pedagogik bilimlar zarur bo‘ladi. Ular ota-onalaming bola
xulqini to‘g‘ri tahlil qilishga, uning tarbiyasi uchun to‘g‘ri
yo‘lni tanlashga yordam beradi. Ota-onalar bola tarbiyasida
pedagoglik odobiga rioya qilishlari zarur.
Pedagoglik odobi
nima o‘zi?
Bu bolaga bo‘ladigan munosabatda me’yorga rioya qi
lish, ya’ni bolaning ongiga, qalbiga, shaxsiga ta’sir etadigan
tarbiyaviy choralami uning yosh xususiyatlarini,
imkoniyat-
larini hisobga olib mavjud sharoitga qarab tanlay bilishdir.
Pedagoglik odobi-bolani tarbiyalashdagi mohirlik bo‘lib,
bunda tarbiyachilami o‘rgatgandek ota-onalami ham o‘rga-
tish kerak. Ota-onalar o ‘z xulqi, fe’l-atvorini
tashkil eta
bilishlari, bolaning qalbida, ongida nima kechayotganini seza
olishlari, shunga qarab muomila qila bilishlari lozim.
Shu bilan bir qatorda bolalarga talabchan munosabatda
bo‘lishlari,
ularda iroda, ong, xulqni, o‘z xatti-harakati
uchun boshqalar oldida javob bera olishni tarbiyalashlari
kerak.
Oilani turmush madaniyati, oila a’zolarining
bir-biriga
hurmatli munosabati va butun oilaviy hayotni to‘g‘ri tashkil
etishni o‘z ichiga oladi. Bunday batartib oilalarda taibiya-
lanayotgan bolalar sekin asta kattalaming hayot tajribalaiini
egallab boradilar.
Bola bilan dildan, beg‘araz suhbatlashish,
bolani ota-onalarga yaqinlashtiradi, ular o‘rtasida mehr
oqibat kuchayadi.
Bolaning tarbiyasiga oiladagi tashqi shart-sharoit: uyning
jihozlanishi,
gigienik, umumiy madaniyat va estetilc didga
javob berish ham ta ’sir etadi. Bolaning normal rivojlanishi
uchun har bir oilada zarur shart-sharoit: bolaning o'ynashi va
shug‘ullanishi uchun alohida joy bo‘lishi kerak. Bolalar uyda
saramjom-sarishta bo‘lishlari,
uy jihozlari va
Dostları ilə paylaş: