OILADA EKOLOGIK TARBIYA BERISHNING
SHAKL VA YO‘LLARI
Oilada bolalarga ekologik tarbiya berishning
mazmuni
Oilada ham bolalami tabiat bilan tanishtirish orqali
ularda axloqiy sifatlami tarbiyalash mumkindir. Bunda
bolalar yoshiga mos bo‘lgan badiiy asarlardan, suhbatlardan,
sayrlardan va turli xil ta’limiy o‘yinlardan foydalanish
mumkin.
Bolalar adabiyotida tabiat turli vositalar yordamida
ifodalanadi. 0 ‘z mazmuniga ko‘ra ilmiy bo'lgan tabia-
tshunoslik haqidagi kitob ayni vaqtda san’atning bir turidir.
Uning xususiyatlari mana shundadir.
237
Tabiatshunoslik kitobi bolalarda bilishga qiziqishni,
kuzatuvchilikni, bilimga boMgan havasni tayyorlash uchun
boy materiallami beradi. U bolalar oldiga yangi savollami
qo‘yadi, bolalami atrofidagi tabiatga diqqat bilan qarashga
majbur qiladi.
Tabiat haqidagi bolalar kitobi ota-onalar qo‘lida katta
bilim qiymatiga egadir. U kuzatilayotgan joydan chetga olib
chiqadi va shu orqali bolalami tasawurlarini kengaytiradi,
bolani bevosita idrok etolmaydigan hodisalar bilan tanish-
tiradi. Kitob yordamida boshqa iqlim zonalaridagi tabiat
hodisalari, hayvon va o‘simliklaming hayoti haqida bilish,
predmet va hodisalar haqidagi mavjud tasawurlarini aniqlash
hamda aniqlashtirish mumkin. Tabiatshunoslik kitobi bola
larda jonsiz tabiat hodisalarini olib beradi, tabiatda mavjud
aloqa va munosabatlarini aniqlashga yordam beradi.
Ekskursiyalar vaqtida bola tabiat hodisalarini, mavsumiy
o'zgarishlarini tabiiy sharoitda kuzatishi, insonning hayotiy
talablariga muvofiq tabiatni qanday o‘zgartirayotganini va
tabiat kishilarga qanday xizmat qilayotganini ko‘rish mum
kin.
Ekskursiya bolalarga tabiatda mavjud bo‘lgan dastlabki
dunyoqarash tasawurlarini, olamni materialistik tushunishni
shakllantirish imkoniyatini yaratadi.
0 ‘rmon, dala, yaylov, daryo va ko‘l qirg‘oqlariga uyush-
tirilgan ekskursiyalar bolalarning diqqatini jalb qiladi. Oilada
tabiat burchagi tashkil qilib, ulami kuzatib, o‘rganishga
harakat qiladi. Ekskursiyalar tufayli bolalarda kuzatuvchanlik,
tabiatni o‘rganishga qiziqish o‘sadi. Ular predmetni sinchik-
lab kuzatish va uning xarakterli xususiyatlarini qayd qilishga
odatlanadilar.
238
Tabiatning go‘zalligi bolalarda chuqur his-tuyg‘ulami
uyg‘otadi, o‘chmas taassurotlar qoldiradi. Estetik mada-
niyatning o‘sishiga yordam beradi. Shu asosda ona tabiatga
muhabbat, unga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishi, Vatan-
ga muhabbatni shakllantiradi.
Bolalami tabiat bilan tanishtirish yoki oilada bolalarga
ekologik tarbiya berish uchun tabiat qo‘yniga sayrlardan keng
foydalaniladi. Oilaviy sayrlar vaqtida bolalar tasawurlarini
shakllanishi uchun uzoq muddat talab qilinadigan tabiat
hodisalari bilan tanishtirish imkoniga ega bo‘ladi. Bolalarga
qominig erishi, kurtaklarnig bo‘rtishi, maysalaming paydo
bo‘lishi, gullaming ochilishi, daraxt yaproqlarining paydo
bo'lishi va shu kabilar bilan tanishtiriladi. Sayrlarda tabiiy
materiallar - qum, loy, suv, muz, barg va shu kabilar bilan
xilma-xil o'yinlami tashkil etish mumkin. Oiladagi bolalarda
sezgi tajribasi yig‘iladi, ular tabiat hodisalarini barcha aloqa
va munosabatlarda tabiiy sharoitlarda ko‘radilar. Sayrlar
bolalarga katta quvonch, tabiat bilan munosabatda bo‘lish esa
izzat baxsh etadi.
Sayrlar vaqtida gulzor va ekinzorlarda katta ishlami
amalga oshirish mumkin. Bolalar o‘simliklami sug‘oradilar,
oziqlantiradilar, yemi yumshatadilar.
Oilada bolalarga axloqiy tarbiya berishda va ulami tabiat
bilan tanishtirishda ta’limiy didaktik o‘yinlardan foydalanish
maqsadga muvofiqdir. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar
tabiatdagi hodisalami, kishilami o‘zaro bir-biri bilan muno-
sabatini o‘yin orqali qabul qiladilar. Bolalami tabiat,
o‘simliklar, hayvonlar to‘g‘risidagi bilimlarini, tasawur va
tushunchalami kengaytirish, aniqlash va mustahkamlashda
turli hil o‘yinlardan foydalaniladi.
239
Ekologik tarbiya samaradorligini oshirish ekologik ta’lim-
ga bog‘liqdir. Bolalar ongiga ta’limni yaxshiroq sindirishga
o‘yinlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Ta’limiy o‘yinlardan tabiiy sharoitda o‘tkazilishi mum-
kin. Ta’limiy o'yinlar bolalami xotira, diqqat kuzatuvchanlik
kabi bilish jarayonlarini o‘sishga yordam beradi. Bolalami
tabiat bilan tanishtirishda: «0 ‘simlikning nomini top», «Bargi
qaysi daraxtga tegishli?» yoki «Bargiga qarab top», «Me-
vasidan top», «Qaysi o‘simlik haqida gapirildi?», «Urug‘idan
top» kabi o'yinlardan foydalanish mumkin. Bu o‘yinlardan
ota-onalar oilada bolalami tabiat bilan tanishtirishda
foydalanishlari mumkin. Buning uchun ota-onalar bolalami
o‘simliklar yoki gullar, daraxtlar, butalar va shu kabilar bilan
tanishtirish uchun «Botanika bog‘i»ga yoki bo‘lmasa imkoni
boricha ochiq tabiat qo‘yniga olib chiqishlari shart.
Oilada bolalami nafaqat o'simliklar dunyosi yoki
hayvonlar dunyosini ham bilishlari lozim. Buning uchun
«Hayvonot bog‘i», «Tabiatshunoslik muzeyi», «Geologlar
muzeyi», «Ekosan», va «Bioekosan» markazlarini tomosha
qilib, bir qancha bo‘lsa ham ekologik onglarini oshiradilar.
Ba’zi oilalaming «0 ‘z tabiat burchaklari» bo‘ladi. Bulaiga uy
sharoitda boqiladigan qushlar, parrandalar, akvariumlari,
qo‘y va mollari nazarda tutiladi. Bola ilk davrlaridan shulami
ko‘rib ularga mehr berib voyaga yetib ulg‘ayadi. Bu esa
ekologik ta’limning boshlanishi desa ham bo‘ladi.Bola kun
bo‘yi ulaiga o‘z mehrini berib oziqlantiradi, kuchuk,
mushuklami to‘g‘ri harakat qildirishga tarbiyalaydi, kuzatadi
parvarish qiladi. Uning xatti-harakatlarida bolalar quvonib,
his-tuyg‘ularga berilib, mehrli bo‘lib o‘sadilar. Tabiatdan
unimli foydalanishga o‘rgatish uchun bolalar ongida ekologik
madaniyatni shakllantirish zarur.
240
Bolalar tabiat haqidagi elementar bilimlarini egallab olib,
o‘simliklami (xona o‘simliklarini ham) o‘stirish, hayvon va
parrandalami (uy sharoitida boqiladigan ba’zilarini ham)
parvarish qilishning oddiy usullarini o‘rganib, tabiatni ku-
zatish, anglash, uning go‘zalliklarini ko‘ra bilish va ulardan
bahra olgan taqdirdagina ularda tabiatga nisbatan ehtiyot-
korlik va g‘amho‘rlik qilish munosabatida bo‘lishni tarbiya-
lash imkoniyati tug‘iladi.
Oilada bolalarga ekologik taibiya berishda oddiy usul-
lardan foydalanish mumkin; rasmlar ko‘rish va chizish; kino
va diafilm, multfilmlami namoyish etish orqali; amalda
mashg'ulotlar va suhbatlar o‘tkazish; mehnat (amahy), ota-
onaning oddiy tajribalari (bolalar bilan birga) o‘tkazish;
og‘zaki tushuntirishlar, maqollar, nasihatlar, hikmatli o‘git-
lar, badiiy asarlar, ertak, afsona va miflardan foydalanish,
so‘zlab-o‘qib berish, suhbatlashish va she’rlami o‘qib yod
oldirish orqali.
Bolalami o‘simliklar va hayvonlami sevib, asrab-avay-
lashga o‘rgatmoq uchun oiladagilaming o‘zi shu fazilatlarga
ega bo'lishlari shart.
Tabiat bilan inson o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar
ma’lum kunlarga bo‘ysungan holda boradi. Bu qonunlaming
buzilishi ertami-kechmi ekologik halokatga olib keladi.
Ekologik tarbiya insonning tabiatga bo'lgan yangicha
munosabatlarini shakllantirishda muhim bosqich hisoblahadi.
Bu yuksak ekologik madaniyatli, o‘z Vataniga, eliga xizmat
qiladigan insonning shakllanishida asos bo‘lib xizmat qilish
mumkin.
Ekologik tarbiya-axloqiy tarbiyaning ajralmas qismidir.
Insonlarda ekologik ongni va tafakkukmi tarbiyalash, ulami
tabiat qonunlarini tushuntirishlariga yordam beradi.
241
Matabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga ekologik tafbiya
berish uzoq davom etadigan jarayondir.
Har bir insonga
ekologik tarbiya berish orqali ulami tabiatga nisbatan bo'lgan
munosabatlari o‘zgaradi. Bu esa ekologik muammolami
bartaraf etishga yordam beradi.
Tabiat boyliklaridan unumli foydalanish, tabiatni qo‘riq-
lash masalalari ongli ravishda hal etish uchun oila, bog‘cha,
maktab, jamoat joylarida kamol topayotgan yoshlar tabiat
sirlarini va undan to‘g‘ri foydalanish usullarini har tomon-
lama puxta bilib olishlari shartdir.
Oila jamiyatning asosiy negizidir. Shuning uchun ham
bolalarga oilada ekologik tarbiya berishga katta ahamiyat be
rish zarur.
Oilada ekologik tarbiya berishning bir necha bosqich-
larida amalga oshirish mumkin.
I bosqich: bunda ota-onalarga bolalarga ekologik tarbiya
berishning yo‘llari va shakllari, vositalari to‘g‘risida bilimlar
beriladi.
II bosqich: u bosqichda ota-onalar o‘zlari o‘zlashtirgan
bilimlarini amaliy jihatdan qo‘llay boshlaydi. Bolalar bilan
kuzatishlar, ekskursiyalar, sayrlar, suhbatlar tashkil etadilar.
Biz tomonimizdan olib borilgan tadqiqot ishi oilada
bolalarga ekologik tarbiya berishning ayrim masalalarigina
hal etishga yordam beradi. Bu tavsiyalardan ota-onalar, tar-
biyachilar bolalarga ekologik tarbiya berishdan foydalanishlari
mumkin.
Dostları ilə paylaş: |