Oila pedagogikasi


Sharq mutafakkirlari merosida oila



Yüklə 48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/202
tarix13.12.2023
ölçüsü48 Kb.
#175377
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   202
Oila pedagogikasi. Hasanboyeva O

5.1. Sharq mutafakkirlari merosida oila
va oilaviy tarbiya masalalari
Sharq mutafakkirlarining ta’lim-tarbiya, oila va oilaviy 
tarbiya haqidagi qarashlari islom mafkurasi va uning qo- 
big‘ida shakllangan. Sharq mutafakkirlari ijodida aks etgan 
umuminsoniy g‘oyalar islomiy ma’naviyat bilan hamo- 
hangdir.
Sharq mutafakkirlarining ilmiy merosida oila va oilada 
farzand tarbiyasi masalalariga katta e’tibor berganlar. Mu­
hammad ibn Muso al-Xorazmiy, Abu Nasr al-Forobiy, Abu 
Rayhon Beruniy, Abu All Ibn Sino, Muhammad Koshg‘ariy,
1.24


Yusuf Xos Hojib, Kaykovus, Alisher Navoiy, Xusayn Voiz 
Koshifiy kabi mutafakkirlaming qator asarlarida bolalami 
ma’naviy-axloqiy tarbiyalash masalalari o‘rtaga qo‘yilgan va 
ulami hal etish yo‘llari ko'rsatib berilgan.
Oilada bola tarbiyasi masalasi Muhammad ibn Muso al- 
Xorazmiy qarashlarida ham mavjuddir. Uning aytishicha, 
«Ota-onalar ikki xil: tug‘ilish otasi va ta’lim berish otasi: 
birinchisi jismoniy hayot sababli, ikkinchisi ruhiy hayot 
sababli». Shunga ko'ra ulami uzviy birlikda olib qarash 
tarbiya ishida muhim ahamiyatga molikdir. Uning quyidagi 
so‘zlari anchayin ibratlidir: «Zamondan yaxshiroq 
ta’lim 
beruvchi muallimni, insondan yaxshiroq 
ta’lim oladigan 
o‘quvchini ko‘rmadim». Uning bu so‘zlaridan bir tomondan 
ijtimoiy muhitni bola tarbiyasi uchun hal qiluvchi ta’sirini 
anglasak, ikkinchi tomondan inson shaxsi ta’lim natijasida 
kamolotga erishib borishi mumkinligini sezamiz.
Abu Rayxon Beruniy insonning axloqiy fazilatlarini, 
umuman axloqiy tushunchalarini insonning tabiati bilan 
bog‘laydi. Inson tabiati esa, awalo, oilada shakllanadi. 
Shunga ko‘ra bola tarbiyasida ota-ona ta’siri va namunali 
benihoya kattadir. Masalan, u ayollarga nasihat qilib, Abdulla 
ibn Jafar tilidan shunday deb yozadi: «Rashkdan saqlangin. 
U taloqning kalitidir. Eringga tez-tez tanbeh qilishni senga 
taqiqlayman. Chunki tanbeh nafrat uyg‘otadi. 0 ‘zingni bezab 
yurgin. Buning uchun yaxshi vosita surmadir. Yana xushbo‘y 
atirlardan foydalangin. Ulaming ichida eng yaxshisi suvdir». 
Uning bu fikrlari be vosita oilada farzand tarbiyasiga ta- 
alluqlidir.
Beruniy tan va ruh pokligi masalasini ham o‘rtaga 
tashlaydi. Oilada tozalik, poklik va tartiblilik mavjud ekan, u 
yerda ma’naviy poklik ham bo‘ladi. Bu fikmi-tanani toza
125


tutish bilangina cheklab bo‘lmaydi, balki ko‘p harakat qi- 
lishga chaqiradi. Bu harakat mehnat qilish demakdir. Uning 
qalb va harakat haqidagi fikri insonning tani bilan ruhi 
pokligini bir butunligi to‘g‘risidagi g‘oya bilan bog‘liqdir. Bu 
narsa bola -tarbiyasi jismoniy sogiomlik bilan ma’naviy- 
axloqiy boylik o‘rtasidagi o‘zaro muvofiqlik haqidagi bugungi 
kun talabi bilan hamohangdir. Beruniy ota-onalarga qarata 
bolaning mo'tadillikda saqlashni tavsiya etadi. Bunga asosan 
bolani qattiq g‘azablanishdan, qo‘rqish va hafalikdan, uyqu- 
sizlikdan saqlash orqali erishilishini aytib, ulami xohlagan va 
foydali narsasini topib berishga, sevmagan narsasidan uzoq- 
lashtirishga harakat qilish kerakligini uqtiriladi. Ota-onaning 
bolaga turli munosabati turlicha xulqlami keltirib chiqaradi. 
Mutafakkir bola-xulq atvorining mo‘tadilligi natijasida tan 
va ruh sog‘lomligi kelib chiqishini ham ilmiy asoslab beradi. 
Beruniy bola taibiyasida irsiyat muhit va tarbiya ta’sirini 
birdek muhim ekanligini ta’kidlab o‘tgan edi. Beruniy 
axloqiy taibiyaga musulmon dini talablaridan kelib chiqqan 
holda yondoshadi. Axloqiylik yaxshilik va yomonlik o ‘rta- 
sidagi kurash natijasida namoyon boiadi va shakllanadi. 
Uning bu fikri o‘z davri uchun yangi va ilmiy bashorat edi.
Oila va oilada bola tarbiyasi masalasi Abu Ali Ibn Sino- 
ning ilmiy merosida ham muhim o‘rin egallaydi. U o‘zining 
qator asarlarida bolaning salomatligi, uning tarbiyasi haqida, 
eng muhimi bola ruhiyatini o‘rganish borasida ko'plab 
qimmatbaho fikrlami yozadi. Ulaming hammasi bir butun 
bo'lib, muayyan pedagogik qarashlar tizimini tashkil etadi va 
u ma’naviy-axloqiy barkamol insonni shakllantirish haqidagi 
g'oyaga borib taqaladi. Ibn Sinoning «Tadbiri al-manozil» 
nomli asarida katta bir bob oila va oilaviy tarbiya masa- 
lalariga bag‘ishlangandir.
126


Ibn Sino oilada bola tarbiyasi ancha murakkab va nozik 
bo'lib, uni bolaning yoshligidan boshlab va izchillik bilan 
olib borish lozimligini uqtiradi. U ona allasining tarbiyaviy 
ahamiyati haqida to‘xtalib, «Alla» ikki vazifani bajaradi, 
deydi. Birinchisi, uni tebratish orqali bolaga jismoniy orom 
bag‘ishlanadi; ikkinchisi, beshikni bir maromda tebratishdan 
onaning mehri jo‘sh uradi, bolasiga bo‘lgan muhabbatidan 
onaning orzu umidi yurak to‘ridan silqib chiqadi. Bu o‘ziga 
xos qo‘shiq bolasi uchun qasidadek yangraydi va u farzan- 
dining murg'ak qalbiga singib boradi. Shu tarzda bolada o‘zi 
ham anglolmagan holat paydo bo'ladi. U asta-sekin bu 
yorug‘ olamni anglay boshlaydi. Ana shu anglashdan 
o‘rganish boshlanadi. Xuddi shu o‘rganish tarbiyalanishdir. 
Zotan o‘iganish sezishdan kelib chiqadi. Ibn Sino ana shu 
holatga e’tiborini qaratib, «Yosh bolaning sezgirlik quwati 
katta odamga teng keladi», degan fikrni bildiradi.
Ibn Sino bola taibiyasida oila boshlig‘i otaning roliga 
alohida e’tibor beradi. «Agar oilada - deydi u, oila boshlig'i 
tajribasizlik, no‘noqlik qilsa u oila a’zolarini yaxshi tarbiyalay 
olmaydi va oqibatda bundan yomon natijalar kelib chiqishi 
mumkin». Bola yaxshi yo‘lga qo‘yilsa, oila baxtli bo‘ladi. 
Oilaning eng muhim vazifasi bola tarbiyasi hisoblanadi. Ota- 
ona kim bo‘lishidan qat’iy nazar, bu vazifani mas’uliyat bilan 
ado etishi lozim. Ibn Sino «tadbiri al-manozil» asarida er va 
xotinning yaxshi sifatlarini sanab o‘tadi. Ulaming shaxsiy 
namunalari bola uchun o‘mak bo‘lib, kelajak taqdirini bel- 
gilashda muhim ahamiyatga ega ekanligi alohida uqtiriladi.
Ibn Sino oilada bolani ma’naviy — axloqiy taibiyalashda 
mehnatsevariikning roliga alohida urg‘u berib, ota-onalami 
farzandlariga nisbatan kasb-hunar o'rgatishga chaqiradi.
127


Mehnatni ulug‘laydi. Mehnatsiz hayot kechirishning bolaga 
bo£lgan salbiy ta’sirini ko‘rsatib beradi.
XI asrda yashab ijod etgan mutafakkir Yusuf Xos Hojib 
o‘zining «Qutadg‘u bilig»da bola tarbiyasi haqida to‘xtalib, 
shunday yozadi: «Farzand qanchalik bilimli, aqlli-xushli 
bo‘Isa ota-onasining yuzi shunchalik yorug£ bo‘ladi». U bola 
tarbiyasida otaning mas’uliyatiga alohida e’tibor beradi. 
«Kimning o‘g‘il-qizi erka bo‘lsa, deb yozadi u unga shu 
kishining o‘zi mungli bo‘lib yig‘laydi. Ota bolani kichikligida 
bebosh qilib qo‘ysa bolada gunoh yo‘q, barcha jafo otaning 
o£zida; o £g£il-qizning xulq-atvori yaramas bo£lsa, bu yaramas 
ishni ota qilgan bo£ladi. Ota boialarini nazorat qilib, turli 
hunarlami o£rgatsa, ular ulg£aygach, o£g£il-qizim bor deb 
sevinadi; o£g£il-qizga hunar va bilim o‘rgatish kerak, toki bu 
hunar bilan ulaming fe’l-atvorlari go‘zal bo£lsin». Yusuf Xos 
Hojib o£z asarida shunday fikrlami o£rtaga tashlaydiki, ular 
bola tarbiyasi uchun madhiyadek yangraydi.
Yusuf Xos Hojib bolalar tarbiyasini juda murakkab 
jarayon deb tushunadi. U beldan madomi, tandan quwatni, 
ko£zdan numi, dildan oromni talab qiladi. Uning ta’kid- 
lashicha, agar insonning o‘zida go£zal fazilatlar bo£lsa, ulami 
boshqalarga o‘rgatishi lozim. Lekin odob-axloq, rasm-rusm 
odat va prodani hosil qilish uchun zo£r kuch va harakat 
kerak bo£ladi. Bu narsa ta’lim-tarbiya natijasida paydo 
bo£ladi. Uning bu tarzdagi pedagogik qarashlari bitta asosiy 
masalaga borib taqaladi. Bu barkamol inson masalasidir. 
Inson, uning mohiyati, jamiyatda tutgan o‘mi, ijtimoiy 
vazifasi mutafakkir tomonidan turli jihatlarda tahlil qilinadi. 
Odam bolasi bu yorug‘ olamda ezgulik qilish uchun yara- 
tilgan. Shunga ko‘ra uni taibiyalashdan maqsad uning ongiga 
odamlar uchun yaxshilik qilish tuyg‘usini singdirishdan
128


iborat. Bu oliyjanob vazifani bajarish esa ota-onaning zim- 
masidadir.
Sharqda keng tarqalgan pandnoma tarzida yozilgan 
mashhur asarlardan biri Unsurul maoliy Koykovusning 
«Qobusnoma»sidir. Bu asar Sharq pedagogik fikr taraq- 
qiyotida muhim o‘rinni egallaydi va qanchadan-qancha 
avlodlami ma ’ naviy-axloqiy taibiyalashda o‘z hissasini 
qo'shib kelmoq da. «Qobusnoma» falsafiy didaktik asar 
bo‘lib, shaxs shakllanishining barcha tomonlarini o‘z ichiga 
oladi. Uning «Farzand parvarish qilmoq zikrida» degan bobi 
bevosita oiladagi bola tarbiyasiga bag‘ishlanadi. «Qqobus- 
noma»da ota-onaning qator vazifalari sanab o‘tiladi. Ular 
quyidagilardan iborat:
1) bolaga yaxshi ism qo‘yish;
2) oqil va mehribon enagaga topshirish;
3) to‘y-tomosha qilib, sunnat to‘y o‘tkazish;
4) o‘qish — yozishni o'rgatib, kasb-hunar va ilmli qilish;
5) harbiylar ahlidan bo‘lsa, sipoxiylikni o‘rgatish.
Kaykovus bola taibiyasida talabchanlik bilan mehribon-
likni birga olib borish lozimligini ta’kidlaydi. «Yosh bola ilm 
bilan odobni tayoq bilan o‘rganur, o‘z ixtiyori bilan o‘igan- 
mas. Ammo farzand beadab bo‘lsa va sening ul sababdan 
qahring kelsa, o‘z qo'ling bilan urmagil, muallimlaming 
tayog‘i bilan qo‘rqitgil. Bolalaiga muallimlar adab bersinlar
toki sendan o‘g‘lingni ko'nglidagina qolmasin».
Kaykovusning «Qobusnoma» asari bugungi kunda ham 
axloqiy qadriyat sifatida yosh avlodni ma’naviy axloqiy ruhda 
tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etib kelmoqda.
Oilada bola tarbiyasi masalasi buyuk mutafakkir shoir 
Alisher Navoiy merosida ham munosib o'rinni egallaydi. 
Uning fikricha, jamiyatning yetukligi, uning taqdiri va
129


kelajak yoshlar kamoloti bilan bog‘liqdir, shunga ko‘ra bola 
tarbiyasi ota-onalar oldida turgan oliyjanob vazifadir, deydi.
A.Navoiy ota-onalaming yaxshi sifatlarini ulugMayi. Bun­
day sifatlaming ularda jamuljam bo‘lishi bola tarbiyasida 
muhim rol o‘ynashini ko‘rsatib o'tadi. Masalan, uning xo- 
tinlar haqidagi fikrlari diqqatga sazovordir: «Yaxshi xotin, 
deydi Navoiy — oilaning davlati va baxti uy egasining xotijam 
va osoyishtaligi undan husinli bo‘lsa — ko‘ngil ozig‘i, 
xushmuomala bo'lsa jon ozig‘idir. Oqila bo‘lsa, ro‘zg‘orda 
tartib-intizom bo‘ladi. U beandisha bo‘lsa, ko‘ngil undan 
ozor chekadi, yomonlik axtaruvchi boisa, undan ruh azob- 
lanadi. Agar mayxo‘r bo'lsa, uy obodligi yo‘q oladi, aqlsiz 
bo‘Isa, oila rasvo bo‘ladi».
A.Navoiy oiladagi ayrim illatlami va o‘zaro kelish- 
movchiliklami bola tarbiyasiga salbiy ta’siri va uning buzi- 
lishiga sabab bo‘luvchi asosiy omillar haqida ham yozadi. 
Yaxshi va yomon xulqlar va ulaming kelib chiqishi sabab- 
larini ko‘rsatib beradi. Bolada paydo bo‘ladigan yomon 
xulqlami oldi olinmasa, bora-bora illatga aylanadi - deb uq- 
tiradi.
Yuqoridagi fikrlardan ma’lum bo‘ldiki, sharq mutafak­
kirlari o'zlarining pedagogik qarashlari bilan o‘z davrlaridan 
ancha ilgarilab ketganlar. Ulaming bu qarashlari bir necha 
asrlardan beri ajdodlarimiz tafakkurini boyitib kelmoqda va 
hozirgi kunda ham ular o‘z qiymatini yo‘qotgani yo‘q, ular 
bizning ma’naviy qadriyatimizdir. Shunga ko‘ra mutafakkir- 
laming o‘lmas merosi oilada bolalaming ma’naviy axloqiy 
tarbiyalashning muhim omili bo‘lib q oladi.
0 ‘zbekistonning milliy mustaqillikka erishishi va hozirgi 
kunda respublikamizda amalga oshirilayotgan siyosiy, iqtiso- 
diy, tarixiy va ma’naviy o‘zgarishlar jamiyatimiz ijtimoiy
130


hayotida mazmunan boy ishlar qilindi. Yurtboshimiz I.A.Ka- 
rimovning tashabbuslari bilan 1998-yilni «Oila» yili deb e’lon 
qilindi. 0 ‘zbekiston Respublikasi Konsti-tutsiyasining 63- 
moddasida «Oila jamiyatning asosiy bo‘g‘inidir hamda 
jamiyat va davlat muhofazasida bo‘lish huquqiga ega» deyi- 
ladi.
0 ‘zbeksiton Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov va 
hukumatimiz oilani jamiyat negizi sifatida bilib, unga nis­
batan g‘amxo‘rlik qilmoqda, uning moddiy-maishiy ravnaqi 
uchun butun imkoniyatlami ishga solmoqda. Jumladan, 
yurtboshimiz, oilaning jamiyatda tutgan o‘mi va ahamiyati 
to‘g‘risida shunday deydi: «Bola tug‘ilgan kundan boshlab, 
oila muhitida yashaydi. Oilaga xos an’analar, qadriyatlar, 
urf-odatlar bola zuvalasini shakllantiradi. Eng muhim far- 
zandlar oifaviy hayot maktabi orqali jamiyat talablarini 
anglaydi his etadi». Bu o‘rinda ilgari surilayotgan pedagogik 
g‘oyaning tub mohiyati oila tarbiyasini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, 
mustahkamlash, yanada chuqurlashtirish bilan bog‘liqdir. 
Oila tarbiyasi deganda ota-ona, oiladagi katta kishilar, buva- 
buvilar, aka-opalar tomonidan bolalaming to‘g‘ri milliy 
axloq-odob normalari asosida tarbiyalanishini tushunish 
lozim. Zotan yeti-shishi ota-ona, aka-opa va boshqalaming 
o‘zaro muomala munosabatlariga xulq-atvoriga bog‘liq. Xal- 
qimiz: «qush uyasida ko'rganini qiladi» deb bejiz aytmagan.
Oila tarbiyasi kabi katta mas’uliyat birinchi navbatda ota 
va ona zimmasiga tushadi. Shu o‘rinda bir narsani alohida 
aytish kerakki, bolalar tarbiyasida asosiy ta’sirchan kuch- 
qudrat bu — Onadir. Ota ko‘pchilik xalqlarda oilaning 
moddiy ehtiyojlarini qondirish va ta’minlash, qolaversa 
oilaning xo‘jalik ishlari bilan band bo‘ladi. Bu o‘zbek 
oilalarining tarixidan ma’lum bo‘lgan haqiqat va ota-
131


bobolarimizdan maros bo‘lib qolgan an’anadir. Shunga ko‘ra 
bola bilan ko‘proq ona birga bo'ladi. Axir xalqimiz: «Sut 
bilan kirgan jon bilan chiqadi» deb bejiz aytmagan. Yuksak 
axloq-odob aqidalari bola mhiga ko‘proq 
ona suti bilan 
kiradi.
Oila tarbiyasida to‘g‘ri yoki egri o‘sishga bog‘bon 
mehnati va mahoratiga bog'liq. Egri o‘sayotgan niholning 
qaddini rostlab qo‘ymasa, u noto‘g‘ri o‘sadi. Yangi tug‘ilgan 
go‘dak tarbiyasi bilan shu yosh nihol holati o‘rtasida 
qandaydir o‘xshashlik mavjud.
Bundan ko'rinib turibdiki, axloq-odobning normalari -
kattalarga hurmat, kichiklarga shafqat, halollik, rostgo'ylik, 
mehnatsevarlik va shu kabilar oiladan boshlanadi. Bu zikr 
qilingan pedagogik falsafiy tushunchalar oila rahbarining 
dunyoqarashi bilan chambarchas bog'liqdir. Deylik, dehqon 
dunyoqarashi uning halol mehnat qilib, dastlab oila to‘kinligi 
so'ng xalq farovonligini ta’minlashda ko'rinadi. Uning 
barcha faoliyati shu oliyjanob tuyg‘u bilan uyg'unlashgan. Bu 
oilada bola mehnatsevarlik ruhida tarbiyalanadi. Turmush- 
ning hamma qirralari mehnat bilan ravshanlashadi. Zotan 
mehnatkash inson har sotiada o‘z yo‘lini topa oladi.
Oilada bolaga ma’naviy axloqiy tarbiya berishning asosiy 
maqsadi ularda axloqiy fazilatlami hosil qilish va ulami rivoj- 
lantirish, ulami yaxshi xulq-atvorga o'rgatish, ularda ijobiy 
xatti-harakatlar ko‘nikma va odatlami vujudga keltirishdan 
iborat.
Axloqiylik oiladan boshlanadi deb yuqorida ko‘rsatib 
o‘tdik. Inson dunyoga kelishi bilan o‘zini o‘rab olayotgan 
muhitni ta’siriga tushadi, atrofdagi voqea hodisalarga bog‘liq 
bo‘ladi. Chaqaloq gapira olmaydi. Bu tabiiy holat. Ota- 
onalarimiz bobomomolarimizdan, biz esa ota-onalarimiz-
132


dan, farzandlarimiz esa bizdan o‘rganadilar. Avlodlar vorisligi 
ham ana shundan kelib chiqadi. Tarixiy tajriba shuni ko‘r- 
satadiki, avlod-ajdodlarimiz axloqiy fazilatlami bir-birlariga 
o‘rgatib, bir-birlaridan o‘rganib kelgan. o‘zbekona, milliy 
axloqda ota-bobolarimizning tarixiy tajribalari, davrlar sino- 
vidan o‘tgan saboqlari va bizga doim madad bo‘lib turgan 
ruhiy quwatlari jamuljamdir. Ulaming sharofati ila milliy- 
axloqiy qadriyatlarimiz asrlar osha avloddan-avlodga o‘tib 
kelmoqda. Chunki, bir tomchi bo‘lsa ham ulaming qoni 
tomirimizda oqayotir. Ana shu qonni jo‘sh urdirmoq bilan 
yuraklarimiz uyg‘oq, dillarimiz ravshan, tafakkurimiz munav- 
var. Ana shunday kayfiyat bizning dilimizda ko‘p yillardan 
beri yashirinib kelar edi. Endilikda milliy istiqlol tufayli 
milliy-axloqiy qadriyatlarimiz qaytadan tiklandi. Ulardan 
bolalami ma’naviy — axloqiy jihatdan taibiyalashda foyda- 
lanish 
oilaviy taibiyamiz 
uchun 
obyektiv 
pedagogik 
zaruriyatga aylandi. Birgina misol: o‘zbeklarda «har bir avlod 
o‘zining yetti pushtini bilishi kerak» degan odat bor. Buning 
zamirida nasli-nasabning tozaligi va pokligini saqlashga 
da’vat bor.
Sohibqiron Amir Temur o‘z tuzuklarida yozadi: «Kelin 
izlamoqqa e’tibor berdim. Bu ishni davlat yumushlari bilan 
teng ko‘rdim. Kelin bo‘lmishning nasl-nasabini, yetti 
pushtini surishtirdim . . . sog‘liq . . . jismonan kamolotini 
aniqladim . . . barcha qusurlardan holi bo‘lsagina . . . kelin 
tushirdim». Bu so‘zlarda o‘z qonining tozaligini saqlash 
uning aynishiga yo‘l qo‘ymaslik va uni oldini olishga inti- 
lishini ko‘rish mumkin. Zero, qondagi ruhdagi aynish — 
millatning ming yillik qadriyatlarini nobud qilishi mumkin.
Xalqimizda shunday axloqiy qoidalar mavjudki, ular 
o‘zbekligimizni namoyon qilib, qadrimizni boshqa xalqlar
133


oldida ko‘tarib turadi va milliy o'zligiga xosligi bilan ajratib 
turadi. Oilada bolaning ongiga go‘dakligidanoq o‘zgalar 
manfaatini o‘z manfaatidan ustun qo‘yish, jamiyat man- 
faatini shaxsiy manfaatdan ustuvor ekanligini uning ongiga 
singdirib borish muhimdir. Oilaviy tarbiya mahorati bolada 
uni o‘rab turgan dunyoni fuqaro va vatanparvar sifatida 
ko‘rish va anglab yetishni o‘rgatishda ko‘rinadi. Toki, bola 
o‘z atrofida, o‘z yonida bo‘layotgan voqea va hodisalarga 
befarq qaramaydigan bo‘lsin, bolaligidanoq boshqalaming 
quvonchi va tashvishiga sherik bo‘lsin, ko‘nglidan o'tkazsin. 
Shunda boladagi fuq arolik hissi axloqiy qadriyat sifatida 
uning ta-biatiga singib ketadi.
Fuqarolik hissini bola ongida shakllantirish, uni ma’na- 
viy-axloqiy tarbiyalashning bugungi kungi asosiy mezoni 
bo‘lib qolayotganligini to‘la his qilish oilaviy tarbiyada 
muhim ahamiyatga egadir.

Yüklə 48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   202




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin