Ota-onalar o ‘rtasidagi mojaroli vaziyatlar.
Ota-onalar o‘rtasidagi mojaroli vaziyatlar - bu ota-onalar
tomonidan bola tarbiyasiga turlicha yondashuvdir. Mojaroli
vaziyatlami hal etish uchun quyidagilarga rioya qilish kerak.
Ota-onalarni birinchi vazifasi
- umumiy qarorga kelish,
bir-birini ishontirishdir, agar ota yoki ona biror-bir qaromi
qabul qilishdan oldin ikkinchi tomonni fikrini ham hisobga
olishi lozim.
Ota-onalarni ikkinchi vazifasi-bola ota-onalarini qarash-
larida qarshilikni ko‘rmasligi kerak, muammolami alohida
muhokama qilish zarur.
Bola juda tez aytgan fikrlami o‘zlashtiradi va o‘ziga xos
holda ulardan foydalanadi.
Ota-onalar qaror qabul qilishda birinchi o‘ringa o‘zlarini
qarashlarini emas, balki bolaga foyda keltirishni о‘ yl ash lari
kerak.
Kattalar va bolalar o‘rtasidagi muloqotda quyidagilarga
amal qilish lozim.
1. Bolani qanday bo‘lsa, shunday holda qabul qilish
kerak.
2. Kattalar bolalar ko‘zi bilan muammolarga qarashlari
va ulami holatlarini qilishlari kerak.
Ota-onalar farzandlarini, ulami hech narsaga (hunukligi,
sho‘xligi, epchil emasligiga) masdan yaxshi ko‘radilar. Bola
qanday bo‘lsa, shundayligicha qabul qilinadi.
Agar bola ota-onalami xohish va istaklariga mos bo‘lsa
ya’ni yaxshi o‘qisa, a’lo xulqli bo‘lsa, agarda bola ota-
onalami talabalariga javob bermasa, bunda bolalami ota-
onalar o‘zlaridan uzoqlashtiradilar va ulami munosabatlari
yomon tomonga o‘zgara boradi.
Bu esa sezilarli qiyinchiliklami keltirib chiqaradi, bola
ota-onalariga ulami mehribonliklariga ishonmaydi.
Ayrim oilalarda bola ota-ona tomonidan umuman qabul
qilinmaydi. Ular bolaga nisbatan befarq bo‘ladilar va uni
o'zlaridan itaradilar (masalan: ichkilikka berilgan oila). Lekin
yaxshi tinch oilalarda ham bolaga nisbatan befarqlik holatlari
uchraydi (masalan:
kutilmagan farzandni tug‘ilishi, ona
chiroyli lekin qizi xunuk bu esa onani g‘ashiga tegadi).
Oilada bolani tarbiyalashda uchraydigan xatoliklar turli
tumandir. Ular orasida keng tarqalganlaridan biri ota-ona-
laming xaddan tashqari obro‘ talabliklari, hukmronlikka
intilishlaridir. Bolaning har bir qadami nazorat ostiga olinsa,
uning hulqidagi mustaqillik yo‘qqa chiqariladi. Bolada o‘z
kuchiga va imkoniyatlariga ishonch yo‘qoladi. Ichki istak va
intilishlar shakllanmasdan itoat qilish talablari bilan boshlab
turadi.
118
Oilaviy tarbiyadagi xatolikning turlaridan yana bin,
bolalaming erka bo‘lishi, ularga nisbatan biror talabning
yo‘qligi bilan bog‘liq. Bu holda ota-onalar ba’zan bolalaming
imkoniyatlariga yetarli baho berishmay va ulaming ko‘pgina
islilarini o‘zlari bajarishadi. Natijada, bolada mustaqillik,
mehnat qilish ishtiyoqi, topshirilgan ishga. mas’uliyat hissi
rivojlanmaydi. Bola o‘z ishini tanlay olmaydi, uni oxirigacha
yetkaza olmaydi, erksiz bo‘lib qoladi.
Qiyinchiliklaming yana biri shundan iboratki, ota-onalar
taibiyada hamma narsa sababli va shartli ekanligini, tarbiya
uzoq jarayon bo‘lib, bu jarayonda bir qator o‘zaro uzoq
jarayon bo‘lib, bu jarayonda bir qator o'zaro bog‘liq bo‘g‘in,
vosita va uslublar bo‘lib, ulardagi biror bo‘g‘inning tushib
qolishi tufayli jarayonning normal o‘tishi bo‘zilishi va tarbiya
natijasi buzilishini tushunmaydi. Ota-onalar bu holning
muhimligini hisobga olmay, ko'pincha, bola «birdan» buzilib
qoldi, deb arz qiladilar. Bolalami oiladagi tarbiyasidagi
xatolaming bir turi ona yoki ota, buvi, buva va boshqalar
tomonidan tarbiyada yagona talabalaming yo‘qligidir. Bun-
day oilalarda bolalar kattalaming qarama-qarshi fikrlariga
moslashishga harakat qiladi. Bu esa bolada ikkiyuzlamachilik,
xushomadgo‘ylik va shu kabi salbiy xislatlaming shaklla-
nishiga sabab bo‘ladi.
Oilada bola shaxsini shakllantirishda oila boshliqlari bilan
bolalaming o‘zaro yaxshi munosabati, xonadon qarichlariga
hurmat, e’tibor, oiladagi bolalaming o‘zaro munosabatlari
to‘g‘ri tarbiyalangani ota-onaning bolalar tarbiyasiga barobar
jonkuyarligi, oilada o‘matilgan to‘g‘ri tartib va yaxshi
odatlar, ota-onaning mehnatga, ijtimoiy hayot hodisalargia
to‘g‘ri munosabatda bo‘lishlari muhimdir.
119
Bola tarbiyasida ota-onaning bir-biriga munosabati, o‘z-
larini tuta bilishlari muhimdir, oilada muomalaning barcha
qoidalariga amal qilinishi lozim. Kattalarga hurmat, kichik-
lami avaylash, bir-biriga mehribonlik, ayniqsa, ayollami izzat
qilish odatga, qoidaga aylanib borishi kerak.
Bolalarga onani hurmat qilishni, unga mehribon bo‘lishni
o‘rgatish otaning muhim vazifasi.
Odatda, o‘g‘il bola otasiga, qizlar esa onasiga o‘xshashga,
ulardagi yaxshi xislatlami o‘ziga singdirishga harakat qiladi.
Ota ham, ona ham, bolani tarbiyalashga o‘z hissalarini
qo‘shadilar.
Ona g‘amxo‘r, mehribon, ko‘ngilchan bo‘lsa, ota - kuch
qudrat, jasurlik, qattiqqo‘llik, bolaning aqliy va jismoniy
rivojlanishi uchun qayg‘ursa, ona — yurish-turish, muomala,
his tuyg‘u, nafosat uchun tashvishlanadi.
Ota ham ona ham bolaning aqliy, axloqiy jismoniy
kamoloti uchun baravar javobgar, chunki, ulaming birdan-bir
maqsadi shaxsni tarbiyalashga qaratilgandir.
Bola shaxsini shakllanishida sog‘lom oilaviy muhit katta
ahamiyatga egadir. Oilada ota-onalar o‘rtasidagi o‘zaro
hurmat, ishonch va vafo-sadoqat bolalar quvnoq, xushchaq-
chaq o‘sishIariga, normal tarbiyalanishlariga, xonadonda
sog‘lom muhit yaratilishiga bevosita ta’sir kocrsatadi.
Oila a’zolari hurmatini o‘miga qo'yishlari, bir-birlari
uchun jon kuydirishlari, yaxshi munosabatda
bo‘lishlari
kerak. Oilada hamisha samimiyat va ko'tarinki ruh hukmron
bo‘lsa, oila a’zolarining kayfiyatiga ijobiy ta’sir etadi.
Qaysi olida nohaqlik, qo‘pollik, do‘q po'pisa, asabiylik,
hukmron ekan, unda halovat ham bo‘lmaydi. Oiladagi
arzimagan janjal ham dastawal bolalaming psixik holatiga
ta’sir qiladi, ularda yomon odatlar hosil bo'lishiga olib
120
keladi. Bolalar ulg‘aygach, ular ham qush uyasida ko‘rganini
qiladi qabilida ish tutishadi.
Ota-ona bir-birini behurmat qilmasligi, obro‘larini tu-
shirmasligi, oilaviy nizolami bola yo‘q vaqtida bartaraf
etishlari shart. Bola yomon yoki yaxshi hulqli, fe’l atvorli
bo‘lib tug‘ilishmaydi. Uning o‘sib borishi jarayonida oila
muhiti, ota-onaning, kishilaming, atrof-muhitdagi munosa-
batlaming ta’siri hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Oiladagi totuvlik,
hamjihatlik, bu o‘zaro hurmat va yordam, shirinsuhanlik,
mehnat-sevarlik va to'g'rilik bolaga ijobiy ta’sir qiladi.
Dostları ilə paylaş: |