avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlar mushtarakligida
barkamol qilib shakllantirishni har bir ota-ona, pedagog,
jamoatchilik oldiga qo‘ymoqda.
Shuning uchun respub-
likamiz fuqarolari oldida turgan endigi vazifa ta’lim-tarbiya
tarixini oila davrasida qunt bilan o‘rganish, unda olg‘a
surilgan ilg'or g‘oyalardan bahramand bo‘lishdir. Chunki
o‘zbek diyorida dunyo ilm-fan xazinasiga beadad ulush
qo‘shgan al-Xorazmiy, al-Beruniy, Ahmad Farg‘oniy, al-
Forobiy, ibn Sino, az-Zamahshariy,
Amir Temur, Mirzo
Ulug‘bek, Zahiriddin Muhammad Bobur, Imom al-Buxoriy,
at-Termiziy, Bahouddin Naqshband, Xoja Ahmad Yassaviy
kabi allomalar zamonlar yashab ijod etganlar. Ular qoldiigan
madaniy merosni o'rganish har bir oila a’zosi
uchun ham
farz, ham qarzdir.
Muhtaram Prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlab
aytganlaridek, «Biz osib kelayotgan yosh avlod ta’lim-
tarbiyasini, ulaming zamonaviy ilg‘or bilimlaiga ega bo‘lgan
holda ulug‘ bobokalonlarimiz merosiga munosib bo'lishlarini
davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishi, deb bilamiz».
Bunda esa inson ulg‘ayishida asosiy davr bo'lgan
o‘smirlikdagi tarbiya hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Bu
pallada uning ichki dunypsi, o ‘ziga xos xislatlari shakllanadi.
Bu davrda ota-ona, ustozlar ular tarbiyasi bilan uzviy ra-
vishda shug‘ullanishlari lozim. Ulaming salomatligiga ham
alohida diqqat-e’tibor zarur. Shuni ham unutmaslik kerakki,
kamolotga eltuvchi yo‘l ma’rifat, shunga yarasha gayrat-
shijoatdir. Har bir xalq har bir avlodning barkamollik darajasi
pirovard
natijada shu xalq istiqbolini, taraqqiyoti va taqdirini
hal etadi.
Ma’naviy va jismoniy barkamol avlodni tarbiyalash —
faqat milliy ehtiyojgina emas, balki umumdavlat ahamiyatiga
28
molik masala — ko‘p millatli Vatanimizda tug‘ilib o‘sgan,
tomir yoygan barcha qardosh xalqlar uchun birday ezgu
murod maqsaddir. Bu nuqtada milliy va umuminsoniy
qadriyatlar, boy ma’naviy merosimizning eng yaxshi an’ana-
lari hamda shakllanib kelayotgan yangi udumlar birlashadi,
taibiyaning qudratli omiliga aylanadi.
Xalqimiz irsiyatini
boyitish, ma’naviy va jismoniy sog‘lom avlodni tarbiyalash
jarayonida oila, davlat va jamiyatning mushtarak muddaosi
bo‘lmish komil inson shaxsi — XXI asr odami shakllanadi.
Tarixchilaming yozishicha, Temuibek bolalik va yoshlik
chogiaridayoq, bugungi kun tili bilan aytganda, haibiy-sport
o‘yinlari va mashg‘ulotlari
bilan jiddiy ,shug‘ullanib, badanini
va ruhini chiniqtiigan. Agar jismoniy tarbiyani otasiga xizmat
qilgan maxsus navkar-murabbiylardan olgan bo'lsa, ruhniy
taibiyani otasining piri bo‘lmish Shayx Shamsiddin Kulol
dargohida egallagan.
Bolaligidayoq o‘zini buyuk ishlaiga hozirlagan Amir
Temur farzandlari va nabiralarining tarbiyasini ham bir lahza
bo‘lsada, nazaridan qochirmadi. Ulug‘ hukmdor o‘z o‘g‘illari
va nabiralariga eng awal jangu jadal
mashaqqatlariga chidam
Dostları ilə paylaş: