Oila pedagogikasi



Yüklə 48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə81/202
tarix13.12.2023
ölçüsü48 Kb.
#175377
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   202
Oila pedagogikasi. Hasanboyeva O

Muchal yoshi.
Xalqimizda muchal yoshini nishonlash 
an’anaviy marosimga aylangan. Muchal yoshini nishonlash 
umming bir davridan ikkinchisiga o'tish — bolalikdan o'smir- 
likga o‘tish tantanasi sifatida bayram qilingan. Chunki bu 
davrdan so‘ng bola vujudida jiddiy tabiiy o‘zgarishlar sodir 
bo‘ladi. U jisman va ma’naviy ulg‘ayadi.
160


Inson hayotiga kun, oy, fasl, yil o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. 
Inson vujudida ham o‘n ikki yil ichida jiddiy o‘zgarish sodir 
bo'ladi. 12 yil ichida yosh bola oiganizmida jiddiy o‘zgarish 
va rivojlanish sodir bo‘ladi. 13 yoshdan o‘g‘il bolalar orga- 
nizmida erkaklik unsurlari, qizlarda esa ayollarga xos 
xususiyatlar faol rivojlana boshlaydi. Muchal yoshiga bag‘ish- 
langan marosim oilada ikki quda ishtirokida kamay-sumay 
navolari, to‘y bolaga maxsus oq liboslar kiydirish, uning 
bo‘yi barobar oq mato o‘lchash, oq toam va shirinliklar 
ulashish, isiriq tutatish, duolar o‘qish kabi an’analar asosida 
o‘tkazilgan. Qadimda muchal yoshiga bag‘ishlangan marosim 
Navro‘z bayrami tadbirlariga qo‘shib o'tkazilgan. «Oq libos- 
li» muchal yoshini nishonlayotgan yoshlar Navro‘z o‘tkazi- 
layotgan joyga kirib kelishganida barcha ulami qutlashgan. 
Kichik yoshli bolalar ularga- bahor gullarini taqdim etishgan. 
Muchal to‘yining yakunida 7-8 muchal yoshini yashagan 
qariyalar (taxminan 70 yoshdan oshgan) o‘smirlami duo 
qilganlar.
Mustaq illikga erishilib, milliy qadriyatlar tiklana bosh- 
lagandan so‘ng «Muchal yoshi» nafaqat oila a’zolari 
davrasida, balki maktablarda ham ota-onalaming ishtirokida 
Navro‘z bayrami arafasida nishonlanmoqda. Bu kabi yangi 
tadbirlar ko‘pgina maktablaming an’anaviy bayramlariga 
aylanib bormoqda.
0 ‘zbek toyiari.
To‘y - hayotning katta shodiyonasi, oila 
baxt saodati va farovon turmush ramzi, hayotning eng 
quvonchli damlaridir. Xalqimizda qadimdan «Beshik to‘yi», 
«Nikoh to‘yi», «Payg‘ambar yoshi to‘yi» kabilar bo‘lgani 
ma’lum. Hozirda nikoh to‘ylarining yangicha, zamonaviy 
shakllari qaror topmoqda. To‘ylami o‘ziga xos bayram 
tarzida tashkil etish, ulami tartibga solish, ixchamlashtirish
161


ayniqsa badiiy jihatdan boyitish davr talabidir. Yurtboshimiz
I.A.Karimovning 1998-yil 28-oktabrdagi to‘y-hashamlar, 
oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlami o‘tkazishni tar- 
tibga solishga bag‘ishlangan farmonlari ajdodlarimizning 
oilaviy qadriyatlami tiklash, mazmun va mohiyatini bozor 
iqtisodi talablari darajasida shakllantirishda metodologik asos 
bo‘lib xizmat qiladi.

Yüklə 48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   202




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin