tashkil etib, odamlar shu muqaddas maskanda tug‘ilib, o ‘sib, jamiyat tarkibini tashkil etadi; ikkinchidan - oila muhim bo‘g‘in bo‘lib, unda biz mehnat jarayonida sarf qilgan kuchlarimizni tiklash imko- niyatiga ega bo‘lamiz; uchinchidan - oila muhim tarbiya o ‘chog‘I; va nihoyat, to‘rtinchidan - oila nodir ruhiy muhitdir. Oila a’zolari o‘rtasidagi munosabatlar axloq-odob va huquqiy qoidalar bilan birga tartibga solinadi. Shuning uchun ham oila huquqi huquqning mustaqil sohasi bo‘lib, nikoh, qon-qarindoshlik, bolalaming nasl-nasabini belgilash, ota- ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni joylashtirish shakllaridan kelib chiqadigan munosabatlami huquqiy tartibga soladi. Agar oila huquqi tushunchasiga muxtasar ta’rif berib aytadigan bo‘lsak, bu er-xotinlar, qarindoshlar, ota-onalar (farzandlikka oluvchilar) va bolalar o‘rtasidagi shaxsiy no- mulkiy va ular bilan bog‘liq mulkiy munosabatlami tartibga soluvchi huquq tarmog‘i hisoblanadi. Shu ta’rifdan ham ko‘rinib turibdiki, oila huquqi fuqarolik huquqi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lish bilan birga, farq qiluvchi xususiyatlarga ham ega. Ya’ni: birinchidan, oilaviy muno sabatlar fuqarolik huquqiga xos bo‘lmagan yuridik faktlar (nikoh, qarindoshlik, onalik, otalik, farzandlikka olish va ho- kazolar) asosida vujudga keladi, ikkinchidan, oilaviy mu nosabatlar fuqarolik huquqidan farq qilib, ko‘proq shaxsiy- huquqiy mohiyatga ega bo‘ladi, uchinchidan, oilaviy huquq
subyektlarining huquq va majburiyatlari ulaming o‘zla- rigagina tegishli huquq va maj-buriyatlar sanaladi.