Oila pedagogikasi


REJASI BORNING - ERTASI BOR



Yüklə 48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/202
tarix13.12.2023
ölçüsü48 Kb.
#175377
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   202
Oila pedagogikasi. Hasanboyeva O

REJASI BORNING - ERTASI BOR
Yosh do‘stim, o‘z kasbingni va faningni qancha sevsang, 
kundalik faoliyating uchun qat’iy tartib tuz va unga og‘ish-
107


may amal qil. Vaqting isrof bo‘lishinga aslo yo‘l qo‘yma. 
Bilimdonliging, hosil etadigan ko‘nikma va malakalaring 
ham o‘qish va mehnat jarayonida paydo bo‘ladigan hosiladir. 
Kishining fan asoslarini, hayotini, ayniqsa, odamlaming 
mehnatini hurmat qilish vaqtning, umming qadrini anglay 
bilishi bilan uzviy bog‘liqdir. Vaqtning qadrini bilmagan kishi 
esa fan sehri bilan yashovchi, haqiqiy ilm shaydosi bo‘lol- 
maydi. Odam iste’dodining rivoj-lanishi uning o‘z tasav- 
vuridagi vaqt sarmoyasidan oqilona, tejamkorlik bilan foy- 
dalana bilishga bog‘hq.
Sen buyuk fan sohiblari va mehnat qahramonlarining, 
shon-shuhrat qozongan va qozonayotgan aziz insonlaming 
hayotlariga chiqur nazar solsang, ular o‘z umrlarining har bir 
daqiqasidan nihoyatda tejamkorlik bilan foydalanayotgan- 
liklariga ishonch hosil qilasan. Isrofgarchilikning hamma 
turlari ham yomon, ammo ular ichida hammasidan yomoni 
umr isrofgarchiligidir. Yo‘qolgan javohir yana topilishi 
mumkin, ammo zoe ketgan umr qaytib kelmaydi. Vaqt 
sening ixtiyoringdan tashqarida kechsa-da, lekin undan 
unumli foydalanish sening ixtiyoringda.
Ma’lumki, hech kim ikki marta yashamaydi, lekin bir 
marta beriladigan aziz umming qadriga yetib, to‘g‘ri, halol 
va pok yashay bilish png ulug‘ fazilatdir. Afsuski, ba’zilar 
yoshlikda umming qadrini bilmaydilar va buni qarigan cho- 
g‘idagina payqab, o‘kinadilar, xalq tili bilan aytganda, 
«So‘nggi pushaymon - o‘zingga dushman».
Yosh do‘stim, bekorchilik yomon, uning hosili esa undan 
ham yomon.
Vaqtni tejashda oynayi jahonni maqsadli va tartibli 
ko‘rish ham muhimdir. 0 ‘rinli tomosha qilinsa, oynayi jahon 
katta ma’naviy ozuqa beradi. Lekin ba’zilar bir rejasiz yoshlar
108


oynayi jahon qoshida kecha-kunduz naq yotib oladilar. Ular 
nimani, qachon va qancha vaqt, qanday tomosha qilishni 
bilmaydilar. To‘g‘ri kelganni ko‘raveradilar. Afsuski, ko‘pdan 
buyon nafosat manbayiga aylangan oynayi jahon bunday 
kishilar uchun vaqt kushandasi bo‘lib qoladi.
Aziz do‘stim, har oqshom o‘tgan kuningni yakunlashga 
odatlan, bugun sen g‘animat vaqtingdan qanday foydalanga- 
ningni, ertaga nima qilishing kerakligini o‘yla. Shunday ekan, 
aslo bugungi ishni ertaga qo‘yma, chunki ertagi kunning ham 
o‘z vazifasi bor.
Dars mashg‘uloting muntazam tartibda bo‘lishiga erish. 
Mashg‘ulot jarayonida hamrohingga halal berma. O'quv 
zalida tinchlik va tartib saqla. Yotoqxonadagi davlat mulkini 
ko‘z qorachig'idek asra. Olquv kitoblari, yotoqxonadagi 
buyumlar sendan keyingi avlod uchun ham kerakligini 
unutma. Xonangda sengacha yashab o‘tgan kishilaming 
hayotini, yaxshi an’analarini o'igan va ularga tadqiq q il..
Do'stim, mehmon qabul qilish odobiga rioya qil. Kimni, 
qachon va qanday sharoitda chaqirishni bil. Bu borada o'quv 
yurtida belgilab qo‘yilgan tartib-qoidalarga og'ishmay amal 
qil. Ezma bo‘lishdan, kishilami boshlab kelib, soatlab gap 
soitb o‘tirishdan o‘zingni tiy.
Chunki unday kishilar vaqt o‘g‘risidir. Do‘stingning 
muvafFaqiyatli o‘qishiga g‘amxo‘rlik qil, imtixonlardan qan­
day o‘tayotganini kuzatib tur. Zaruriyat tug‘ilsa, biiga dars 
tay-yorlab, unga yordam ber. Uning ijodiy mustaqil o'zlash- 
tira olish qobiliyati rivojlanishiga ko‘maklash. Lekin bunda 
sen yetakchi-yu, u yetaklanuvchi bo‘lib qolmasin.
Sening dunyoqarashing shakllanishida ona-vatanimizning 
o‘z halol mehnatlari tufayli el hurmatiga sazovor bo‘lgan 
ilg‘or kishilari: ishchilar, dehqonlar, ustoz taibiyachilar,
109


