qalbiga insonparvarlik va odamiylik fazilatlarini payvand qi- lishdek oUyjanob ishlarimizda madadkor bo‘lishi zarur»1. Milliy istiqlol g‘oyasi, o‘z nomi bilan xalq mustaqil- ligining ifodasidir. Butun insoniyat tarixida muayyan millatga xos umumiy maqsadlarga xizmat qiluvchi bunyodkor g‘oyalar bo‘lganini ko'ramiz. Bunday ezgu g‘oyalar asosida birlashgan kishilar o‘z Vatanining iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy salo- hiyatini kundan-kunga yuksaltirib borishda faol ishtirok etganlar. Hozirgi kunda mamlakatimiz aholisining hamma qat- lamlarida mafkuraviy dunyoqarashni shakllantirish muhim masalalardan biridir. Mustaqil 0 ‘zbekistonimizning kelajagiga g'oyaviy asos bo‘ladigan milliy mafkurani shakllantirish va yoshlami boy madaniy merosimiz, tarixiy qadriyatlarimizga 1 Karimov I.A. Jamiyatimiz mafkurasi xalqni-xalq, millatni-millat qilishga xizmat etsin. Т., «O'zbekiston», 1998. 15-b. 344
hurmat, Vatanga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat ru- hida tarbiyalash muhimdir. Bugungi kunda milliy istiqlol g'oyasi, milliy mafkura taig‘iboti bilan keng jamoatchilik shug‘ullanmoqda, ayniqsa, ta’lim tizimida bir qator ilmiy manbalar, darsliklar yaratilib, o‘quv jarayonlarida qo‘llanilmoqda va yoshlami o‘z Vataniga sodiq, mard, fidoyi, yuksak ma’naviy fazilatlar egasi bo'lishga undalmoqda. Lekin mamlakatimizda ta’lim tizimi bilan qamrab olinmagan aholi ongi va shuuriga ham milliy istiqlol g‘oyalarini singdirish zarurati bor. Ulaiga bu g‘oyalami yetkazishning qanday sharoitda amalga oshirish mumkin degan savolga, albatta, oila orqali deb javob berish mumkin.