Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti



Yüklə 20,25 Kb.
tarix21.06.2023
ölçüsü20,25 Kb.
#133529
Taqriz Alimqulov M 6 oylik 1-yil


Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti
06.02.04-“Ipakchilik” ixtisosligi bo‘yicha 1-bosqich tayanch doktoranti
Alimqulov Muzaffar Muqumovich “Andijon viloyati sharoitida ingichka tola beruvchi ipak qurti duragaylarini samarali parvarishlash agrotexnikasini ishlab chiqish” mavzusi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan 2023-yil 6 oylik hisobot ishiga
TAQRIZ
Ipakchilik qadimdan taraqqiy etgan sohalardan hisoblanib, to‘qimachilik sanoati va xalq xo‘jaligini tabiiy ipak xom-ashyosi bilan ta’minlaydi. Tabiiy ipak pishiqligi, cho‘ziluvchanligi, chidamliligi, ko‘rkamligi, yengil va nafisligi, havo o‘tkazuvchanligi bilan boshqa gazlamalardan va sun’iy tolalardan ustun turadi. Shuning uchun ham tabiiy ipakdan xalq xo‘jaligini turli sohalarida, jumladan: tibbiyot, radio-texnika, kosmonavtika, aviatsiya, aloqa, to‘qimachilik va boshqalarda keng foydalaniladi,
Qurt organizmidagi fiziologik jarayonlar va uning ahvoli tashqi muhit holatiga bog‘liqdir. Tashqi muhitni o‘rganmasdan turib, kelgusida qurt boqishning ratsional usullarini ishlab chiqish mumkin emas.
Keyingi yillarda ilg‘or pillakorlarimiz qurt boqish sur’atini yanada tezlashtirish borasida g‘oyat katta amaliy natijalarga erishdilar. Ular qurt boqish davrini 30-32 kun o‘rniga 21-23 kunga qisqartishga muvaffaq bo‘ldilar. Tashqi muhitning ta’siri bilan har bir organizm o‘zgaradi, ayni vaqtda bu organizm o‘z atrofidagi muhitni ham o‘zgartiradi. Biologiya fanidagi izlanishlar ana shu o‘zaro munosabatlarni aniq tushunib olish natijasida, organizmlarning tabiatini o‘zgartish yo‘llarini ochib berdi, ongli va planlashtirilgan ravishda yangi navlar chiqarish metodlarini yaratdi. Organizm bilan tashqi muhit sharoiti o‘rtasidagi o‘zaro munosabatni qanchalik yaxshi tushunsak, tashqi muhit sharoitlarini tartibga solish va yaratish imkoniyatidan foydalanib, organizmni shunchalik yaxshi idora qilishimiz mumkin. Shuning uchun ham organizm bilan muhit o‘rtasidagi o‘zaro munosabat qishloq xo‘jaligi uchun alohida ahamiyatga ega bo‘lib, hayvonlarning yaxshi zotlari faqat yaxshi agrotexnika va yaxshi zootexnikani qo‘llash natijasida vujudga keladi.
Hisobotda quyidagi kamchiliklar uchraydi:
1.Adabiyotlar ro‘yxati tartibli terilmagan.
2. Hisobot 3 bobdan iborat bo‘lishi kerak.
3. Kirish qismida bugungi kundagi qarorlar ko‘rsatilmagan.
4.Adabiyotlar sharhida yangi ma’lumotlar keltirilmagan
5. Ilmiy yangilikni yetarlicha yoritish kerak.
6. Xulosa qismini, aniqroq yoritish kerak.
Umuman olganda, 06.02.04-“Ipakchilik” ixtisosligi bo‘yicha 1-bosqich tayanch doktoranti Alimqulov Muzaffar Muqumovich “Andijon viloyati sharoitida ingichka tola beruvchi ipak qurti duragaylarini samarali parvarishlash agrotexnikasini ishlab chiqish” mavzusi bo‘yicha 6 oylik hisobotida ko‘rsatilgan kamchiliklar va takliflarni inobatga olgan holda hisobot barcha talablarga javob beradi.


Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini
saqlash, qayta ishlash va qadoqlash
texnologiyasi kafedra mudiri dotsent. J.To‘ychiyev
Yüklə 20,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin