radigan oiladir. Har birimizning ongimizda tejash tartibi - boyligimiz yo‘li, hammamiz va har birimizning farovon- ligimiz asosi ekanligi tushunchasining qaror topishi juda muhimdir. Xalqda «Pulni o‘ylamay sarflash oson» degan naql bor. Pulni o‘zingizga aynan shu kunda zarur bo‘lgan narsaga, oilangizga eng ko‘p foyda keltiradigan qilib sarflash oson emas. Bu o‘ylab ko‘rishni, muayyan iroda va bilimni talab qiladigan murakkab jarayondir. Ko‘plarimiz xarajatlarni rejalashtirganimizda kelgusi yil u yoqda tursin, aqalli bir oy keyingi davrga nazar tashlay- mizmi? Yo‘q albatta. Lekin oila iqtisodi rejasiz bo‘lmaydi va bo‘lmasligi kerak. Tejamkorlikning xasislikka sira dahli yo‘q. U pulni xaridlarga yaxshi o'ylab sarflashni, xo‘jalikni oqilona yuritishni, oziq-ovqat mahsulotlaridan maqsadga muvofiq foydalanishni va buyumlami avaylashni bildiradi. Har qanday daromadlarda ham atrofimizdagi buyumlami uzoq vaqt yaxshi holatda saqlashga harakat qilmog‘ingiz kerak. Kiyim- kechakni o ‘z vaqtida tikib, yamash, uy-ro‘zg‘or buyumlarini to‘g‘ri ishlatish, ular butligi muddatini uzaytiradi. Xullas kalom o‘z oilamizda mahalla va yurtimizda chinakam xo‘jayin bo‘laylik. 100
Ro‘zg‘or yuritishni bilamizmi - deganda hammaga tanish shinam uy, saranjom-sarishtalik, dazmollangan liboslar, yuvilgan pol-u, tuvaklardagi guUar, tayyor taomning xushbo‘y hidi singari tasawurlar bo‘ladi. Biroq shunisi ham borki, ro‘zg‘or yuritish haqida kitob yozish turmushimizdan asta- sekin unut bo‘la bormoqda: ayollarimiz erkaklar bilan bir