maviy axborot vositalari keng qamtovli bo‘lib, unga radio, matbuot, televidenie hamda internet tarmoqlari kiradi va ular keng jamoatchilikka tez ta’sir eta oladi! Ommaviy axborot vositalarining asosiy vazifasi shundan iboratki, ya’ni tezkor xabami operativ tarzda keng aholining barcha hayot jabhalariga yetkazishdir. Bugungi kunni om maviy axborotlarsiz tasawur etish qiyin. Jamiyat a’zolari ma’naviy hayotining ajralmas bo‘lagi, zamonaviy texnika bilan jihozlangan ommaviy axborot vositalari amaliy jihatdan yer kurrasining turli mintaqalaridan, hattoki kosmosdan deysizmi, okean tubidan deysizmi uzoq mamlakatlardan turli-tuman axborotlami yetkazib turadi. Bizning hayotdagi o‘zaro muloqotlarimizning rivojlanishi, ma’naviy olamimiz- ning boyishi ham bevosita ommaviy axborot vositalari orqali berilayotgan axborotlaming mazmuniga bog‘!iq. Qachonki, berilayotgan xabar tezkor, haqiqiy, qiziqarli, munozarali, ilmiy bo‘lsa, hayotni tiniq ko‘zgudek ko‘rsatsa, u yaxshi she- rik, qadrli do‘st va maslahatchi vositasini o‘taydi. Ommaviy axborot vositalari kishilaming ongini ijtimoiy- siyosiy hayot voqealari bilan boyitish, ulaming zamonaviy fan va san’atga bo‘lgan qiziqish va intilishlarini to‘ldirish vositasi bo‘lsa, so‘zsiz ravishda ular insoniyat ma’naviy kamolotining zarur omiliga aylanadi. Har bir ko'rsatuv va eshittirishlardan keng aholi ma’naviy kamolotiga ijobiy ta’sir etishiga erishish zarur. Masalan, bir necha yillardan beri O'zbekiston televi- 347
deniesi orqali namoyish qilinib kelinayotgan «Otalar so‘zi — aqlning ko‘zi» ko'rsatuvini barcha yoshdagi kishilar kuzatib