kattayganda ham siz bilan o‘zini qiynayotgan masala haqida
bemalol gaplasha oladi, sizga qalbini osongina ochib beradi.
Ota-onasi tomonidan tuzukroq diqqat^e’tibor berilmagan
farzand ulg‘aygan chog‘ida qanday qilib ularga ko‘nglini
ocha oladi?! Bu yerda eng qimmatbaho narsa — farzand
ishonchi garovga qo‘yilmoqda. Farzand tarbiyasi, albatta,
Sizdan ko‘p vaqtni talab qiladi. Hamma gap shu kerakli
vaqtni topa bilishda.
Hayotimda uchragan odamlaming ko‘pchiligi shunday
bebaho damlami topish haqida o'zlarining sirlarini men bilan
ovrtbqlashganlar. Bir mashhur yozuvchidan eshitganlarim
hamon esimda. U farzandlari uchun ajratilgan kunlami
taqyi&idan alohida belgilab qo‘yib, shu kungi uchrashuvlar
hamda xushmuomalalik bilan rad javobini berar ekan.
Demak, oilada farzand bilan band bo'lish ahamiyatli ish
bo'lishi shart.
Yozuvchining yana bir ishi menga juda ma’qul bo‘lgandi.
U oilaning har bir oilasi uchun shaxsiy bayroqcha o‘ylab
topgan bo'lib, ularda oila a’zolarining ismlari yozilgan ekan.
Qoidaga ko‘ra, bayroqcha sovg'a qilinarkan. Oilaviy xursand-
chilik kunlarida, tug‘ilgan kunlarda, sayohatdan uyga qaytil-
ganda, institutga o‘qishga qabul qilinganda bayroqcha tan-
tana sababchisi sharafiga uy oldidagi tepalikda ko'tarib
qo‘yilarkan. Mana, Sizga farzandga qaratilgan e’tiboming
ibratli shakli!
Dostları ilə paylaş: