samaradorligini oshirish; > mafkuraviy hurujlaming mohiyatini ochib berish; > ma’naviy tajovuzlarga qarshi sobit tura oladigan komil inson tarbiyasini kuchaytirish; > mafkuraviy profilaktika orqali sog‘lom e’tiqodni shakllantirish. Milliy g‘oya, milliy ong, milliy an’analar, urf-odatlar va turmush tarzi asosida shakllanadi. Umuminsoniy qadriyat darajasiga ko‘tarilgan milliy manfaat atrofida ongli ravishda, aql-idrok yo‘rig‘i bilan jipslashgan g‘oyagina milliy maf- kuraga asoslanadi. Milliy istiqlol g'oyasi mamlakatimizda istiqomat qilayot- gan salkam 26 million aholining maqsad-muddaolari, istiq- bolda tinch va farovon yashashiga kafolat beruvchi g‘oyaviy kuch bo‘lib, u millatni millat, xalqni xalq etib birlashtiruvchi kuchli omildir. Bugungi kunda milliy g‘oya, milliy mafkura targ‘iboti bilan keng jamoatchilik shug‘ullanmoqda, ayniqsa, ta’lim tizimida bir qator ilmiy manbalar, darsliklar yaratilib, o‘quv jarayonlarida qo‘llanilmoqda va yoshlami o‘z Vataniga sodiq, mard, fidoyi, yuksak ma’naviy fazilatlar egasi bo‘lishga undalmoqda. Lekin mamlakatimizda ta’lim tizimi bilan qamrab olinmagan aholiga ham milliy g‘oyalami qalblarga singdirish zarurati bor. Ta’lim bilan qamrab olinmagan aholi ongida milliy g‘urur, vatanparvarlik, yurtga sadoqat, xalq ishiga kamarbastalik psixologiyasini shakllantirishning sama- rali mexanizmlarini ishlab chiqish muhim vazifalardandir. Milliy g‘oya har bir fuqaroning oilasi, jamiyat, el yurt oldidagi burch va mas’uliyatini qay darajada aks etayotganini belgilaydigan mezondir. Shuning uchun insonlarda mana shu 350