* * *
Bolani haq gapni gapiradigan, o‘limdan ham qo‘rq-
maydigan mard, el qoshida sharmanda-yu shannisor bo‘lishdan
uyaladigan, hayoli qilib tarbiyalash kerak. Haykaltaroshning
mohir qo‘li metallda kishi aqlini hayratda qoldiradigan go'zal
siymoni ifodalaydi, onaning aqlu-zakovati
va qalb harorati esa
«bir parcha et»ga dil va til, fahm-u farosat kiritadi.
* * *
Subutsiz va yolg'onchi oilada o‘sgan bola ko‘pincha hech
kimga va hech narsaga ishonmaydigan, hammaga shubha
ko‘zi bilan qaraydigan bo‘lib qoladi.
* * *
El hurmatini tilasang,
elni hurmat qil, eng muhimi, halol
mehnat qil. Ota-ona o‘rtasidagi chin insoniy hurmat va
muhabbat faizandlari uchun bebaho merosdir.
* * *
Har oilaning o‘z a’zolarini bir-biriga inoqlashtirib turuv-
chi e’tiborli boshlig‘i bo‘ladi. U tirikligida o‘ziga
munosib
o‘rinbosar tayyorlashi lozim. Aks holda, boshlig‘idan keyin
oilada janjal, to'polon boshlanishi mumkin.
* * *
Agar ayolning uy-ro‘zg‘ori saranjom-sarishta,
eri va
bolalarining yurish-turishi, kiyinishi tartibli va ozoda bo‘lsa,
uning o‘zi ham taibiyali, ozoda tabiatli bo‘lib, pokizalaming
pokizasidir.
112
* * *
Kishining ijtimoiy faoliyatini
baholashda uni oilada
o‘zini qanday tutishini ham e’tiborga olish zarur. Chunki
ko‘cha xandon, uy zindonlar ham bo‘ladi.
* * *
Oilada bolani mustahkam irodali qilib tarbiya! a moq
kerak, chunki irodasiz kishining xatti-harakati xuddi varrak
shokildasining harakatiga o‘xshaydi. Irodasiz kishi shokildaga
o‘xshab shamol esgan tomonga qarab likillayveradi.
Dostları ilə paylaş: