Ekologik tarbiya
Oilada bolalarga ekologik tarbiya madaniyatini tarkib
topdirish, ularga tabiat, atrof-muhit, bizni qamrab olgan
tevarak, olam bilan qanday munosabatda bo‘lishni o‘rgatish
va tashkil etish ta’lim tizimining dolzarb masalasiga aylandi.
Bugunki kunda tabiatni o‘rganish, unga mehr qo'yish-
ning o‘zi kamlik qiladi, albatta. Biz uni e’zozlashni, boy-
liklariga boylik qo‘shishni ham uddalashimiz lozim. Muhiti-
miz musafFo bo‘lishi uchun hammamiz ham mas’uldirmiz.
Yerdagi tabiiy manbalardan ko'proq boyliklar olish,
tabiat manbalarini asrab avaylashning eng muhim yo‘li о‘sib
kelayotgan avlodni tabiatni asrashga oid ekologik bilimlardan
xabardor qilish - ularga ekologik tarbiya berishdir.
Tabiat bilan yaqin munosabatda bo‘lishi insonga ijobiy
ta’sir qiladi, uni sofdilroq, muloyimroq, ko‘ngilchan qilib,
qalbida eng yaxshi his-tuyg‘ulami uyg‘otadi. Shuning uchun
bolalar tarbiyasida ekologik tarbiyaning roli ayniqsa kattadir.
Bolalami tabiat bilan, yilning turli fasllari, unda ro‘y
beradigan o‘zgarishlar bilan tanishtirish oiladan boshlanadi.
Tabiat hodisalarini aniq tushuna bilish, jamiki tirik narsaga
zavq-shavq bilan qarash singari fazilatlar bolada shakllanib
boradi. Tabiatga mehr qo‘yish, uni ehtiyot qilish, tirik
jonivorlar to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish tabiatga qiziqish
uyg‘ota qolmay, balki bolalarda vatanparvarlik, mehnat-
sevarlik, tabiat boyliklarini ardoqlab, ko‘paytirib borayotgan
222
kattalaming mehnatiga hurmat bilan qarash singari xarak-
teming eng yaxshi xususiyatlarini shakllantirib borishga ham
yo‘l ochadi.
Uydagi xona o‘simliklari va ba’zi parvarish qilib
boqiladigan parranda va hayvonlami bolalarga tanishtirish
unga bo‘lgan mehr-muhabbat uyg‘otishga yordam beradi.
0 ‘simliklar va hayvonlami muntazam ravishda parva-
rishlashda bolalarda mehnat ko‘nikmalarini ham shakllan-
tiradi. Shuning uchun, oilada bolalarga ekologik tarbiya
berishning nazariy asoslarini ishlab chiqish zarurdir.
Qadim zamonlardan ekologik madaniyat 0 ‘rta Osiyo
xalqlariga xos xususiyat bo'lgan.
Bu haqda qadimgi
qo'lyozmalar va ulug‘ allomalarimizning asarlari guvohlik
beradi. Ularda suv, tabiat, o‘simliklar, hayvonlar va ulaming
atrof-muhit bilan o‘zaro munosabatlar, aloqalari va boshqalar
haqida qimmatli fikrlar yozib qoldirgan. Garchand u
vaqtlarda ekologiya fan sifatida shakllangan. Lekin o‘sha
davrlardayoq tabiat va undagi tabiiy muvozanat, tozalikning
ahamiyati, o‘simlik va hayvonot dunyosi, tabiatni e’zozlash
zamrligi qayd etilgan. Hatto ular tabiatni, suvni, olovni,
shamol va boshqa unsurlami muqaddas deb bilishgan va
sig‘inishgan. Masalan, otashparstlikning muqaddas kitobi
«Avesto» da 17 xil suvning ta’rlfi yozilgan. Unda barcha
suvlaming birikishida vujud mavjudligi ta’minlanadi deyilgan.
Ular xudoning asosiy vazifasi suvni nopokliklardan asrash.
Uning doimiy oqib turishini ta’minlashdan iborat deb
tushunishgan. Shuning uchun ham ular xatlarida tabiatni va
suvni pok saqlash, asrab-avaylash, tejab sarflash haqidagi
da’vatlari juda ko‘p. Unda «Inson butun umrida suv, otash
yer, havoni, umuman dunyodagi jamiki narsani, poklik
himoyasini bus-butun asrashga majburdir... Yer, suv, olov,
223
havoni e’zozlash qoidalarini buzgan har bir inson 400
qamchi urilib kaltak jazosiga mahkum etiladi» deb yozilgan.