olimlar, qalam sohiblari va urush qatnashchilari va kasb 
egalarining boMib o‘tgan hayot yo'llari o'ziga xos katta bir 
dorilfunundir. Sening bugungi iqbolingda necha-necha aziz 
odamlaming kechgan bebaho umrlari, chekkan mashaq- 
qatlari, to‘kilgan mo‘tabar qonlari bor.
Vatanimizning ilg‘or kishilari bilan jamoa bo‘lib o‘tka- 
ziladigan uchrashuvlardan benasib bo‘lma va bu uchrashuv- 
lardan o‘zing uchun kerakli xulosalar chiqarib ol.
Gulshanga kirsang xushbo‘y gullaming yaxshi nisori 
tekkanidek, oqil, ilg‘or, odobli kishilar bilan qancha ko‘p 
muloqotda bo'lsang, ulaming mehnatsevarligi, odamiyligi va 
xulq go‘zalligi yosh qalbingda chuqur iz qoldiradi. Hayotning 
achchiq-chuchugini totgan katta yoshdagi kishilaming oqi- 
lona o‘qit va pand-nasihatlariga quloq sol va ulaiga amal qil, 
ulaming umr saboqlari sen uchun hayot maktabidir. Qola- 
versa, ulaming mumtoz niyatlari seni yanada baxtliroq, 
aqlliroq ko‘rishdir.
Insonlar uchun o‘zaro do'stlik — odat bo‘lsa, og‘a-inilik
— tuganmas davlatdir. Har bir kishining uzoq-yaqin 
o ‘lkalarida haqiqiy do‘stlari bo‘lgani yaxshi, unday odam har 
yerda izzat va hurmat topadi. Eng badavlat kishi kim, deb 
so‘rasalar, sodiq do'stlari ko‘p bo'lgan odamni ko‘rsatish 
kerak. Qalbida do'stlik hissi yo‘q kimsa, dunyoda eng faqir 
kishidir. Do‘stlik - Baxt-iqbolning zamiridir. Baxt so'zi esa 
to‘rt harfdan iborat, u birlik, ahillik, hamjihatlik, totuvlik bor 
joyni tanlaydi. Lekin ayrim yoshlar orasida jamiyatimiz qonun- 
qoidalariga rioya qilmay, nomatlub xatti-harakatlar bilan talaba 
nomiga dog‘ tushirayotganlar ham uchrab turibdi.
Yosh do‘stim, kuzatish shuni ko‘rsatadiki, yoshlar o'rta- 
sidagi bunday ko‘ngilsiz xatti-haraktlar asosan bekorchilikdan 
kelib chiqadi. Bekorchilik yomon, hosili esa undan ham
110


yomon, nosoz tuyg‘ular, nomatlub xatti-harakatlar bekor- 
chilik hosilidir. Insonni bunday hosilalardan xalos etadigan 
eng pok, shifobaxsh dori bu foydali mashg‘ulotdir. Shu-ning 
uchun o'zing mudom foydali mashg‘ulot topishga harakat 
qil, oilada ham, jamoat joylarida ham tartib-qoiddalami 
buzma, kechalari ko‘chalarda bebosh sang‘ib yurma. Dono 
xalqimizning «Sayoq yursang - tayoq yeysan», degan naqlini 
unutma. Axir порок muhitda sang‘igan kishiga xulqi-zebolik 
qaerdan ham kelsin!
Tabiatdagi, hayotdagi, odamlardagi barcha go‘zalliklami, 
san’at va adabiyot durdonalarining mohiyatini idrok etib, 
chuqur anglamoq va ulami baholay bilmoq, eng muhimi, 
borliqni, hayotni go'zalroq qilish borasida o‘z hissasini 
qo‘shmoq hayot taqozosidir.

Yüklə 48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   202




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin