chiqilgan «Ekologiya va ayol» (1996-yil, fevral), «Sog'lom avlod-sog‘lom jamiyat negizi» (1996-yil, may) kabi dasturlari har bir oila a’zosining salomatligini ta’minlashga qaratilgan muhim chora-tadbirlardir. Mazkur Qonun, qaror va boshqa davlat hujjatlariga binoan onalik va bolalikni ijtimoiy himoya etish, sog'liqini saqlash tizimi faoliyatini takomillashtirish, qishloqdagi qishloq shifokorlik ambulatoriyalari, feldsherlik-akusherlik punktlari ishini yaxshilash borasida olib borilayotgan chora- tadbirlar, homilador va yosh bolalik ayollarga berilayotgan imtiyozlar xalq salomatligini, millat kelajagini ta’minlashda o‘zining dastlabki ijobiy samarasini bermoqda. Shuningdek, sog'liqni saqlash tizimida kunduzgi statsionarlar, kunduzgi davolanadigan bo‘limlar, ambulatoriya jarrohligi, ambu- latoriya davolash ixtisoslashtirilgan kursi markazlari paydo boMishi inson salomatligi borasida hukumatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan ijobiy ishlardan hisoblanadi. «Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida»gi Qonunning qabul qilinishi bugungi kunda sog‘lig‘ni saqlash tizimidagi dolzarb masalalarga, ya’ni: sog‘liqni saqlashda ko‘p tizim- lilikning qonuniy joriy etilganligi, sog‘liqni saqlash tizimida bepul xizmatning saqlab qolinganligi, nogironlar va tibbiy- ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarning kuch-quwatini tiklay- digan muassasalar tashkil etish va ular faoliyatini ta’minlash, 71
ftiqarolarga sanitariya-gigiena va ekologiya ta’limi berishni tashkil etish, tibbiyotda xususiy faoliyatga keng o‘rin beril- ganligi bilan belgilanadi. Shuningdek, oila qurishdan oldin