«Quvnoq bolalar»
0 ‘yin tavsifi. Maydonchaning
yon tomonlaridan
3-4
qadam narida shu tomonlar chetiga parallel chiziqlar tor-
tiladi. Onaboshidan boshqa hamma o‘yinchilar shu chiziq-
ning orqa tomonida saflanib turadilar. Onaboshi maydon
chaning o'rtasida ikkita chiziq orasida turadi.
Rahbar «Uch, to‘rt!» degandan keyin o‘yinchilar bir-
galikda shunday deydilar:
Biz
quvnoq bolalanniz,
0 ‘yin-kulgini sevamiz.
Qani o‘rtoq, quvib ko‘r,
Bittamizga yetib ko‘r.
Oxirgi so‘zlar aytib bo‘linishi bilanoq o‘yinchilar qarama-
qarshi tomonga yugurib
o‘tadilar.
Onaboshi yugurib
o‘tayotganlarga qo‘l tegizib to‘xtatishga harakat qiladi.
Onaboshi qo‘l tegizgan o‘yinchilar o‘sha joyda to‘xtab qo-
lishlari kerak. 0 ‘yin rahbari ulami
belgilab oladi va ularga
o‘yinda yana qatnashishga mxsat beradi. Qolgan o‘yinchilar
maydonchaning yon tomonidagi chiziq orqasida to‘planadilar
va u yerdan yana maydonchaning qarshi tomoniga yugurib
o‘tadilar. 0 ‘yin shu zaylda davom etaveradi. Onaboshi uch
va undan ko‘p marta to‘xtatgan o‘yinchilar yutqizgan hi-
soblanadilar.
0 ‘yin qoidalari. 1. 0 ‘yinchilar
yugurib chiqish paytida
bir-birlarini turtib yubormasliklari kerak. 2. Yugurib chiqqan
o‘yinchilar orqaga qochishlari mumkin emas.
Bu o‘yinda: chaqqonlik,
epchillik hamda chap berib
yugurib ketish malakasi hosil qilinadi.
197
«Quvlashmachoq
0 ‘yinning
tavsifi.
0 ‘yin
ishtirokchilaridan
bittasi
quvlovchi bo‘ladi. U o‘yin boshlanishida qo‘liga qizil
ro‘molcha yoki lenta olib maydonchaning o‘rtasida doira
ichida turadi. Qolgan o'yinchilar
maydonchaning xohlagan
yeriga borib turadilar. So‘ngra kelishib olingan ishoraga
muvofiq quvlovchi ro‘molcha ushlagan qo‘lini yuqoriga
ko‘tarib baland ovoz bilan «Men quvlovchiman!» deydi.
Shundan keyin u bolalardan birini
quvlab ketadi va unga
ro‘molchaning uchini tekkizishga harakat qiladi. Bolalar
quvlovchiga chap berib qochishga intiladilar. Mabodo,
quvlovchi ro‘molchasining uchini birorta bolaga tekkizsa, u
quvlovchi bo‘lib qoladi. Ilgarigi quvlovchi
esa ishtirokchilar
bilan birga o‘yinga kiradi, u ham yangi quvlovchiga chap
berib, qochishga intiladi.
Dostları ilə paylaş: