Oila pedagogikasi



Yüklə 96,53 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə124/202
tarix19.12.2023
ölçüsü96,53 Kb.
#186926
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   202
Oila pedagogikasi. Hasanboyeva O

270


IX bob.
BOLANI RAG'BATLANTIRISH 
VA JAZOLASH*
Tarbiya jarayonida bolaga ta’sir etishning bir qancha 
uslublarini qo‘yush mumkin. Lekin farzandga jismoniy jazo 
berish ta’sir etish uslublarining oxirgisi bo'lib hisoblanadi va 
bu usulga ota yoki ona so‘ngi chora sifatidagina murojaat 
etishi kerak. Afsuski, hozirgi paytda jismoniy jazoga murojaat 
etish yo‘li qisqarib bormoqda va uni qo‘llash ko‘p jihatdan 
bolaning xulq-atvori natijalari bilan belgilanmay, balki ko‘p- 
roq, ota-onaning tajang holatidan kelib chiqib belgilanmoq- 
da. Tadqiqot natijalariga ko‘ra tarbiya jarayonida jismoniy 
jazoni u yoki bu hollarda qo'llash tarafdorlari ko'pchilikni 
tashkil etar ekan. Shuni hisobga olgan holda bu borada ba’zi 
mulohazalami taqdim etamiz: — iloji boricha bolaga jismoniy 
jazo berishdan o‘zingizni tiying. Bolani jazolash taibiyaviy 
natijani ko‘zda tutgan holda amalga oshirilishi kerak. 
Bolangizni tarbiyalash jarayonida qattiq jahlingiz chiqqanida 
o‘zingizni boshqarishingiz qiyin bo‘lsa, iloji boricha boshqa 
narsaga chalg‘itishga harakat qiling. Agar bola taibiyasida 
oila a’zolaridan yana kimdir ishtirok etsa, kelishib olinglar: 
kimningdir jahli chiqib, o‘zini idora etishi yo‘qolganda, 
ikkinchisi unga ko'makka kelishi va iloji boricha uni xotiijam 
qilishga urinishi kerak. Masalan, alohida xonaga olib kirish,
’ Bu bobni yaratishda Росс Kemibell asarlaridan foydalanilgan.
271


odamni yengillashtiruvchi so‘zlar aytish, bolani nazorat qilish 
jarayonini o‘z qo'liga olish va hokazo.
Quyidagi uchta jazo turini iloji boricha qo‘IIamang
«Jismoniy jazo — qaysi shaklda bo'lishidan qat’iy nazar, 
u holda hayoti va sog‘lig‘iga xavf soladi. Bolaga nisbatan 
jismoniy jazo qo‘llash bola tomonidan ijtimoiy xulq-atvor 
me’yorlarining o‘zlashtirilishini sekinlashtiradi, unda tashab- 
buskorlikning rivojlanmasligiga, itoatkorlik, xavotirlanish, 
yolg‘onchilik, tajovuzkorlikning ortishiga olib keladi.
Tanbeh berish - bola harakatlarini taqiqlash, uning 
shaxsiga nisbatan to‘g‘ridan-to£g‘ri yoki kinoya bilan salbiy 
munosabatda bo‘lish, salbiy baho berish ko‘rinishida bo‘ladi. 
Buning natijasida bolaning shaxs sifatida rivojlanishi buziladi, 
ya’ni bolada o‘z-o‘zini baholash darajasi pasayib, unda 
mutelik, o‘ziga ishonmaslik, ichidagini hech kimga ayt- 
maslik, xasadgo‘ylik kabi salbiy sifatlaming shakllanishiga 
olib keladi. Ota-ona tomonidan bolaga turli xil «yorliqlaming 
yopishtiri-lishi» unda ota-onasi tomonidan chetga surib 
qo'yilganlik va ular meni yaxshi ko‘rmaydi, degan xulosaga 
kelishiga sabab bo'lishi mumkin.
Ota-ona mehridan mahrum qilish - bunda ota-onalar o‘z 
salbiy munosabatlarini: «Men seni yaxshi ko‘rmayman», «Sen 
bizga kerak emassan», «Ortiqcha yuksan» kabi so'zlar bilan 
bolaga ochiq-oydin bildirishadi.

Yüklə 96,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   202




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin