xarajatlarga yo‘l qo'ymaslik, isrofga qarshi qattiq turish
nuqtayi nazaridan munosabatda bo'lgandagina ahamiyati
katta bo‘ladi. Eslatib o‘tamizki,
dastlab bu ishni amalga
oshirish ancha og‘ir kechadi. Har holda odam o‘zini o‘zi
nazorat qilib borishi, «haddan oshmasligi», misol uchun
daromadga qarab buromad,
tiyilib yurishi, hozirgi huzuriga
berilib ketmasiligi, bo‘lar-bo‘lmasga pul sarf qilavermasligi
kerak. Oila ro‘zg‘orini rejali olib borishni o‘rganib
olish
osonlikcha kechmaydi, albatta. Ammo rejali xo‘jalik yuritish
zaruriyatdir. Bunday qilish oilaning manfaatlari uchun ham
zarurdir. Bu umumdavlat miqyosida ham muhim ish bo‘lib,
o‘ziga tegishli pulini
hisob-kitob qilolmaydigan, pala-partish
ish tutib, isrofga yo‘l qo‘yadigan kishilar jamoa mulkiga ham
shunday munosabatda bo‘lishlari turgan gap.
E’tibor bergan bo‘lsangiz uy-ro‘zg‘or ishlari anchagina
hisoblashlami, o‘ziga
yarasha bosh qotirib, o‘ylashni talab
qiladi. Bunda ishni osonlashtirish uchun, albatta, mikrokal-
kulatordan foydalanish lozim.
Bunday hisoblash texnikasi oila xo‘jaligini
oqilona bosh-
qarish, masalliqlami tejab-tergab ishlatish, ko‘pgina vaqtdan
yutish imkonini yaratadi. Yolg‘iz bir oyda sarflangan elektr
quwatini hisoblab chiqish uchun anchagina vaqt sarflanadi.
Bunga
yana ijara puli, telefon uchun to‘lov va boshqa xara-
jatlami hisoblashlami qo'shadigan bo'lsak, ancha vaqt ketib
qoladi. Mikrokalkulatorda esa bu ishni sanoqli daqiqalarda
amalga oshirish mumkin.
Dostları ilə paylaş: