kuchli bo‘lmog‘i zarur. Har bir mahallada iqtidorli ayol- lardan laparchilar, musiqachilar guruhini tashkil etish, to'yni qiziqarli, bir umrga esda qoladigan qilish uchun turli-tuman dasturlar tayyorlash, to‘y ishtirokchilarining faolligini oshirish yo‘llarini o‘ylab topish lozim. Topsbiriq Oilada totuvlik muhitini yaratish omillari qaysilari, siz yana nimalar zarur deb hisoblaysiz? 3.2. Sog‘lom oila-sog‘lom turmush tarzida vujudga kelish omili Sog‘lom jamiyat sog‘lom oila negizida qaror topadi. Jamiyatimizda tub islohotlar amalga oshirilayotgan bir davrda inson salomatligi davlatimiz va hukumatimiz faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari negizini tashkil etadi. Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan 2000-yilni «Sog‘lom avlod yili» deb e’lon qilinishi va shu munosabat bilan Sog‘lom avlod Davlat dasturining qabul qilinishi hamda
gazeta nashr etish yo‘lga qo‘yilganligi mamlakatimizda sog‘lom avlodni shakllantirishga nechog‘lik yuksak ahamiyat berilayotganligidan guvohlik beradi. Mazmun va mohyatiga ko‘ra o‘ta salmoqli — Sog‘lom avlod Davlat dasturi qabul qilinganligi hech qaysi mamlakat tajribasida ko‘rilmagan. Zero, har bir fuqarosining salomatligi, ma’naviy, jismoniy va ruhiy barkamolligi haqida uzluksiz g‘amxo‘rlik qilishni hech bir hukumat o‘z zimmasiga olgan emas. Bunday mas’uliyatli vazifani bizning hukumatimiz o‘z zimmasiga olganligi dunyo hamjamiyati uchun yana bir ijobiy xoldir. Istiqboliy adamiyatga ega bo‘lgan Davlat dasturini amalga oshirish, uni 2000 va keyingi yillarda tegishli resurslar bilan ta’minlash vazifasi davlat tomonidan kafolatlandi.