bogflanganlik nazariyasi
odatda, yetti oylikdan keyingi
bolaning onaga juda bog‘lanib qolishi va shu orqali bola
uchun muhim psixologik rivojlanishlar ro‘y berishini isbot-
lagan. Masalan, 12 oylikdan 18 oylikkagacha bo'lgan bola
ning onasidan 3 minutga ayirib turib qayd etilgan xulqiga
qarab, olimlar hissiy bog‘langanlikning 4 xil shaklini ajra-
tishgan:1
-
ishonchli bog'liqlik.
Bola bunday sharoitda onasini
ishonch bilan qidiradi, atrofni o‘iganadi; ketib qolganini seza
boshlagach, tushkunlikka tushadi, hafa bo‘!adi, onasi qayt-
gach, uni zo‘r xursandchilik bilan kulib kutib oladi, onasiga
talpinadi;
-
chetlashuvchi bog'liqlik.
Onasi ketib qolganligini bil-
gach, atrofga qaraydi, qidiradi, lekin ona qaytgach, unga
talpinishi minimal bo‘lib, hattoki, teskari qarab ham oladi,
o'yinchoqlarini o'ynashda davom etaveradi;
-
avbivalent bog'liqlik.
Onasi ketgach, go‘yoki qotib
, qolganday depressiyaga tushadi, o‘ynamaydi ham atrofga
qaramaydi ham; onasi qaytgach, onasiga talpinmaydi ham,
undan qochmaydi ham. Uning hafaligini ham, xursand
ekanligini ham anglash qiyin bo‘ladi;
1
Калмыкова E. С., Падун M .A. Ранняя привязанность и ее
влияние на устойчивость к психической травме: Постановка проблемы
(Сообщ. 1) // Психологический журнал. 2002. Т. 23, № 5.
325
-
tartibsiz bog'liqlik.
Bolada onaga nisbatan bog‘liqlikni
kuzatish qiyin, go‘yoki bolaga barcha narsa befarqday,
qiliqlarda mantiqni kuzatish mushkul.
R.J. Muhamedraximov (1998) o‘z tadqiqotlarida «xavfsiz
bog'liqlik» atamasini ishlatadi. Bunda ona-bola munosabat-
Dostları ilə paylaş: |