Oila pedagogikasi


Milliy istiqlol g'oyalarini ta’lim tizimi bilan qamrab



Yüklə 48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə163/202
tarix13.12.2023
ölçüsü48 Kb.
#175377
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   202
Oila pedagogikasi. Hasanboyeva O

Milliy istiqlol g'oyalarini ta’lim tizimi bilan qamrab
olinmagan aholi ongiga ta’sirchan usullaida yetkazishning
muhim vositasi sifatida oila omili alohida ahamiyatga molik-
dir. Inson ilk yoshligidan boshlab ongida shakllanadigan
barcha insoniy fazilatlar, ezgu niyatlar va ma’naviy tarbiya
amalga oshadigan muqaddas dargoh oiladir. Shuning uchun
bu dargohda ma’naviy-axloqiy muhitni vujudga keltirish va u
orqali shaxsni sog‘lom g'oyalar ruhida tarbiyalash va maf-
kuraviy dunyoqarashni mustahkamlash davlat ahamiyatiga
molik masaladir. Oila avlodlar vorisligini davom ettiruvchi
maskandir. Bu dargohda milliy urf-odatlarimiz, qadriyat-
larimiz, milliy an’analarimiz avloddan-avlodga meros bo‘lib
uzatiladi. 0 ‘zbek milliy oilalariga xos bo'lgan muomala
madaniyati mehr-oqibat, muruwat, andisha, or-nomus, ha-
lollik kabi tuyg‘ular nafaqat tarbiya vazifasini o‘taydi, balki
insoniy fazilatlami shakllanishida ham muhim omil bo‘lib
xizmat qiladi. 0 ‘zbek oilalarining o‘ziga xos milliy xususiyat-
lari mavjudki, bu odatlar yer kurrasining hamma yerida ham
345


topilavermaydi. Masalan, oddiy ovqatlanish madaniyatini
olaylik. Hamma oila a’zolari jam bo‘lgandan so‘ng dastur-
xonga taom tortiladi, so‘ng taomga birinchi bo‘lib oilaning
kattasi buva, buvi, ota ketma-ketligida taomga qo‘l uzatiladi.
Oddiy kundalik davom etadigan bu jarayonda ham kattalami
hurmat qilishga, sabr-qanoatli bo‘lishga undaladi. Shuning
uchun milliy istiqlol g‘oyasini aholi ongiga singdirishni eng,
awalo, oiladan boshlash, oilaning etnopsixologik xususiyat-
larini oila a’zolari ongiga sog‘lom fikrlami singdirishni doimo

Yüklə 48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   202




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin