Oila pedagogikasi



Yüklə 96,53 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə78/202
tarix19.12.2023
ölçüsü96,53 Kb.
#186926
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   202
Oila pedagogikasi. Hasanboyeva O

Ism qoyish odatlari.
Chaqaloqqa ism qo‘yish inson 
hayotidagi eng muhim voqealardan hisoblanadi. Qadimdan 
bolaga ism qo‘yish mas’uliyatli ish sanalgan. Ism bola 
tabiatiga mos kelmasa, undan yaxshi inson chiqmaydi yoki u 
kasallikka chalinaveradi deyilgan. Chaqaloqqa ism qo‘yish 
vazifasini har—kimga ham ishonilmagan. Buning uchun 
maxsus marosim uyushtirilib, unga eng obro‘li dono qadyalar 
taklif etilgan. Ana shu marosimga yig‘ilganlar o‘zaro 
maslahatlashib, bolaga ism qo‘yishgan. Islom diniga e’tiqodi 
baland kishilar mulla-eshon chaqirib, chaqaloqning qulog'iga 
azon aytdirib, so‘ng unga ism qo‘ydirishgan.
Xalqda «ismi jismiga mos» degan ibora bor. Kishilar 
bolaga qo‘yilgan ism ulg‘ayishi jarayonida uning odobiga 
ta’sir qiladi, deyishgan. Kishining ismiga mos bo‘lishga 
intilishi uning ma’naviy ulg‘ayishiga samarali ta’sir qiladi.
Tug'ilgan кип.
Bolalaming tug'ilgan kunini oilada 
nishonlash kichkintoylaming o‘zi uchun ham katta bayram 
hisoblanadi. Bunday tantanaga bolaga uning yoshiga mos 
keladigan sovg‘alar, shirinliklar, o‘yinchoqlar berilishi sabab 
bo‘ladi. Tug‘ilgan kunga bolaning o‘rtoqlari taklif etiladi. 
Bolalar uchun alohida dasturxon yozilib, ular mehmon 
qilinadi. Shu asosda bolalaming mehmon kutish va mez- 
bonlik malakalari shakllana beradi. Bolalaming tug‘ilgan 
kunlarini nishonlashda turli qiziqarli o‘yinlar tashkil qilish 
muhim taibiyaviy ahamiyatga egadir. Bu o‘yinlaming asosiy 
mazmuni bolalarda ziyraklik, nutq madaniyati kabi ijodiy 
fazilatlami rivojlantirishga yo'naltirilishi lozim.
Qadimda kishilaming tug‘ilgan kunlarini nishonlash odati 
keng tarqalmagan. Ilgari ko‘p sharq xalqlarida, o‘zbeklarda
157


ham «yil boshi» (navro‘z)da kishining umriga yosh qo‘shiladi 
deb hisoblangan. Shu sababli «Navro‘z» tabiatning yangi- 
lanish bayrami bo‘lib qolmay, u barcha uchun «yosh oshdi» 
tantanasi hisoblangan. Hozirgi paytda tug‘ilgan kun bilan 
tabriklash oilada, do‘stlar davrasida, ish joylarida ham odat 
tusiga kirdi. Ko‘pgina muassasalarda yubileylami nishonlash 
yaxshi an’ana bo‘lib qolmoqda. Tug‘ilgan kunni nishonlash 
o ‘zbeklar uchun yangi odat. Ammo 12 yosh — muchal 
to‘yini, 63 yosh - «payg‘ambar yoshi»ni nishonlash an’anasi 
qadimdan mavjud.

Yüklə 96,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   202




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin