Oila pedagogikasi



Yüklə 48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/202
tarix13.12.2023
ölçüsü48 Kb.
#175377
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   202
Oila pedagogikasi. Hasanboyeva O

121


V bob.
OILADA KOMIL INSON TARBIYASI
Axloq kishilaming xulq-atvor normalari va qoidalarini, 
ularning o‘z-o‘ziga boshqa kishilarga, mehnatga, jamiyatga 
munosabati kabi axloqiy tushunchalami o‘z ichiga oluvchi 
ijtimoiy ongning shakllaridan biridir. Axloq tarixiy xusu- 
siyatga ega, chunki u kishilik jamiyatida avlodlar tomonidan 
to‘plangan axloq odiy tajribalar va munosabatlami aks 
ettiradi. Axloq 
ilmiy yaxshilik bilan yomoniik o'rtasidagi 
muammolar haqida bahs yuritib, insonlaming kamolotga 
erishish yo‘lini yoritib boradi. Har bir inson bir olam 
bo'lgani kabi uning axloq odobi ham juda murakkab olam 
desak yanglishmaymiz. Chunki shaxsning ichki va tashqi 
olamini o'rganish, bilish, tahlil qilish g£oyatda murakkab, bu 
ruhiyat bilan bog'liq holatdir. Axloqli, odobli komil insonda 
odamiylikning eng yaxshi xislatlari: mehr-muhabbat, rahm- 
shavqat, adolatu-diyonat, hayoyu-iffat, imon-e’tiqod kabilar 
mujassam bo‘ladi, ayni paytda shu xislatlaming aksi-beburd, 
axloqsiz kimsalar fe’lida ko‘rinadi. Har bir xalqning nufuzi va 
obro‘-shuhrati 
kishilarning 
axloq-odobi, 
yaxshi 
xislat 
fazilatlari bilan belgilanadi.
Qadimgi yunon faylasuflari Aflotun va Arastu bola 
tarbiyasini jamiyat o‘z ixtiyoriga olishi, tarbiya jarayonidagi 
barcha zarur ishlami davlat bajarishi lozim degan g‘oyani 
ilgari surgan edilar. Ular o‘z fikrlarini farzand tarbiyasi 
jamiyat ma’nfaatlari bilan bog'liq deb isbotlamoqchi bo‘l- 
ganlar. Shunga ko‘ra bola tarbiyasi bilan asosan davlat
122


shug'ullanishi kerak, degan g‘oya ilgari surilgan. Ammo, 
sharq 
mutafakkirlari bola tarbiyasi bilan asosan ota-ona 
shug‘ullanishi kerak, degan xulosaga kelganlar. Bu bilan ular 
oilaviy tarbiyaning roliga katta e’tibor berganlar.
Eramizdan awalgi 528-529-yillar orasida buyuk muta- 
fakkir Zardusht tomonidan yaratilgan «Avesto» kitobida ham 
ta’lim-tarbiyaga, axloq-odobga oid qator g'oya va qarashlami 
ko‘rish mumkin. «Avesto»da ta’kidlanishicha, tarbiya hayot­
ning tayanchi, shu boisdan har bir yoshni yaxshi o‘q ish va 
yozishga o'rgatish lozim. Uni yosh paytidanoq mehnat qilib, 
mehnatning tagi rohat ekanligini anglatish uchun daraxt 
ko'chati o'tkazishga, uy-ro‘zg‘or qurollari yasash, yerga 
ishlov berish va chorva bilan shug‘ullanishga o‘rgatilishi 
shart. Zotan uning fikricha yaxshi va ezgu ishlar yaratish 
uchun kishi mehnat qilishi zarur, o‘z qo'llari bilan moddiy 
noz-ne’matlar yaratmas ekan, u yashash lazzatini ham his 
qilmaydi, hayotning qadriga ham yetmaydi.
U yuqoridagi fikmi davom ettirib, «Inson nafaqat 
mehnati tufayli o‘zini va oilasini boqadi, balki unda yerga va 
yurtga bo‘lgan muhabbati ham paydo bo‘ladi. Zotan har bir 
inson o‘zi o‘sib ulg‘aygan zaminni, mamlakatni eng yaxshi va 
go‘zal mamlakat deb tushunmog‘i kerak». Uning bu fikr- 
laridan har bir inson faqat o‘zining emas balki farzandlarini 
ham mehnatsevar qilib tarbiyalashi lozim. Chunki meh- 
natsevar bo'lmasdan turib, o‘z yerini, o‘z Vatanini seva 
olmasligi tabiiy.
Qur’oni Karim, hadisi Shariflarda oila va oilaviy muno- 
sabatlar va oilaviy tarbiyaga oid bir butun izchil qarashlar 
tizimi mavjud bo‘lib, u o‘z ichiga oilaning shakllanishi
rivojlanishi va mustahkamlanishiga qaratilgan barcha jihat- 
lami qamrab oladi. Bu qarashlar ilohiyot nuqtayi nazaridan
123


o‘rtacha qo'yilsada ular kishilaming turmush tarzlari, oilaviy 
munosabatlari talabidan kelib chiqqanligi uchun ham kun- 
dalik turmushga muvofiqdir. Islomda oilaviy tarbiyaning 
o‘ziga xos xususiyatlari ham ko‘rsatib o‘tiladi. Bu xususiyatlar 
musulmonchilik talablaridan kelib chiqqan bo‘lib, insonni 
ma’naviy-axloqiy tarbiyalash haqidaga umumiy g‘oya bilan 
bog‘liq. Musulmon oilalarida kuyov va kelinning avlod- 
ajdodlarining kelib chiqishini o‘rganish, jismoniy va ma’naviy 
poklikga e’tibor berish an’anaga aylangan. Islomiy ma’na- 
viyatda bolani oilada axloqiy taibiyalash haqidagi qarashlar 
insoniylikga, ezgulikga va yaxshlikga da’vat etgan uchun ham 
umuminsoniy mazmunga egadir. Shunga ko‘ra, islom musul- 
monlariga xos bo‘lgan diniy qadriyatgina bo‘lib qolmasdan, 
balki umuminsoniy qadriyatdir. Milliy mustaqillik natijasida 
dinga va diniy qadriyatlarga bo‘lgan munosabat tubdan 
o‘zgardi va u oilada bolalami axloqiy tarbiyalashning muhim 
omillaridan biriga aylanib, oilada tarbiyaviy ishlar samarador- 
ligini oshirishga yordam bermoqda.

Yüklə 48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   202




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin