Bironta ish qilishga kirishar ekansan, albatta, ish davomida
kerak bo‘ladigan narsalami oldindan tayyorlab qo‘y- Bu
talablami bajarishda ota-onaning o‘zi ham bolaga namuna
ko‘rsatishi kerak. Mehnat madaniyatini egallash,
ish qurol-
larini ma’lum joyda ma’lum tartibda saqlash saranjom boiish
vaqtni tejash, ishni tez sifatli va ozoda bajarish uchun katta
ahamiyat ekanini bolaga tushuntirish zarur. Xonadonning har
bir a’zosi o‘z zimmasidagi rejali, to‘g‘ri
tashkil etsa mehnat
qurollaridan ehtiyotkorlik bilan foydalansa ro‘zg‘or buyum-
larini avaylab asrasa vaqtdan unumli foydalanish malakasiga
ega bo‘lsa ish o‘mini saranjon-sarishta saqlasa pala-par-
tishlikga, isrofgarchilikga yo‘l qo‘ymasa, har bir yumushni
did, qunt, sabr-matonat bilan amalga
oshirsagina u mehnati
natijalaridan huzur-halovat topadi. Halq maqollarida aytilga-
nidek: «Mehnat rohatning poydevoridir», «Rohatning onasi-
mehnat», «Halol mehnat-huzur-halovat», «Suvsiz hayot bo‘l-
mas, mehnatsiz rohat», «Mehnatsiz rohat bo‘lmas, tashvish-
siz ne’mat», «Halol mehnat — yaxshi odat,
berur senga
saodat». Oilaning har bir a’zosi zimmasidagi vazifa umumiy
maqsadni ko‘zlab tashkil etilgan va uning natijalaridan
barcha oila a’zolari bahramand bo‘lgan taqdirdagina unday
mehnat foydali hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: