rolik kodeksining 216-moddasi 1-bandida belgilangan. Oila huquqining me’yorlari esa ulami har taraflama kengaytirib beigan: nikoh shartnomasining huquqiy tabiati; uni tuzish shakli; nikoh shartnomasining mazmuni; uni o‘zgartirish, tasarruf etish, haqiqiy emas deb topish asoslari. Nikoh shartnomasi mazmunining asosiy elementi er- xotin mulkining huquqiy tartibini belgilashdan iborat. Nikoh shartnomasi bilan belgilangan bunday tartib, er-xotin mul kining shartnomaviy tartibi deb ataladi. Nikoh shartnomasi tartibini belgilashda er-xotinlarga juda keng huquqlar beriladi. Nikoh shartnomasi er-xotinlar bir-birlarini moddiy ta’minlashlari yoki biri ikkinchisini moddiy ta’minlashini ko‘rsatish huquqiga ega. Shartnomada belgilangan shartlar aliment majburiyatining umumiy qoida- lariga mos kelmog‘i lozim. Xususan, muomalaga layoqatsiz 342
er yoki xotinning huquqlari buzilmasligi lozim. Ammo nikoh shartnomasida qonun bo‘yicha aliment olish huquqiga ega bo‘lmagan er yoki xotinga aliment to‘lash belgilanishi mumkin. Birinchi navbatda bu o‘z xohishlari bilan, oila manfaatini o‘ylab ish yoki o‘qishni qoldirgan er-xotinlarga taalluqli bo‘ladi. Nikoh shartnomasida nazarda tutilgan huquq va maj- buriyatlar muayyan muddat bilan cheklanishi mumkin (Oila kodeksi 31-moddasining 4-bandi). Masalan, ulaming mulki bir yil davomida bo‘lingan, bu muddat o‘tishi bilan umumiy bo‘lib qolishi to‘g‘risida kelishib olishlari mumkin. Nikoh shartnomasi bilan belgilangan er-xotinning huquq va majbu- riyatlari muayyan shart-sharoitning vujudga kelishi yoxud kelmasligiga ham bog'liq qilib qo‘yilishi mumkin. Bu shartlar