Bolalar soni ko‘p bo‘lsa, ulaming har bittasi uchun jon
kuydirish shunchalik mushkullashadi. Esimda, 7 yoshli qiza-
loqni mening huzuritrtga maslahat uchun olib kelishdi.
Qizchaning uydagi va maktabdagi muammolari to‘lib-toshib
ketgan ekan. U uy vazifalarini bajarishda qiynalar, tengdosh-
lari, aka-ukalari bilan muomala-munosabatlarda esa yoshiga
mos ish tutmas ekan. Gap nimada ekanligini tushunib yetgan
boisangiz kerak. Uning oilasida 10 farzand bo‘lib, tabiiy ra-
vishda ota-onalari ulaming har biri uchun vaqt ajrata olma-
ganlar. Qizaloqni o‘zlarining e’tiborsizligini azob chekayot-
ganligi ulaming hayoliga ham kelmagan. Sababi boshqa
farzandlari ular bilan biiga me’yordagidek hayot kechi-
rishardi.
Oilaning qishloqda dehqon-fermer xo‘jaligi bo‘lib, katta
farzandlari shu yerda mehnat qilishardi. Qizaloq esa yoshligi
sababli ular bilan birga ishlay olmasdi. Bir o‘zi uyda qol-
ganligi bois o‘zini oilada yolg‘iz va tashlandiq sezardi. Ota-
onasi uni qattiq sevar, biroq qizaloq buni sezmasdi.
Dostları ilə paylaş: