Xo‘jalikda o‘g‘itlash tizimi qo‘yidagi tuzilishda bo‘ladi:
|
Kimyoviy meliorantlardan foydalanish rejasi
|
O‘g‘itlarni qo‘llash rejasi
|
1.mahalliy o‘g‘itlarni to‘plash va saqlash.
2.Mineral o‘g‘itlarni harid qilish va saqlash.
3.Mineral o‘g‘itlarni saqlash uchun omborxo-nalar qurish.
4.Mexanizatsiya bilan ta’minlanish darajasi.
5.Mehnatga haq to‘lash.
6.O‘g‘itlarni qo‘llashni iqtisodiy samarador-ligini hisobga olish
|
1.Ohaklash
2.Fosforitlash
3.Xaritanoma asosida gipslash
|
1.Turi
2.Dozasi
3.Shakli
4.Muddati
5.Tuproqdagi oziq moddalar miqdori
va rejalashtirilgan hosil miqdoriga
qarab, o‘g‘itlarni qo‘llash usullari.
|
Xo‘jalikda o‘g‘itlash tizimini tuzish jarayonida yuqorida ko‘rsatilgan har bir ko‘rsatkich uchun alohida – alohida tavsiya beriladi. O‘g‘itlash tizimini tuzish ikki bosqichda amalga oshiriladi:
O‘g‘itlarni qo‘llash tavsiyanomalari tuzilib, u iqtisodiy jihatdan asoslanadi;
Ushbu tavsiyanomani amalda, ya’ni xo‘jalikning dalalarida amalga oshirish.
Birinchi bosqichda mahalliy va mineral o‘g‘itlarni qo‘llash rejalashtirilib, unda tuproq-iqlim sharoitiga qarab o‘g‘itlarni turi, meyori, qo‘llash muddati va usullari belgilanadi. Bunday rejani xo‘jalikda – agronom agrokimyogarlar tuzishi kerak. Buning uchun keyingi 3 yilda xo‘jalik dalalarida yetishtirilgan hosil miqdorini, agrokimyoviy va tuproq xaritanomasi va mahalliy o‘g‘itlarni to‘plash rejasi bo‘lishi kerak.
O‘g‘it qo‘llash tizimida eng muhimi, o‘g‘itlarni qo‘llash rejasini amalda xo‘jalik dalalarida amalda qo‘llash hisoblanadi. Bu bosqichda kompleks tashkiliy – xo‘jalik va agrotexnikaviy ishlarni amalga oshirish kerak bo‘ladi.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, agronomchilik tajribasida alohida ekinlar uchun ham o‘g‘itlash tizimi tuziladi, ya’ni ma’lum bir ekin turi uchun o‘g‘it meyori, turi, shakli va mineral – mahalliy o‘g‘itlarni qo‘llash muddatlari va usullari ko‘rsatiladi. Alohida ekinlar uchun o‘g‘itlash tizimi rejalashtirilgan hosil salmog‘ini, ekinlarni oziqlanishini biologik asoslarini, almashlab ekish dalasida tutgan o‘rni, agrotexnikasini, tuproq-iqlim sharoitini (tuproqlarni agrokimyoviy tavsifi, tabiiy unumdorlik, iqlim ko‘rsatkichlari), o‘g‘itlarni xususiyatlarini, mahalliy va mineral o‘g‘itlarni birgalikda qo‘llash, va xo‘jalikni iqtisodiy ahvolini bilgan holda tuziladi. O‘g‘itlash tizimining asosiy ko‘rsatkichi – iqtisodiy samaradorlik. O‘g‘it qo‘llash tizimi o‘zoq muddatda har bir dalada reja asosida o‘g‘itlarni qo‘llashga asoslangan.
O‘g‘it qo‘llash tizimining asosiy vazifalari bo‘lib, qo‘yidagilar hisoblanadi:
Dostları ilə paylaş: |