bin bugungi kunda maktabgacha ta’lim muassasalariga ko‘p ota-onalar farzandlarini berishmaydi. Bundan tashqari, qishloq joylardagi bolalar bog‘chalarining holati talabga javob beradigan darajada emas. Bugungi davr taraqqiyot sari qanchalik shiddat bilan odimlayotgan bo‘lsa, bizdan ham har jabhada ana shunday ilg‘orlikni, o‘sish hamda rivojlanishni talab etadi. Davr talab- lariga mos keladigan, har tomonlama yetuk insonni tarbiya- lashda, tabiiyki, ta’lim tizimining o‘mi beqiyos. Negaki, bugungi jamiyat intellektual salohiyatli, zamonaviy texnolo- giya vositalaridan xabardor bo‘lgan insonlar bilan yanada kuchlidir. Sir emaski, bunday mukammallikning ta’minla- nishi uchun oiladagi muhitning to‘g‘ri yo‘lga qo'yilganligi 376
hamda uning mustahkamligi katta ahamiyat kasb etadi. Lekin, oilada jismonan nosog‘lom bola dunyoga kelsachi? Bunday hollarda tushkunlikka tushishdan ko‘ra eng asosiy vazifa o‘sha nuqsonning yo‘nalish va darajasiga qaratilgan choralami ko‘rgan holda bolani parvarish qilishga kirishish oila uchun ham, o'sha nogiron bola uchun foydaliroqdir. Albatta, bu borada ota-ona oldida bir necha qiyinchilik va to‘siqlar ko‘ndalang turishi muqarrar. Bundan tashqari, bunday oila iqtisodiy tomondan ham muayyan qiyinchilik- larga duch kelishi mumkin. Negaki, nosog‘lom bola uchun alohida parvarish, g‘amxo‘rlik hamda turli reabilitatsion choralami ko‘rish kerak bo'ladi, bu jarayon ota-onaning ijtimoiy mehnat faoliyatiga ham o'z ta’sirini ko‘rsatmay qolmaydi. Muhimi, ota-onadan bittasi yoki har ikkalovi bola