Yodgorliklarda suv manbalarini pokiza saqlash, ehtiyot qilish,
muhofaza qilishga undovchi bandlari ko‘p. Ichimlik suvi
oqadigan ariqlar, hovuz va quduq labiga butalar o‘tqazish
tavsiya etilgan. Suv bo'yiga mevali daraxtlar o'tqazish
taqiqlangan. Suvga tupurish, xas-xashak yoki barglami
tashlash qattiq qoralangan. Hovuz yoki quduqqa iflos narsa
tush-sa, uni toza suvda yoki yomg'ir suvi bilan bir necha
marotaba to‘ldirib bo‘shatilgan so‘ng ichishga ruxsat berilgan.
Suvda yoki suv atrofida kirlami yuvish, mol boqishni man
etganlar. Tuya va otlami bog'lab suv atrofiga, so‘ngra ulami
yuvintirishga ruxsat berilgan. Biror kishi порок idish bilan
hovuz, ariq, quduqdan suv olayotganini mirob ко‘rib qolsa
25 qamchi bilan jazolagan. Suv muqaddas bo‘lgani uchun
undagi jonzotlami, hayvonlami o'ldirishga yo‘l qo‘yilgan.
Agar dengiz kuchugini o‘ldirilsa, shu yurtda qurg‘oqchilik
bo‘ladi. Yaylovlar, dalalar, taqir cho‘lga aylanadi, eldan
farovonlik ketadi, deb fikr yuritganlar. Hamisha suvni pokla-
byuradigan baliqlar, alohida suv hayvonlami tutish, ovlash
ham gunoh hisoblangan.
Qadimgi mamlakatlaming hukmdorlari ham tabiatni
muhofaza qilishda tegishli farmonlar e’lon qilganlar. Ma-
salan, qadimgi Sharq podsholari o‘rmonlami qo‘riqlash
to‘g‘risida qonun chiqargan. Bobolarimizdan meros qolgan
eski qo‘lyozmalarda ham ov, ov qilish san’ati, ov qilish vaqti,
hayvonlaming yosh bolalarini, go‘zal qushlami, umuman
jonzotlaming ko'payishi davrida ulami ov qilish qat’iyan man
etilgani haqida aytilgan.
Bizning ota-bobolarimiz qadim zamonlardan boshlab
tabiatga oqilona munosabatda bo‘lishgan.
224
Qadimgi yunon olimlari Gippokrat va Aristotel o‘zining
ilmiy asarlaridagi 500 ga yaqin o‘simlik turi va hayvonlaming
454 turi haqidagi ma’lumot ekologik tabiatga ega bo‘lgan.
Aristotel o‘zining ilmiy asarlaridagi 500 dan ortiq hayvon
turlarining, qushlaming, baliqlaming hayoti, tarqalishi, bir
yerdan ikkinchi yerga ko‘chishi haqida ma’lumot bergan.
Golen va Teofrast ham turli jonivorlaming hayoti, tabiatga
moslashishi to‘g‘risida qimmatli ma’lumotlar qoldirganlar.
0 ‘rta asrlarda 0 ‘rta Osiyoda yashab ijod etgan olim-
lardan Muhammad Muso al-Horazmiy, Abu Nasr al-Foro-
biy, Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino va boshqalar
tabiat fanlarining rivojlanishiga katta hissa qo'shganlar. Ular
hali ekologiya fani dunyoga kelmagan davrda tabiat va
undagi muvozanat, o‘simlik va hayvonot dunyosi, tabiatni
e’zozlash haqida fikrlar aytganlar.
Buyuk alloma Muhammad Muso al-Horazmiy (782-847)
risolalaridan birida bunday deb yozadi: «Biling-ki, daryoning
ko‘zlari yoshlansa uning boshiga g‘am, kulfat tushgan
bo‘ladi. Odamlar, daryodan mehringizni darig‘ tutmanglar».
Dar-yoning ko‘z yoshlari deganda Muhammad Muso al-
Horazmiy nimalami nazarda tutgan ekan? Ehtimol, u daryo
suvining ortiqcha
isrof bo‘lishini
nazarda
tutgandir?
Vaholanki, buyuk bobomiz eng awalo, daryo bilan odam-
laming bir-birini tushunishlari va til topishishlari, o'zaro
mehr-muhabbat qo‘yishlarini ko‘zda tutgan.
847-yilda Muhammad Muso al-Horazmiy «Kitob surat
al-arz» degan asarini yozdi. Unda dunyodagi okeanlami,
quruqlikdagi qit’alar, qutblar, ekvatorlar, cho‘llar, tog‘lar,
daryo va dengizlar, ko‘llar, o'rmonlar va ulardagi o‘simlik,
hayvonot dunyosi, boshqa tabiiy resurslar-yeming asosiy
boyliklari haqida ma’lumotlar yozilgan. Ushbu risolada
225
matematika, geologiya, astronomiya, etnografiya, tibbiyot,
Dunyo xalqlarining tabiiy ko‘nikmalari va tarixiy-huquqiy
bilimlari umumlashtirilgan.
