oilada farzandning borligi uning mustahkamligi omili
ekanligini chuqur anglagan holda, sog‘lom onadan tug'ilgan
sog‘lom bola uning baxt-saodati ekanligini to‘la anglaydilar.
Shu bois ham olib borilayotgan taig‘ibot-tashviqot ishlari,
xotin-qizlaming ijtimoiy hayotdagi
faollashib borayotgan
o‘mi ulaming reproduktiv xulqlariga o‘z ta’sirini ko‘rsat-
moqda.
Oilaviy munosabatlaming eng ta’sirli, jozibali va muhim
bo‘lagi — bu ona-bola munosabatlaridir. Ulaming muhimligi
shundaki, ayni dastlabki muloqot va mehrli munosabatlar
bolaning keyingi psixik va aqliy taraqqiyotini hamda onaning
xulq-atvorini shakllantiradi.
Bola tug‘ilishining dastlabki onlarida ona va bola o‘zaro
hissan va psixologik jihatdan bog‘langan bo'lib,
ikkalasi bir
tan, bir vujud hisoblanadi. Shu bois ulaming munosabatlarida
simbiotiklik (bir xillik, qo‘shilib ketganlik, yaxlitlik) bo‘ladi.
Bola ulg‘ayib, katta bo‘lgani sari ular o‘rtasidagi masofa,
psixologik distansiya ortib boraveradi, simbioz munosabatlar
aqliy-kognitiv munosabatlar shaklidagi psixologik aloqalarga
aylanib ketaveradi.
Chaqaloqning jismoniy o'sishi
va rivojlanishi tabiiyki,
onaning g‘amxo‘rligiga bevosita bog'liq. Shunisi muhimki,
bola uchun har qanday g‘amxo‘r va mehribon inson unga
ona o‘mini bosishi mumkin (buvisi, otasi, enagasi). Lekin
kimningdir doimiy g‘amxo‘rligi, ya’ni, mehribon insonning —
«obyekt»ning doimiyligi bola rivojlanishi uchun o‘ta muhim
hisoblanadi. Bola bir yoshga to‘lguncha bo‘lgan davri no
verbal
muloqot davri hisoblanib, undagi barcha o‘zgarishlar
onasi yoki yaqinlari bilan bo'ladigan emotsional, bevosita
munosabatlaming natijasi bo‘ladi va bora-bora muomalaga til
322
va tovushlar bilan bog‘liq belgilar kirib kela boshlaydi.
Onaning barcha say’i-harakatlari bu davrda bola psixik
rivojlanishining muvaffaqiyatini belgilaydi.
Agar ota va ona tomonidan ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rlik
doimiy va samimiylik kasb etsa, bu E. Erikson ta’biri
bilan
aytganda, «mutloq ishonch» (базальное доверие^а asos
bo‘ladi. Ya’ni, haqiqiy, g‘amxo‘r ona bolasining ayni payt-
dagi barcha ehtiyojlarini qalban his etib, o‘sha zahoti qon-
dirishga harakat qiladi, masalan,
chanqasa suv, och qolsa —
ko‘krak suti, peshob qistaganda, to ‘sish kabi ishlami o‘z
vaqtida bajarib boradi. Onaning bola ehtiyojlarini shu kabi
aniq bilib, o‘z vaqtida mehr ko'rsatishi ba’zan intuitiv tarzda
kechsa, ba’zan ona o‘zini bola bilan identifikatsiya qiladi,
ya’ni, o‘zini uning o‘miga qo‘yish orqali,
uning talab-istak-
larini sezganday bo‘ladi, «vujudi bilan his etadi». Bunday his
qilishlar odatda, ona tomonidan aniq anglanmaydi, lekin,
tabiiiyki, onaning kechinmalari va sezishlari to‘g‘ri chiqadi.
Lekin ba’zan pediatr yoki boshqa mutaxassis bilan bolaning
holati haqida fikrlashganda ayrim hollarda o‘zining intuitiv
qarorlari to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligini anglab qoladi.
Tan-vujud bilan ona va bolaning yaxlitligi o‘ziga xos
hissiyot boiib, u ko‘pincha «xolding» (inglizcha «tutish»,
«ushlash» so‘zidan olingan) tajribasidan kelib chiqadi. Ya’ni,
ona o‘z bolasini qo‘lida ushlab, badani badaniga tekkanda his
qiladigan kechinmalari orqali boladagi o‘zgarishlami tuyadi,
his qiladi. Vinnikott
degan olimning fikricha, «xolding»
tajribasi yaxshi bo‘lmagan onalaming shaxsiy muammolari
ko‘p bo‘lib, ular bolani qoiida ushlaganda ham deyarli hech
nimani his etmaydilar. Ana shunday chaqaloqlarda keyin-
chalik ixtiyoriy psixik fiinksiyalar rivojida muayyan muam-
323
molar bo'lishi mumkin, masalan,
ixtiyoriy ravishda diqqatni
bir narsaga to‘plash, ixtiyor holda u yoki bu narsani eslab
qolish, gapirish, mantiqiy fikrlash va shunga o‘xshash.
Gapirish, nutq faoliyati bilan bog‘liq psixik funksiyalar
ko‘pincha
Dostları ilə paylaş: