Bogging bo‘Isa, qora qil,
0 ‘g ‘ling bo‘Isa, mulla qil.
Daraxtdan meva olaman desang,
Niholligidan parvarish qil.
247
Suv bilan ekin о ‘sar,
Tarbiya bilan - odam.
Bola taibyasida kattalaming ibrati to‘g‘risida quyidagicha
maqollar mavjud:
Daraxt ко ‘ra - mevasi,
Ota-onasiga ко ‘ra - bolasi.
Daryo chuchuk
-
ariq chuchuk,
Daryo achchiq - ariq achchiq.
Igna qayoqqa yursa,
Ip ham shu yoqqa yurar.
Madaniy va ma’naviy merosimiz bo‘lgan hadisu sha-
rifda ham tarbiya, axloq-odob, o‘zaro do‘stona munosabat-
lar, qarindoshlik, mehr oqibat, adolat, insof-tavfiq bilan bir
qatorda ota-ona va farzandlaming haq-huquqlari hamda
burchlari o‘z ifodasini topgan.
Hazrati Muhammad
payg‘ambarimiz (S.A.V)
ota-
onaning bolalari oiladagi burchlari haqida bir hadislarida:
«Farzandlaringizni yaxshi boqingiz, ulami yaxshi tarbiya qi-
lingiz», — deb marhamat qilgan edilar.
Ota-onaning burchi bola tug‘dirishdangina iborat emas.
Tug'ilgan farzandni o‘stirish, yaxshi tarbiyalash, dini va
millati uchun foydali qilmoqdir. Yana bir hadisda «Farzand
laringizni izzat ikrom qilish bilan birga
axloq-odobini
yaxshilanglar», deyilgan.
Aga oila ma’nosiz hayot kechirsa, faqat shaxsiy huzur
halovoti bilan mashg‘ul bo‘lsa, agar oilada rahmsizlik va
248
xudbinlik hukm surayotgan bo'lsa, bulaming hammasi bo
laning ma’naviy qiyofasiga salbiy ta’sir etmasdan qolmaydi,
albatta. Shu sababli ota-onalar uchun oila tarbiyasi, awalo,
o‘z-o‘zini taibiyalashdan iborat bo‘lmog‘i kerak. Ota-ona-
lamig yuksak ijtimoiy ongi bolalarda ham shunga mos ong
tarkib topishiga yordam beradi.
Oilada kattalarga hurmat, kichiklami avaylash kabi
qoidalar kundalik odatga aylanib borishi kerak.
Ota-onalar oldidagi mas’uliyatning naqadar muhimligi
shundan iboratki, ular bolaning har bir qadamini, har bir
xatti-harakatini zimdan kuzatib boradilar. Bolalar har qanday
janjalni, yomon, noo‘rin so‘zni uzoq eslab yuradilar, o‘mi
kelganda vaziyat bo‘lganda amalda qo'llashga harakat qila-
dilar.
«Qush uyasida ko‘rganini qiladi», deydi xalqimiz.
Ayniqsa, bolaning izzat nafsiga tegmaslik, uni kamsitib
gapirmaslik, ota-onaning o‘zi madaniyatsizlik, odobsizlik qil-
masliklari maqsadga muvofiqdir.
Har bir ota-ona o‘z farzandini sevadi. Hech kim ulardan
yomon va baxtsiz insonlar etishib chiqishini istamaydi.
Farzandning har bir yutug‘i ota-onaning yuragini tog'dek
ko‘taradi, faxr va g‘urur tug'ularini vujudga keltiradi. Lekin
ota-onaning maqsad va niyatini farzandlar qanday tushu-
nadilar, bu maqsadlami amalga oshirish uchun ular qanday
yo‘l va vositalardan foydalanadilar, bular nihoyatda murak-
kab masalalardir. Ota-onaning jamiyatda tutgan o‘mi, nu-
fuzi, farzand tarbiyasida katta ahamiyatga ega. Bu narsa
mansab bilan belgilanmaydi, eng yaxshi obro‘ va e’tibor
halol mehnatdir. Halol mehnat bilan jamiyatda orttirilgan
obro‘ oilada farzandlar tarbiyasiga ijobiy ta’sir qiladi. Farzand
249
ham ota-onalardek bo‘lishga intiladi. Mehmondo‘st oilada
o‘sgan farzandlar ham mehmondo‘st bo‘ladilar.
Ota-onalarini
xor zor qiladigan, dillarini og‘ritadigan
nomard farzandlar ham uchraydi, ular nima qilayotganlarini
o‘ylab ham ko‘rmaydilar. Qadimda bir naql bor: ota-ona
o‘nta bolani boqadi-yu, o‘nta nomard bola ota-onani boqa
olmaydi. Bu naqlning mazmuni juda chuqur. Uni har bir
farzand yoddan chiqarmaslik kerak.
0 ‘sib unayotgan farzandlar Alisher Navoiyning mana bu
nasihatini ham yodda saqlashlari lozim:
Dostları ilə paylaş: |