0 ‘rta Osiyo xalqlari ijtimoiy — falsafiy fikming eng yirik
va mashhur vakillaridan bin Abu Nasr Forobiyning (870-
910) ilmiy-falsafiy merosi nihoyatda boy. Uning asarlari
hozirgacha to‘liq aniqlanmagan. Nemis olimi M.K. Brokel-
manning ro‘yxatida Forobiyning turli sohalariga oid 180 ta
asarining nomi keltiriladi. Bu asarlar bir necha guruhlarga
bo‘linadi. Shulardan 11-guruhga Forobiyning tabiatshunoslik
ilmi, amaliy faoliyat va hunarmandchilik masalalariga oid
asarlari kiritilgan. Forobiy tabiatshu-noslaming turli tarmoq-
lari bilan shug‘ullangan bo‘lib, «Kitob al-hajm va al-miq-
dor», «ICitob al-mobodi al-insonia» (Insoniyatning boshla-
nishi haqida kitob), «Kitob fi-a’zo
al-hayvon» (Hayvon
a’zolari to‘g‘risida kitob) nomli asarlari bunga dalil bo‘la
oladi. Forobiy o‘zining «Ixsoa al-ulum va al-ta’rif» asarida
zamonasidagi ilmlami har tomonlama o‘rganib, ulami
ma’lum tizimga solib, turkumlarga ajratadi, har bir ilm
tarmog‘iga ta’rif berishga harakat qildi, tabiatshunoslik ilmiga
katta e’tibor berdi. Tabiatshunoslikka oid «Odam a’zolarining
tuzilishi» (Risolat fi-a’zo al-inson), «Hayvonlar a’zolari va
ulaming vazifalari haqida» kabi asarlarida odam va
hayvonlaming tuzilishi, xususiyatlari va vazifalari haqida,
ular-ning o‘xshashligi va farqlari keltirilishi bilan birga asosiy
anatomik-fiziologik tushunchalar berilgan.
Abu Rayhon Beruniy (973-1048) koinotdagi hodisalami
taraqqiyot qonunlari bilan, narsa va hodisalaming o‘zaro
ta’siri bilan tushuntirishga urinadi. Olim yerdagi ba’zi hodi
salami Quyoshning ta’siri bilan izohlaydi. Uning fikricha,
inson tabiat qoidalariga rioya qilgan holda borliqni ilmiy ra-
226
vishda to‘g‘ri o‘rgana oladi. Beruniy ba’zi tabiiy-ilmiy
masalalarda tabiat hayotidagi dialektikani topishga harakat
qiladi va shu zaylda umumiy shaklda bo'lsa ham, keyingi
davrlar-dagi tabiatshunos olimlarga ba’zi muhim ilmiy
yutuqlariga erishishi uchun yo‘l ko‘rsatib beradi. Beruniy
aytadiki, yerdagi o‘simlik va hayvonlaming yashashi uchun
zarur imkoniyatlar cheklidir. Lekin o‘simlik va hayvonlar
cheksiz ko‘payishiga intiladi va shu maqsadda kurashadi.
Beruniy tabiatshunos sifatida tabiat haqida quyidagicha fikr
yuritadi: «Ekin va nasi qoldirish bilan dunyo to‘lib bora-
veradi». Garchi dunyo cheklangan bo‘lsa-da, kunlar o‘tishi
bilan bu ikki o‘sish natijasida ko‘payish cheklanmaydi.
Agarda o‘simliklardan yoki jonivorlardan biror xilining o‘si-
shiga sharoit bo'lmay, o‘sishdan to‘xtasa ham boshqalarida
bu ahvol bo‘lmaydi. Ular birdaniga paydo bo‘lib, birdaniga
yo‘qolib ketmaydi. Balki ulaming biri yo'qolsa ham, u o‘z
o‘xshashini qoldirib ketadi. Agar yer yuzini bir xil daraxt bir
xil hayvonning ko‘payishiga ham, daraxtning о‘si shiga ham
o‘rin qolmaydi. Shu sababdan dehqonlar ekinlami o‘toq
qilib, keraksizini yulib tashlaydi. Bog‘bon ham daraxtlaming
meva beradigan shoxlarini qoldirib, keraksizini kesib tashlaydi.
Beruniy asarlarida o‘simlik va hayvonlaming biologik,
ulaming tarqalishi va xo‘jalikdagi ahamiyati haqida ma’lu
motlar topish mumkin. Beruniyning ilmiy qarashlarida aso-
san «Saydana»,
«Mineralogiya»,
«Qadimgi avlodlardan
qolgan yodgorliklar» kabi asarlarida uchratiladi. Beruniy
«Qadimgi avlodlardan qolgan yodgorliklar» asarida Eronning
turli tropik o‘simlik va hayvonot dunyosini bayon etgan.
Ushbu asarda o‘simlik va hayvonlaming tashqi muhit bilan
aloqasi, ulaming xulq atvori yil fasllarining o'zgarishi bilan
bog‘liq ravishda o‘zgarishi misollar bilan tushuntirilgan.
227
Masalan, asarda qish qattiq sovuq kelsa, qushlaming tog‘dan
tekisliklarga tushishi, chumolilaming uyasiga berkinib olishi
va boshqa ko‘pgina narsalar ifoda etiladi. Beruniy Yer
qiyofasining o‘zgarishi o£simlik va hayvonot dunyosining
o‘zgarishiga, tirik organizmlarning turli hayoti Yer tarixi
bilan bog‘liq bo‘lishi kerak deb hisoblaydi. Qum kovlab,
uning orasidan chig'anoqni topish mumkin deydi alloma.
Buning sababi, bu qumlar qachonlardir okean tubi bo£lgan,
degan xulosani aytadi. Beruniy «Saydana» degan asarida
1116 tur dori-darmonlami tavsiflagan. Ulaming 750 tasi turli
o£simliklardan, 101 tasi hayvonlardan, 107 tasi esa mine-
rallardan olinadi. Har bir o‘simlik, hayvon va minerallar-
ning xossalari, tarqalishi va boshqa xususiyatlari keltirilgan.
Beruniyning «Qadimgi avlodlardan qolgan yodgorliklar»
va «Hindiston» asarlarida o£simlik va hayvonlaming tuzilishi
hamda ulaming tashqi muhit bilan o£zaro aloqasi haqida
ham qiziqarli ma’lumotlar keltiriladi. Beruniy o£zining tabiiy-
ilmiy kuzatishlari, tajribalari asosida tabiatdagi hodisalar
ma’lum tabiiy qonuniyatlar asosida boshqariladi, degan
xulosaga keladi. Ularni tashqaridan ta’sir etuvchi har qanday
kuch o£zgartirish qobiliyatiga ega emas.
Abu Ali Ibn Sino (980-1037) jahon madaniyatiga buyuk
hissa qo£shgan olimlardan biridir. Yirik ensiklopedist olim
sifatida u o£z davri ilmining deyarli barcha sohalari bilan
shug£ullangan. Turli yozma manbalarida uning 450 dan ortiq
asar yozganligi qayd etilgan. Bizgacha uning 240 ta asari
yetib kelgan. Ibn Sino asarlari orasida «Tib qonunlari» shoh
asari tibbiyot ilmining qomusi bo£lib, o£rta asr tibbiyot ilmi
tarqalishining oliy cho‘qqisi hisoblanadi. Ibn Sino tibbiyot
tarixida fizioterapiya asoschilaridan biri hisoblanadi. Kishi
organizmiga tashqi muhit ta’siri muhimligini bilgan alloma
228
ayrim kasalliklar suv va havo orqali tarqalishi haqida fikr
bayon etgan, ya’ni u kasallikning yuqishi masalasini hal
etishga yaqinlashgan edi. «Kasalliklaming ba’zilari yuqumli
bo‘ladi. Bular moxov, qo‘tir, chechak, vabo isitmasi, yiring-
lagan yaralar kabi kasalliklardir». Bular odamlaming turar
yerlari tor bo‘lganda, ya’ni aholi zich yashagan joylarda,
shamol va idish-tovoqlar va boshqalar orqali tarqaladi.
•
Abu Ali Ibn Sinoning falsafiy va tabiiy - ilmiy qarashlari
uning jahonga mashhur asari «Kitob ash-shifo» (davolash
kitobi)da bayon etilgan.
Zahiriddin Muhammad Bobur (1483—1530)ning eng
yirik asaridir. Asarda Bobuming ko‘rgan-kechirganlari, yur-
gan joylarining tabiati, boyligi, odamlari, urf-odatlari, hay-
vonoti, o‘simliklari va boshqalar tasvirlangan. Har bir kasb
egasi bu kitobdan o‘ziga keragicha ma’lumot oladi. Asar
muhim atamalar va toponomik manbalarga boy. Unda yer,
suv, havo, turli tabiiy hodisalarga tegishli xalq so‘zlari
ko‘plab topishgan. Bobur o‘z asarida har bir hududni ma’lum
bir tartibda tasvirlaydi.
Dostları ilə paylaş: |