3. Har bir o‘yinning pedagogik
tomonlarini nazardan
qochirmaslik.
4. 0 ‘yinlami ijtimoiy foydali mehnat bilan bog‘lagan
holda hayotga tadbiq etish.
5. 0 ‘yin davomida o‘zaro munosabatlami yanada mus-
tahkamlash.
6. Jamoa bo'lib birgalikda harakat qilish, jamoa manfa-
atiga hurmat va e’tiborli bo‘lish.
Milliy harakatli o‘yinlaming sport ko‘rinishidagi turla-
ridan «Kurash», «Chavandozlar»
bolalarda kuchli va chaq-
qon, halol harakat qilish malakalarini orttiradi. 0 ‘zbek
xalqining ermak va ovutmachoq o‘yinlaridan asosan bolaning
ilk yosh davridan boshlab shug‘ullanib boriladi. Bu o‘yinlar
asosan kattalaming bevosita rahbarligida harakat va so‘z-
laming
uyg‘unlashuvi
natijasida
o‘ynatiladi.
Masalan:
«Barmoqlar», «Sichqon-sichqon» o'yinlari orqali bolalarda
xushchaqchaqlik kayfiyatlari hosil qilinib tasawurlari о‘sib
boradi. Xalqimizda «Bolaning ilonni changallaydigan davri»
degan ibora bor. Bu hikmat bola hali qo'rqish hissini
bilmaydigan davrida, ya’ni yaxshi-yomonni ajrata olmaydigan
vaqtida qo‘llaniladi. Xuddi shu davrda «Sichqon-sichqon»
o‘yini qo‘l keladi.
Ilk yoshdagi bolalar dastro‘moldan yasalgan «sichqon»-
ning harakatlanishidan
qattiq zavqlanib, qiyqirib yayraydilar.
«Sichqon»ni harakatlantiruvchi katta odam uning juda
chaqqonligini namoyish etishi kerak. Bu ovutmachoq go‘-
dakka sichqon shakli va uning juda yugurdakligi to‘g‘risida
tasawur hosil qilishga ko‘maklashadi. Ermak o‘yinlardan
«Oymo‘ma», «Boqqa kirsam maylimi», «Alla», «Aji-aji»,
«Boylandi», «Chapakka-xo-chapakka» - orqali bolalami
muloqotga o‘rgatib boriladi. Bu jarayonda bolalami eshitish,
187
ko‘rish, sezish, his qila olish kabi sensor holatlari faollashadi.
Bolalaming nutq faolligini o‘stirish
maqsadida aytishma
0
‘yinlaridan keng foydalaniladi. Bunday o‘yinlarga «Boy-
landi», «Xolam keldi», «Mundi-mundi», «Bulbulim-bulbu-
lim», «Ko‘z boylog‘ich», «Oq sholi, ko‘k sholi», «Ada
xormang»lar kiradi. Yana, xalqimizda azal-azaldan o‘ynab
kelinadigan
so‘z
o‘yinlaridan
«Yarashtirgich»lar
hali-
hanuzgacha bolalar orasida «tinchlik — yarashuv» timsoli
sifatida qo‘llaniladi. Bu o‘yinlar bolalar tilidan ana shunday
jaranglaydi:
Karimga berdim toychoq,
U olavermadi har choq.
Toychog'imni kim olsa,
Men u bilan chin o‘rtoq.
Yalinchoq-yalinmachoq,
Pista po‘choq.
Qilichmi, to'qmoq, qirq yilgacha o‘rtoq,
To‘qmoq - to‘qson yilgacha o‘rtoq.
Bolalar matematik tasawurlarini o'stirishga yordam bera-
digan o'yin turiga «Sanamalar» kiradi. Bu o‘yin jara-yonida
bolalar she’riy satrlar orqali son-sanoqdan topishmoq tarzida
foydalanib qatnashadilar.
Bunda bolalaming tasawurlari,
fikrlash doiralari kengayib, she’riy ohangda to‘g‘ri javob
qaytarishga o‘igatilib boriladi. Asosan bu o'yinlar quyida-
gicha jaranglaydi:
Dadamu-oyim,
Bor ikkita singlim.
Bahodir, Dildor,
188
Bog'chaga ketar,
Sanab ko‘r chaqqon,
Bizlar nechta jon.
0 ‘zbek xalqi nihoyatda so'zga chechan, topqir bo‘lib,
o'zining al-yom-qo ‘ shiqlariga boydir.
Bu fikrimizning isboti
sifatida xalq orasida mashhur bo‘lgan «Qiqillamalar»dir. Bu
so‘z o‘yinlarida sodir bo‘layotgan voqea hodisalar, kechin-
malar she’riy ohangda ijro etiladi. Masalan:
Shov-shov etadi ariq,
Karim ekadi tariq.
Yoki
Echki keladi ma’rab,
0 ‘z egasiga qarab.
Ota-onalar o‘z farzandlari bilan xalq o‘yinlaridan oqilona
foydalansalar, bolalami har tomonlama kamol topishida
muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.
Shu bilan bir qatorda
bolaning taibiyasida, har tomonlama rivojlanishida o‘yin-
choqlaming ahamiyati ham beqiyosdir.
Yüklə
Dostları ilə paylaş: