* * *
Yoshligidan
mehnat qildirmay erka, tantiq qilib o‘sti-
rilgan bola faqat boshiga bir kulfat tushgandagina ota-onasini
eslaydi.
* * *
Har bir kishi odamlaming hurmatiga sazovor bo‘lishni
istasa, u quruq gap bilan emas, amaliy ish bilan o‘zini
ko‘isatishi kerak,
chunki odamlar gap, mahmadona kishilami
emas, balki ishchan kishilami yurakdan hurmat qiladi.
* * *
Daraxtning soya-salqinidan yelpig‘ich bilan yelpinib
yotgan bola jaziramada mehnat qilib meva yetkazgan bog‘-
bonning qadrini bilmaydi.
* * *
Bolaga
bilim berish, uni hayotga qobil, g‘ayratli va
ijtimoiy faol qilib tarbiyalash lozim. Bolani turmushga qobi-
liyatli qilib tarbiyalash o‘qituvchining muqaddas burchidir.
* * *
Hayotning achchig'i ham,
chuchugi ham bor, har ikka-
lasini totigan odamdagina hayotning va odamlaming qadr-
qimmatini chuqurroq his eta oladi.
* * *
Halol mehnatning evaziga kelgan narsalar o‘zingga
qoladi, qo‘Iingga osongina
kirgani esa shamoldek uchib
ketadi.
114
Bir tup daraxt ekib ko‘kartirmagan kishi bog‘ qadrini
bilmaganidek, o‘zi mehnat qilmay,
ota-ona davlati bilan
uylangan yigit ham oila va turmush qadrini bilmaydi.
Dostları ilə paylaş: