0 ‘yin qoidalari.
1. Quvlovchining qo‘li tekkan-o‘yinchi
undan ro'molchani olib, ro‘molcha ushlagan qo'lini yuqoriga
ko‘tarishi va baland ovoz bilan «Men quvlovchiman!» deyishi
kerak. Shundan keyingina u boshqa o‘yinchilami quvlashi
mumkin. 2. Yangi quvlovchi ro‘molchani olishi bilanoq
darrov, o‘zidan oldingi quvlovchini ushlashi mumkin emas.
«Cho‘qqayib o‘tirib ol»
О‘yin tavsifi.
Maydoncha chiziq bilan chegaralanib
qaergacha yugurish mumkinligi aniq ko‘rsatib qo‘yiladi. Bitta
quvlovchi tayinlanadi. Qolgan o‘yinchilar uning atrofida
aylana hosil qilib turadilar.
Quvlovchi «Bir, ikki, uch», deganda hamma har
tomonga qochib ketadi va quvlovchi ulami quvlay boshlaydi.
198
Quvlovchi biron o‘yinchini endi tutay deganda o'yinchi
cho‘qqayib o‘tirib qolsa, quvlovchi uni tutmaydi. Quvlovchi
quvlashni davom ettiradi. 0 ‘yinni istalgan vaqtgacha davom
ettirish mumkin.
0 ‘yin qoidalari.
1. Faqat 5 soniya davomida cho‘qqayib
o‘tirish mumkin. 2. Cho‘qqayib o'tirishga ulgurgan bolani
tutish mumkin emas. Tutilgan o‘yinchi to‘xtaydi va qo‘lini
yuqoriga ko‘tarib, baland ovoz bilan «Men quvlovchiman!»
— deb aytadi. Shundan keyingina u o‘yinchilami tutishga
kirishadi. Agar u o‘zini quvlovchi ekanligini ma’lum qilmasa,
uning tutgan o‘yinchisi tutilgan hisoblanmaydi.
«Qo‘l keldi»
0 ‘yin
tavsifi.
0 ‘yin maydonchasi chiziqlar bilan
chegaralanadi. Bir o‘yinchi quvlovchi qilib tayinlanadi va u
maydoncha o‘rtasida turadi. Qolgan o‘yinchilar uning
atrofiga to‘planadilar.
Quvlovchi qilib tayinlangan o‘yinchi baland ovoz bilan
«Men quvlovchiman!» — deyishi bilan boshqalar har
tomonga yugurib ketadi. Quvlovchi ulami ushlash payida
bo‘ladi. Shunda orqasidan quvlovchi kelayotgan o‘yinchi,
«Qo'lingni ber!»
deb,
o‘rtog‘ini yordamga
chaqirishi
mumkin. Qo‘l ushlashga ulgurgan o‘yinchilami tutish mum
kin emas. Agar quvlovchi biror o‘yinchini u sherigining
qo'lini ushlab olishga ulgurmasdan tutib olsa, u bilan o‘rin
almashadi.
0 ‘yin qoidalari. 1. Yangi tayinlangan quvlovchi awal
«Men quvlovchiman!»
deyishi va shundan keyingina
o‘yinchilami quvlay boshlashi lozim. 2. 2-3 soniyadan ortiq
qo‘l ushlashib turish mumkin emas. Agar birdaniga uch kishi
199
qo‘l ushlashib qolsa, quvlovchi ulaming chekkadagisini
tutishi mumkin. 3. Maydonchadan tashqariga chiqqan o‘yin-
chi qo‘lga tushgan hisoblanadi.
«Chfflak»
0 ‘yin tavsifi. 0 ‘yin o‘tloq joyda yoki sport may-
donchasida o‘tkaziladi. Buning uchun uzunligi 40-50 sm,
qalinligi 2-2,5 sm keladigan, bir uchi ikki tomondan
yo‘nilgan tayoq (dasta) hamda uzunligi 20 sm keladigan
tayoqcha - chillak kerak bo‘ladi.
0 ‘yinda 2 tadan 10 tagacha bola qatnashishi mumkin.
0 ‘yinni yakkama-yakka hamda guruhlarga bo‘linib o‘ynasa
ham bo'ladi.
Oldingi chiziqdan 2 m nariga chillakning dastasi
qo'yiladi. 0 ‘yinchilar chillakni yerda yotgan dastaning ustiga
tashlaydilar. Chillakni birinchi bo‘lib dastaga tekkizgan
o‘yinchi o'yinni boshlash huquqiga ega bo‘ladi. Shundan
so‘ng, o‘yin quyidagicha boshlanadi. 0 ‘yinchi chillakni
dastaning uchiga qo‘yib turib yengilgina ko'tarib tashlaydi va
chillak qayta tushib, dastaga tegishi va yana sapchib
ko‘tarilib, qaytib yana dasta ustiga tushishi kerak. Chillakning
dastaga har bir tekkani uchun bittadan ochko beriladi.
0 ‘yinchi shu tartibda necha ball to‘plasa, u dasta bilan
chillakni to‘g‘iga qarab shuncha marta uradi. Agar har
urganda chillak 20-30 m nariga borib tushsa, demak, 3-4 ball
bo‘yicha hisoblanganda masofa 90-100 m ga yetadi.
Yutqizgan o‘yinchi yoki raqib guruhi o‘yinchisi ana shu
masofani yugurib (zuvlab) o‘tadi. Bunda u nafas olib uni
chiqarmay yugurishi lozim. Chopib ketayotganida nafas olsa,
200
o‘sha joyda yana dasta bilan chillakni urib qaytadan chopib
o‘tiladigan masofa belgilanadi.
Dostları ilə paylaş: |