IV bob.
MA’NAVIY BARKAMOL INSONNI SHAKLLA-
NISHIDA OILANING TUTGAN Q‘RNI
Oila — an’anaviy tarbiyaning asosiy instituti bo‘lib
hisoblanadi. Bola yoshlik davrida oilada olgan ta’lim-
tarbiyasini butun umri davomida saqlab qoladi.
Bola hayotini asosiy qismini oilada o‘tkazadi, o‘zining
ta’sir kuchiga ko‘ra hech qanday tarbiya vositasi oila bilan
bellasha olmaydi. Oilada bola shaxsini asoslari tarkib
topdiriladi,
maktabga
borganda esa bola shaxs sifatida
shakllangan bo‘ladi.
Oila bolalarga insoniy va salbiy ta’sir etish omili bo‘lishi
mumkin. Bola shaxsiga ijobiy ta’sir etish shundan iboratki,
oilada bolaga eng yaqin insonlardan
- ota-ona-buvi-buva-
aka-opalardan
tashqari hech kim ulardek bolani yaxshi
ko‘rib, u haqida qayg‘urmaydi.
Shu bilan birga bola shaxsini shakllantirishga,
ularga
tarbiya berishda oila salbiy ta’sir ham ko'rsatishi mumkin.
Oila — bu o£ziga xos jamoadir, u tarbiyada asosiy o‘ringa
egadir.
Oilani o'ziga xos tarbiyaviy ahamiyatini hisobga olgan
holda, oilani bolaga ijobiy ta’sirini oshirib, salbiy ta’sirini
kamaytirish zarur. Buning uchun
esa tarbiyaviy ahamiyatga
ega bo'lgan, ichki oilaviy ijtimoiy-psixologik omillami aniq
belgilash lozim.
Bolani tarbiyalashda asosiysi ota-ona bilan bola o'rtasida
qalban yaqinlikka va axloqiy bog'likka erishishdir.
116
Ota-onalar hech qachon tarbiya jarayonini o‘z holiga
tashlab qo‘ymas!igi kerak, ayniqsa, katta bo‘la
boshlagan
bolani o‘z holiga tashlab qo‘ymasligimiz kerak.
Bola oilada birinchi hayotiy tajribani o‘rganadi, kuzatadi
va o‘zini turli hil vaziyatlarda qanday tutish kerakligini
o‘rganadi.
Biz bolani nimaga o‘rgatsak
uni aniq, hayotiy misollar
bilan mustahkamlash kerak, bola
kattalarni aytgan gaplari
amalda ham bir ixl bo‘lishini ko‘rishi kerak (masalan: agar
bola har kuni ota-onasi tomonidan yolg'on gapirish mumkin
emasligini eshitsa-yu, lekin nota-ona o‘zi
sezmagan holda
shunday qoidaga rioya qilmasalar, bola tarbiyasiga darz
ketadi). Har bir ota-ona farzandlarida o'zlami
davom-
chilarini ko‘radi. Farzandlarini o‘zlari xohlagan inson
bo‘lishlarini xohlaydilar.
Dostları ilə paylaş: