I
berishga qodir kuch-quwat va jasorat, shuningdek, saltanatni
boshqarish uchun talab etilgan ilmu donish sohibi bo‘lish-
larmi talab etardi.
Amir Temur o‘z davrining ma’rifatli kishisi, o‘gmishning
ma’naviy saboqlaridan yaxshi xabardor inson sifatida
sogUomlik faqat jismoniy kuch-quwat emas, balki oliyjanob
insoniy fazilatlar uygunligiga erishmoq ekanligini ham yaxshi
anglagan. U barloslaming ulug‘ amirlaridan bo‘lmish padari
buzrukvori, muarrix Sharofiddin Yazdiy ta’biri bilan aytgan
da, «ulamo va sulaho va mutafakkirlaiga mushfiq va
meh-
ribon» Muhammad Tarag‘aydan olgan saboqlami bir umr
29
unutmadi. Muhammad Tarag‘ay o‘z farzandini mardlik va
farosatlik, qattiqqo‘llik va mehr-oqibat ruhida voyaga yet-
kazdi. Agar Amir Temur buyuk saltanatga asos solgan bo‘lsa,
bu sharafga mana shu yuksak tarbiya oqibatida erishgan.
Sohibqiron farzandlarida uch xislat mujassam bo‘lishini
istardi. Eng awalo, insonparvarlik, so‘ng mushohadalik va
nihoyat, oqibatlik — bosiqlik. Insonparvar odamgina saxiy
bo‘lishi mumkin. Mushohadali, bosiq odamgina jangu
jadalda xatoga yo‘l qo‘ymaslikka, ulkan saltanatni boshqa-
rishga qodir. Kimki jasur bo‘lsa-yu, insonparvar bo‘lmasa,
jismonan baquwat bo‘lsa-yu, mushoxadalik bo‘lmasa, dono
bo‘lsa-yu, bosiqlik bo'lmasa, unday odam komil inson
bo‘lolmaydi, unday odam boshqalami ham, o‘ziniyam halok
etadi. Kimki raqibi bilan olishgandayam insonparvarlikni
unutmasa, li albatta yengadi. «Siyosatda maslahaat, mulo-
hazakorlik, o'ylab ish qilish kuchidan o‘n karra foy-
daliroqdir», deb ta’kidlaydi ulug‘ Sohibqiron.
Bobokalonimizning farzandlari va avlodining qanday
fazilatlarga ega bo‘lish bilan bog‘liq istaklarini bilish uchun,
awalo, «Temur tuzuklari»ni varaqlaylik. Uning dastlabki
sahifalaridayoq shunday fikmi uqish mumkin: «Tajribamda
ko‘rilgankim, ishbilarmon, mardlik va shijoat sohibi, azmi
qat’iy, tadbirkor va hushyor bir kishi ming-minglab tadbirsiz,
loqayd kishilardan yaxshidir». Bu hikmatda bobomizning
sog‘lom va komil inson xususidagi tushunchasi, ya’ni yetuk
insoniy fazilat va xususiyatlarga ega insongina mamlakat
tayanchi bo‘la oladi, degan mushohadasi mujassamlashgan,
deb o‘ylayman. Boshqa bir o‘rinda Sohibqiron qat’iylik,
sabrchidamlilik, sog‘ligu sergaklik, ehtiyotkorlik va shijoat
sohibi bo‘lgan inson har qanday mashaqqatli ishni amalga
oshirishga qodir, deb ta’kidlaydi.
30
Sohibqiron bobomiz harbiy safarlarga farzandu nabira-
larini birga olib ketardi. Bundan ko‘zlangan birinchi murodi
avlodlari suyagini jangu jadallar, uzoq va mashaqqatli yo‘l-
larda chiniqtirish bo‘lsa, ikkinchi maqsadi farzandu nabiralari
o‘z avlodlari qo‘lida tarbiyalansa, erka va tantiq bo‘lib
ulg‘ayadilar, degan fikrdan kelib chiqib, ulami onalarining
ortiqcha mehru-muhabbatlaridan asrash edi. Zero, asalning
ko‘pi zarar, me’yorda bo‘lsa, foydali ekanligi to‘g‘risida
o'tmish donishmandlari ko‘p naql etganlar.
«Mening farzandlarim tantiq bo‘lmasliklari kerak! —
derdi Amir Temur. — Tantiqlik irodasizlikni paydo qilgay.
Farzandlarimni erkalaydigan yer kurash maydoni bo‘lsin.
Aig'umoq ila qilich ulaming jonajon do‘sti, mardlik ularga
ustoz bo‘lsin!»
Mana shu niyatda jahongir avlodlarining jismoniy tar-
biyasini itoatidagi eng tajribali va taniqli pahlavonlarga
ishongan bo'lsa, farzandlarining ruhiy dunyosiga sayqal
berishni oqila malika — asli ismi Saroymulkxonim, xon
avlodi bo‘lgan, murg'aklikdan hukmfarmonlik va bahodir-
likdan saboq olgan — Bibixonimga ishongan edi. Qolaversa,
malika har doim safardayam, jangu jadaldayam va dorul-
saltanatdayam hukmdorga hamroh, bo‘lardi.
Yetti iqlimdan yig‘ilgan san’at va adabiyot ahli tufayli
dorulsaltanat Samarqand havosida she’r va musiqa nafasi
hukmron edi. Mana shu muhit, malika rahbarligidagi mual-
limlar sabog‘ini olgan shahzodalar she’r va san’atga yaqin
kishilar bo‘lib voyaga yetdilar. Xazrat Navoiy o‘z asarida
yigirma ikki temuriy shadzoda (Halil Sulton, Mirzo Ulug‘-
bek, Boysunqormirzo, Abulqosim Bobur, Sulton Mas’ud
Shoh Barib Mirzo, Abdullatif Mirzo, Xusayn Boyqaro va
boshqalar) she’r va musiqaga oshno bo'lgani tilga olinadi.
31
0 ‘rta Osiyoda ta’lim-tarbiya haqidagi qarashlar tarixini
o‘rgangan har bir fuqaro o‘zining bilim saviyasi, dunyo-
qarashini o‘stiribgina qolmasdan, balki o‘zligini anglashga,
haqiqiy vatanparvar bo‘lib shakllanishga muyassar bo‘lishi
tabiiydir.
Mana hozir mahallalarga juda katta e’tibor berilyapti.
Mahallada hamma bir-birini biladi, bir-biriga ko‘z-quloq,
bo‘lib yashaydi: Keksa oqsoqollar, bama’ni odamlaming
yoshlarga ta’siri hammamizga ma’lum. Har bir mahallada
shunday odamlar borki, ularsiz na to‘y, na ma’raka o'tadi.
Shunday voqealaming guvohi ham bo'lamiz. Hatto janjal-
lashib yoki kelisholmay turgan qo‘ni-qo‘shnilar «falonchi aka
kelyapti» yoki «falonchi akani chaqirib kelish kerak» deyilsa,
o‘z-o‘zidan jimib qolishadi. Shu ma’noda oiladagi keksa ota-
onaning fayzi beqiyos ekanligini ta’kidlash lozim. Bir necha
oila bo‘lib, bir qozondan ovqatlanish, ota-ona izmidan borib
kam bo'lmagan farzandlar sonsiz-sanoqsiz. Lekin oxirgi
paytlarda bitta otasi yoki onasini chiqishtirmagan, ulaming
«ortiqchaligi» sezilib qolayotgan oilalar uchramoqda, keksa
ota yoki onaning ko‘zi tirikligida uyga ajoyib bir tarovat
tarqatib turishini faqat ulardan judo bo‘lgandan keyingina his
qilinadi.
Yoshlar mustaqil turishni sevadilar. Ayniqsa, bu niyat
kelinlarda kuchli bo‘ladi. O'zi beka bo‘Iib, eri topganiga
bilganicha va istaganicha xo'jayinlik qilishni sevadilar. Goho
xotinimng bunday nag‘malariga uchib, qulog‘im tinchisin
degan ma’noda ajralib chiqib ketadigan, ota-onasidan xabar
olmay qo‘yadigan yoshlar ham bor. Bunaqa ishlar nainki
milliy urf-odatlarimiz, odobimiz, balki umuminsoniy qad-
riyatlarga ham to‘g‘ri kelmaydi. Mehr ko‘zi ko‘r bo‘lgan
insonning jamiyat va jamoa uchun ham qalbi berk bo'ladi.
32
Opa-singil o‘rtasidagi bir meros janjalini misol keltirmoq-
chiman. Ota-ona tirik paytida chiqib ketgan opa ular
olamdan o'tgach, singlisining boshiga ming g‘avg‘o solib
meros talashib yuribdi. Kichik qiz eri bilan ota-ona uyiga
ko'chib kelib ulami oq yuvib, oq taradi. Kasalligida boqdi,
o'lganda ko‘mib, barcha ma’rakalami o‘tkazdi. Hovli-joyni
odamshavanda qildi, yangi xonalar qo‘shdi, mahalla ahli va
qarindosh-urug‘laming duosini oldi. Katta opa esa ona
o‘limidan so‘ng hovlining yarmiga da’vogar boiib, singli-
sining boshida yong‘oq chaqib yuribdi. Hatto, singlisining
«opajon, oramizga sovuqchilik tushmasin, mayli, kuyovin-
gizni ko‘ndirib, amal-taqal qilib biroz pul bera qolaylik, axir
biz jigarmizku, ol-dingizda yolg'iz o‘g‘lingiz bor, vag‘ti kelib
biz ham qarab turmasmiz» degan iltijolariga «yo‘q, men uyni
sotib, yarim pulini olaman» deb oyog‘ini tirab olgan opaning
axloqiy, insoniy qiyofasini qanday tasawur etish mumkin?
Mol-dunyo deb, tekin meros deb mehr bulog‘i ko‘ziga zahar
sochayotgan, o‘z jigarbandini qon-qaqshatishdan uyalmay-
digan kimsalami ko‘rib nafra-tingiz oshmaydimi? Axir
xalqimizda ota-onalar, aka-ukalar, opa-singillar, qarindosh-
dirug‘lar o‘rtasida shunday mulo-qotlar, samimiyatlar borki,
ular hikoya qilinsa, boshqalar ishonmasligi mumkin. Na-
hotki, ana shu hikmatlar, chin insoniy ezguliklar o‘mini qora
yuraklar, pajmurda o‘pkalar bilan almashtirsak? Nahotki,
yo‘ldan chiqqan egri niyat, bebosh fe’llarga bobolarimiz,
samoviy momolarimiz ma’naviyatini qarshi qo‘ya olmasak?
ha, qarshi qo‘ya olamiz. Bunga jamoa, mahalla, odamlar
munosabati zarba bera oladi. Chunki jamoa la’natiga uchra-
gan odamning hech qachon bog‘i ko‘karmagan. 0 ‘zbekona
odob, o£zbekona insoniylikning qarzi ham ana shu jamoa va
ko‘pchilik kayfiyati, munosabati bilan o‘lchanadi.
33
Mahallalar bilan bog‘liq, yana bir udum haqida gap
yuritmoqchimiz. Bu kishilaming o‘z kasbi, tengqurligi yoki
mahalladoshligiga qa'rab, «ran» o‘ynash odatidir. Bunday
to‘planishlar ham o‘ziga xos milliy namoyishning bir ko‘-
rinishi. Faqat u bir oyda yoki. ikki haftada biror xonadonda
takrorlanadi. Bunday yig'inlaming farqi shundaki, unda
davlat siyosatidan tortib bozor narx-navosiyu farzandlar
tarbiyasi, mahalla ahli hayotidagi yangiligu mamlakat ahvoli
xususida bahs, munozara, maslahat bo‘ladi. Bu «gap»lar
milliy tarbiya maktabimizning yana bir go‘zal shakli sifatida
davom etib kelmoqda. Qaerda bu «gap»lar manmanlik yoki
mayxo‘rlik tomon burilsa, odamlar tezda tarqalib ketishyapti.
«Gapdan maqsad o‘zaro fikr almashuv, birodarlik tuyg'usi,
qoeni-qo‘shnichilik hosiyatini mustahkamlash ekan, bunday
milliy an’analar avloddan-avlodga o‘tib, o‘zbekona fazilat-
larimizning hayotiyligini ko‘rsataveradi.
Ajoyib milliy urf-odatlarimiz odamlami hamjihatlikka,
birodarlikka va samimiyatga chorlaydi. Mustaqillikka erish-
gunimizcha noto‘g‘ri mafkuraviy siyosat tufayli ko'pgina chin
insoniy qadriyatlarimizga diniy tus berishga, ulami hayotdan
siqib chiqarishga rosa harakat qilindi. Biroq bu narsa hech
kimning qo‘lidan kelmadi. Asrlar davomida, avlodlar ongida
shakllanib kelgan odatlar, udumlami bir zaib bilan yo‘qotib
bo‘lmasligi tan olinmadi. Omma o‘rgangan udumni yo‘q
qilish yo‘lida ularga nisbatan ilg‘orroq, tabiiyroq va zamo-
naviy ma’naviy ehtiyojlami ifodalovchi rasm-rusmlar tarkib
topmas ekan, har qanday harakat teskari natijalar beraveradi.
Rasm-rusmlarimiz milliy taraqqiyot va ma’naviy yuksa-
lish evaziga boyib va o‘zgarib bordi. Masalan, bayramlarda,
turilgan kunlarda yoki quvonchli damlarda odamlar bir-
birlariga gul va guldasta taqdim etish odat tusiga kirdi.
34
Umuman olganda, gul taqdim etish bizda tarixiy an’ana
emas. Aksincha, bizda gul o'miga gul ko‘chati berishgan.
Qabr ustiga gul qo‘yish ham bizda odat bo‘lmagan. Sharq
poeziyasida gul va bulbulga qanchalik ko‘p she’r bitilgan
bo'lsa ham uni faqat ramziy obrazlar tarzida idrok etilgan.
Hayotda, odamlar oldida, oshkora ravishda sevishganlar gul
emas, gulday iliq tabassum va ibolami bir-biriga tortiq
etishgan. Hozir gul tortiq qilish ommaviy tus oldi. Lekin shu
0
‘rinda ko‘r-ko‘rona taqlid ko‘zga tashlanmoqda. Biz
o‘zbeklar gul tortiq qilishda tushunib-tushunmay guldasta-
ning toq yoki jufi bo‘lishiga ahamiyat bermaymiz. Ruslarda
o‘lim marosimlarida gullar juft sonda olib kelinadi. To‘y,
yubiley, uchrashuvlarda esa toq sonli gullar beriladi. Bizda
toq va juft sonlarga turlicha munosabat mavjud. Masalan,
ma’rakaga yoki o'lgan odamni yo'qlab borishda non toq
sonda olinsa, to‘yga va mehmondorchilikka borilganda
nonlar soni juft bo‘ladi. Bunday odat qachon boshlangan va
nima uchun shunday bo‘lib qolgan — aytish qiyin. Lekin
unga xalqimiz amal qiladi. Ammo ruslardan o‘tgan gul tortiq
qilishda toq sonda gul hadya etamiz. Gul tortiq etishni eng
oliyjanob fazilat sifatida qabul qilib, uning toq yoki juft
sonlariga ahamiyat bersak bo‘lmasmikan? Tug‘ilgan kun-
larda, shodiyona damlarda juft sonli gullar berib, xalqimiz-
ning eng porloq duosining ramzi bo‘lgan — hamma juft-juft
bo‘lib, bekamu ko‘st va inoq yashashsin degan niyatini bajo
keltirgan bo‘lmaymizmi? Bizning tasawurimizda juft son
uyg‘unlik, birlik, ahillik, totuvlik, hamfikr va hamnafaslik
ramzi, toq son esa ayriliq, judo, kelishmovchilik, nizo va
firoq ifodasi emasmikan? har qalay gulga, guldastaga ana
shunday munosabat milliy tuyg‘ularimiz, odob va hulq-
atvorimizga mos kelsa kerak, deb o‘ylayman. Undagi toq
35
gullar qolgan tiriklar soni bittaga kamayganini, dunyo butun-
ligi buzilganini, odamlar safi-tasbehi uzilganini anglatmay-
dimi? Xotira kunlarida men marhumlar qabri ustida bahor
chechaklari yal-yal yonib tiriklaming ko‘z yoshlari shabnam
yanglig‘ gullaming barglarini yuvishini istayman. Ajdodlar
xotirasini eslash avlodlar odobini mustahkamlaydigan ruhiyat
gavharidir.
Millatning joni uning axloqu odobida. Shuning uchun
har bir millat o‘z urf-odatlari, insoniy fazilatlarining jon-
kuyari, shu fazilatlar uchun o‘zini o‘tga ham, suvga ham
urib, boringki, hayotning barcha achchiq-chuchuk qismat-
lariga bardosh beradi. Millat boshiga eng og‘ir kulfat tush-
ganda ham u o‘zining ma’naviyatini bozorga olib chiqmaydi,
nomusini sotib, vijdonini poymol etib kun ko‘rmaydi. Tarix-
ning barcha issiq-sovuq zaibalari, tabiatning barcha yorug‘,
qora kunlariga millat o'zining axloqiy-ma’naviy boyligi ila
bardosh beradi. Ana shunga ko‘ra biror kimsa orttirgan
obro‘, biror inson erishgan yorlig4, biror odam keltirgan
shuhrat ham, kimlamingdir qing‘ir ishlari, nobakoming fisqu
fujuri, dilozoming tuxmat xanjari — hamma-hammasi el-
yurt, millat yuragiga, ruhiga ta’sir qiladi.
Oxirgi paytlarda keksalarimiz orasida «yoshlaming odobi
buzilib ketdi» degan ta’nalami eshitadigan bo‘lib qoldik.
Birovlaming molu mulkiga va joniga qasd qiladigan past nus-
xalar ilondek izg‘ib qolganini ko‘rib, eshitib yuribmiz. Bir
paytlar darvozasi qulf bo‘lmagan, bir necha oylab uy-joyini
qo‘ni-qo‘shnilarga ishonib dala hovlilariga ko‘chib ketadigan
o ‘zbegim bugun kelib eshik taqillasa awal derazadan
*
mo‘ralaydigan bo‘lib qoldi. Shunga o'xshash kasalliklaming
ijtimoiy sabablari bo‘lsa-da, axloq-odob borasida yo‘l qo‘yil-
gan kamchiliklar ham ularga sabab bo‘lmoqda. Bir paytlar
36
onalar yeikasiga ag‘darilgan «erkinlik» yuki ulaming oiladagi
birinchi navbatdagi taibiyachi ekanliklarini chippakka chi-
qardi. Onalar mamlakat iqtisodiy, moddiy boyligini ko‘pay-
tirish uchun shunchalik dadil va keng jalb etildiki, piro-
vardida ular ham jismonan, ham ma’naviy, ham ruhiy boy-
ligidan judo boiib qoldilar. Bir necha bolani voyaga yetka-
zish, tarbiyalash va oyoqqa turg‘azishning o‘zi ulkan ijtimoiy,
milliy va umumbashariy boylik ekaniga ahamiyat berilmadi.
Ayollaming o‘zlariga qarashga vaqti bo‘lmagach, bolalar
tarbiyasiga vaqti bo‘larmidi? Ayrim yoshlardagi beandishalik,
behayolik va bezoriliklaming ildizi ana shunda.
Oilada yosh avlodni ota-ona namunasi oila an’analari,
shajarasi, kasb-kori, axloqiy-ma’naviy qadriyatlari asosida
tarbiyalash, ular ongida oilaga sadoqat, o‘zaro mehr-muhab-
bat, hurmat hissini shakllantirish vositasida ulami oilaviy
hayotga tayyorlash kutilgan natija beradi. Buning uchun ota-
onalami tarbiya jarayoniga tayyorlash maqsadida ota-onalar
universitetlari ishini tiklash va takomillashtirish, umumta’lim
maktablari, oliy va o‘rta maxsus ta’lim mazmuniga «Yosh-
lami oilaviy hayotga tayyorlash» kursini kiiitish maqsadga
muvofiqdir. Ota-onalarga oila tarbiyasida metodik yordam
beruvchi «Oila kutubxonasi» seriyasidagi kitobchalar va
maxsus «Oila» jumalini nashr qilishni yo‘lga qo‘yish, barcha
yo'nalishlardagi oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalariga
«Oila psixologiyasi va pedagogikasi» kursini joriy etish oilani
namunali tarbiya maskaniga aylantirish vositasidir.
Balog‘atga yetayotgan yigit-qizlarimiz o‘tkazilayotgan
ta’lim, islohotlaridan mamnun bo‘lishi tabiiydir. Shuning
uchun, respublikamizning barcha viloyatlari, tumanlari va
qishloqlaridagi o‘quv dargohlari zamonaviy uslubda jihozla-
nishi, ta’lim tizimiga esa yangicha ruh kiritilishi, Xalq
37
ta’limi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklari, umumta’lim
maktablari, oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida ta’lim-
tarbiya mazmunini, oila ta’limi va tarbiyasi bilan hamohang
ravishda amalga oshirish zarur. Buning uchun esa:
- ta’lim-tarbiya shakllan, usul va vositalarini jahon
andozasi talablariga mos tarzda rivojlantirish; ta’lim, ma-
daniy-ma’rifiy muassasalami yangi zamonaviy texnika va
texnologiya asosida jihozlash;
- o‘qituvchi-murabbiylaming, ota-onalaming ijodiy izla-
nishlarini va mahoratlarini oshirishning samarali yo‘llarini
topish;
- qishloq yoshlari- uchun ta’lim-tarbiya muassasalarining
ilg‘or modellarini hayotga keng joriy etish;
- oila-mahalla-maktab tizimida ta’lim-tarbiya samarali
mazmunini va usullari amaliyotga keng joriy etish;
- yoshlaming bo‘sh vaqtlarini oila-maktab va jamoat-
chilik hamkorligida qiziqarU, maqsadli tashkil etishga erishish
zarur.
Yüklə Dostları ilə paylaş: |