‘itlash tizimi almashlash ekish tizimiga kiruvchi ekinlarni yetishtirishda bir-biri bilan o‘zaro munosabatda bo‘lgan kompleks agrotexnika qoidalari asosida ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi. Yuqori agrotexnika (tuproqni ishlashdan boshlab, urug‘lik material tayyorlash, urug‘ ekish, ekinlarni parvarish qilish va boshqalariga) o‘simliklarni tuproqdagi oziq elementlaridan va yerga solingan o‘g‘itlardan samarali foydalanish uchun eng zarur sharoitdir. Belgilangan agrotexnika qoidalariga rioya qilmaslik (yerlarga sifatsiz ishlov berish, urug‘lik sifatini pastligi, ekinlarni begona o‘tlar bosib ketishi va boshqalar) o‘g‘itlar samaradorligini kesin pasaytiradi. Shuning uchun ham V.D. Pannikov “agrotexnika jarayonida yo‘l qo‘yilgan xatoni hech qanday o‘g‘itlar meyori bilan to‘g‘rilab bo‘lmaydi” deb ta’kidlaydi.
O‘tmishdosh ekinlar– almashlab ekish dalasidagi ekinlar uchun o‘g‘itlarni taqsimlaganda o‘tmishdosh ekin turini bilish juda muhimdir. Chunki, har qanday ekinni eng yaxshi o‘tmishdoshdan keyin ekish – yuqori hosildorlikni va o‘g‘itlar samaradorligini oshiradi. Masalan, g‘o‘za uchun – beda; kartoshka uchun – beda va donli dukkakli ekinlar yaxshi o‘tmishdosh bo‘ladi. Ko‘p yillik o‘tlardan va donli dukkakli ekinlardan keyin eqiladigan kartoshka birinchi yili fosforli – kaliyli o‘g‘itlarga juda talabchan bo‘ladi. Chunki, o‘tmishdosh ekinlar tuproqdan ko‘plab fosfor va kaliyni o‘zlashtirib, tuproqda shu oziq elementlarini yetishmovchiligiga olib keladi va aksincha, tuproqlarni azot bilan boyitadi. Demak, o‘g‘itlar meyorini o‘tmishdosh ekin turiga qarab to‘g‘rilash kerak bo‘ladi.
3.Tuproqdagi oziq moddalarning kamayshi ekinlarning hosili bilan uzlashtirilgan mikdoriga qarab aniqlanadi. Tuproqda kamaygan oziqa elementlarining o‘rnini qoplash ekinlarning ildiz va boshka qoldiqlari , urug‘ bilan yerga tushgan elementlar, xavodagi molekulyar azot, suv va boshqa manbalar orkali yerga tushgan oziqa elementlari bilan birga o‘g‘it vositasiga qoplanadi.
Har xil ekinlarning oziqa elementlariga bo‘lgan talabi har xil bo‘ladi shu sababli har xil ekinlar tuproq tarkibidagi oziqa elementlarining har xil mikdorda uzlashtiradi. Agar ekinlar o‘g‘itsiz o‘stirilsa, yerdagi oziqa elementlari yildan -yilga kamayaveradi. Shuning uchun ham O‘zbekiston hukumati yerni o‘g‘itlashga alohida ahamiyat bermoqda. Va mineral o‘g‘itlar xom-ashiyolarining yangi-yangi tabiiy zahiralarini izlab topmokda.
O‘simliklar hosildorligi, o‘sish, rivojlanishi asosan beshta omilning yegindisi: yoruglik, issiklik, namlik., oziqa va havoga bog‘liq. Biroq o‘simliklar uchun zarur o‘lgan omillarni dala sharoitida boshkarish har xil. Xozirgi vakda o‘g‘it hosildorlikni oshirishda salmoqli urinni egalamoqda. Qaysi davlatda mineral o‘g‘it yerga ko‘p solinsa undagi hosildorlik muvofiq ravishda yuqori bulmokda. Masalan: Niderlandiyada har bir gektar bugdoy maydoni 758 kg/ga azot, fosfor va kaliy ishlatib 52 s/ga hosil olingan.Fransiyada- 269 kg/ga mineral o‘g‘it ishlatib 42 s/ga, Ispaniyada – 106 kg/ga ishlatib 21 s/ga, Xindistonda – 20 kg/ga ishlatib –14 s/ga bugdoy doni olishga erishilgan.
Rivojlangan mamlakatlarda jon boshiga 55 kg dan 145 kg gacha, rivojlayetgan mamlakatlarda – 7 kg dan 23 kg gacha o‘g‘it ishlatilishi rejalangan.
Mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarilishiga juda ko‘p energiya sarflanadi. Hozirgi vakda yer yuzida 600 dan ortiqroq ammiakni sintez qiladigan zavod va qurilmalar mavjud bo‘lib ularga 125 mln. litr neft hajmidagi energiya sarflanadi. Shunga qaramasdan o‘g‘it ishlab chiqarishga sarflangan harajat qo‘shimcha hosil bilan qoplamoqda.
Dehqonchilik tizimida mahalliy o‘g‘itlar muhim rol uynaydi. Shuning uchun ham D.N.Pryanishnikov “Go‘ngga e’tiborsizlik mineral o‘g‘itlar tarkibidagi oziq moddalarga bo‘lgan e’tiborsizlik” deb hisoblangan. Dehqonchilikda qishloq xo‘jalik ekinlarini o‘g‘itlashda mahalliy va mineral o‘g‘itlarni birgalikda qo‘llashning ahamiyati juda muhimdir. Akademik D.N. Pryanishnikov – “mineral va mahalliy o‘g‘itlarni birgalikda qo‘llash hisobiga eng yuqori hosil yetishtirish imkoniyati vujudga keladi chunki, mineral o‘g‘it o‘simliklarni boshlang‘ich rivojlanish davrlarida, mahalliy o‘g‘itlar esa keyingi rivojlanish fazalarida oziq modda bilan ta’minlaydi” deb yozgan edi. Dala tajribalarini ko‘rsatishicha, go‘ng va mineral o‘g‘itlar meyorini yarmisini aralashtirib yerga solinganda har bir gektar hisobiga olinadigan qo‘shimcha hosil bu o‘g‘itlarni o‘zini alohida–alohida tavsiya etilgan meyorda solingandagiga qaraganda bir muncha yuqori bo‘lar ekan. Chunki, go‘ng bilan birgalikda tuproqqa NPK dan tashqari ko‘plab mikroelementlar tushadi va ular ko‘plab SO2 ajralib chiqishini ta’minlaydi va fotosintez jarayonini yaxshilaydi.
Mineral va mahalliy o‘g‘itlarni birgalikda qo‘llaganda, fosforli o‘g‘itlarning tuproqbilan mustahkam birikmalar hosil qilishi kamayadi. Mineral va mahalliy o‘g‘itlarni birgalikda qo‘llashga ayniqsa, tuproqda oziq moddalari konsentratsiyasining ortib ketishiga o‘ta sezgir, lekin butun o‘suv davri davomida ularni yetarli miqdorda bo‘lishini talab qiladigan bodring, piyoz, makkajo‘hori kabi ekinlar talabchandir.
Asosiy masala, mineral va mahalliy o‘g‘itlarni birgalikda qo‘llash natijasida tuproqlar tarkibidagi gumus miqdori ortadi. Qishloq xo‘jalik ekinlarini o‘g‘itsiz bir yerda qayta-qayta ekish turokdagi gumus miqdorini kamayishiga olib keladi. O‘zbekiston respublikasi paxtachilik ilmiy teshirish instituti (O‘zPITI) olimlarining ta’kidlashicha, umuman o‘g‘it qo‘llamaslik yoki ko‘p miqdorda mineral o‘g‘itlarni qo‘llash oqibatida keyingi 50-60 yil ichida tuproqdagi gumus miqdori 25-50 foizga kamaygan.
Tuproqda gumus hosil bo‘lishi almashlab ekish turiga, qo‘llaniladigan mineral, ayniqsa, mahalliy o‘g‘itlar miqdoriga bog‘liq bo‘ladi. Tuproqdagi gumus tengligi (balansi) yerga tushadigan organik modda miqdoriga, o‘simlik qoldiqlariga, ularni gumifikatsiyaga uchrashiga (15-25 foiz), tuproqdagi chirindini – mineralizatsiyaga uchrash tezligiga bog‘liq. Bu esa o‘g‘itlar miqdorini ortishi bilan yanada tezlashadi.
Almashlab ekish tipiga, uni o‘g‘itlash darajasiga qarab tuproqda qoladigan o‘simlik va ildiz qoldiqlari miqdori 30-40 foizga ortishi mumkin, bu esa har bir gektar hisobiga 0,5-0,8 tonna quruq massa tushishini ta’minlaydi. Ko‘pchilik ilmiy tajriba natijalarini ko‘rsatishicha, tuproqlar tarkibidagi gumus miqdorini oldingi holatda saqlab turish uchun mexanikaviy tarkibi o‘rtacha va og‘ir tuproqlarga har yili 10 t/ga, yengil tuproqlarda – 15 t/ga go‘ng solishni yo‘lga qo‘yish zarur. Go‘ng bilan birgalikda tuproqqa qo‘shimcha ravishda azotli o‘g‘itlar kiritish lozim, chunki o‘simliklar birinchi yili go‘ng tarkibidagi azotni fosfor va kaliyga nisbatan juda kam o‘zlashtiradi.
Respublikamizda turli xil tuproq turlari mavjud bo‘lib, ularning unumdorligi ham turlichadir. Unumdorligi past bo‘lgan tuproqlar: och tusli bo‘z va haqiqiy bo‘z tuproqlar hisoblanadi. O‘g‘itlarning samaradorligini aniqlash uchun turli hududlarda dala tajribalari o‘tkaziladi.
Ilmiy tadqiqot institutlarining tajriba natijalarini ko‘rsatishicha, o‘g‘itlardan to‘g‘ri foydalanilganda 1 tonna mahalliy o‘g‘it hisobiga 1 sentner don, 1 sentner mineral o‘g‘itlar hisobiga esa: qo‘shimcha 1-1,5 s don, 5-7,5 s kartoshka, 12 s gacha sabzavot, 2,6-5,5 s paxta hosili yetishtirish mumkin ekan. Bir vaqtning o‘zida yetishtirilgan hosilning sifati ham yaxshilanadi.
O‘rtacha miqdorda ishlatilgan o‘g‘itlar hisobiga asosiy qishloq xo‘jalik ekinlaridan olinadigan qo‘shimcha hosil miqdori quyidagi jadvalda berilgan.