Oila pedagogikasi


Mehnat, mehnatsevarlik va ilm-hunar



Yüklə 48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/202
tarix13.12.2023
ölçüsü48 Kb.
#175377
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   202
Oila pedagogikasi. Hasanboyeva O

Mehnat, mehnatsevarlik va ilm-hunar
haqida
Ona-yerdan unayotgan barcha noz-u ne’matlar kishilar 
mehnatining samarasi ekanligini har bir bola yoshligidan 
anglamog'i va ulg‘ayib borgani sayin bu mehnatga ongli ra- 
vishda o‘z hissasini qo‘shmog‘i zarur. Bola mehnat mah- 
sulotlari va ulaming bunyodkorlari bo‘lgan mehnatkashlami 
shundagina qadrlay biladi.
* * *
Ota-onalaming farzandlariga 
mehnatning ahamiyati 
haqida hadeb tashviqot qilishlaridan ko‘ra, bir marotaba 
namuna ko‘rsatganlari ma’qulroqdir, chunki bola eshitga- 
nidan ko‘ra, ko‘rganiga ko‘proq ishonadi.
* * *
Mehnat qilgan yaxshi, lekin ishining ko‘zini bilib mehnat 
qilgan undan ham yaxshi.
113


* * *
Yoshligidan mehnat qildirmay erka, tantiq qilib o‘sti- 
rilgan bola faqat boshiga bir kulfat tushgandagina ota-onasini 
eslaydi.
* * *
Har bir kishi odamlaming hurmatiga sazovor bo‘lishni 
istasa, u quruq gap bilan emas, amaliy ish bilan o‘zini 
ko‘isatishi kerak, chunki odamlar gap, mahmadona kishilami 
emas, balki ishchan kishilami yurakdan hurmat qiladi.
* * *
Daraxtning soya-salqinidan yelpig‘ich bilan yelpinib 
yotgan bola jaziramada mehnat qilib meva yetkazgan bog‘- 
bonning qadrini bilmaydi.
* * *
Bolaga bilim berish, uni hayotga qobil, g‘ayratli va 
ijtimoiy faol qilib tarbiyalash lozim. Bolani turmushga qobi- 
liyatli qilib tarbiyalash o‘qituvchining muqaddas burchidir.
* * *
Hayotning achchig'i ham, chuchugi ham bor, har ikka- 
lasini totigan odamdagina hayotning va odamlaming qadr- 
qimmatini chuqurroq his eta oladi.
* * *
Halol mehnatning evaziga kelgan narsalar o‘zingga 
qoladi, qo‘Iingga osongina kirgani esa shamoldek uchib 
ketadi.
114


Bir tup daraxt ekib ko‘kartirmagan kishi bog‘ qadrini 
bilmaganidek, o‘zi mehnat qilmay, ota-ona davlati bilan 
uylangan yigit ham oila va turmush qadrini bilmaydi.

Yüklə 48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   202




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin