REJASI BORNING - ERTASI BOR
Yosh do‘stim, o‘z kasbingni va faningni qancha sevsang,
kundalik faoliyating uchun qat’iy tartib tuz va unga og‘ish-
107
may amal qil. Vaqting isrof bo‘lishinga aslo yo‘l qo‘yma.
Bilimdonliging, hosil etadigan ko‘nikma va malakalaring
ham o‘qish va mehnat jarayonida paydo bo‘ladigan hosiladir.
Kishining fan asoslarini, hayotini, ayniqsa, odamlaming
mehnatini hurmat qilish vaqtning, umming qadrini anglay
bilishi bilan uzviy bog‘liqdir. Vaqtning qadrini bilmagan kishi
esa fan sehri bilan yashovchi, haqiqiy ilm shaydosi bo‘lol-
maydi. Odam iste’dodining rivoj-lanishi uning o‘z tasav-
vuridagi vaqt sarmoyasidan oqilona, tejamkorlik bilan foy-
dalana bilishga bog‘hq.
Sen buyuk fan sohiblari va mehnat qahramonlarining,
shon-shuhrat qozongan va qozonayotgan aziz insonlaming
hayotlariga chiqur nazar solsang, ular o‘z umrlarining har bir
daqiqasidan nihoyatda tejamkorlik bilan foydalanayotgan-
liklariga ishonch hosil qilasan. Isrofgarchilikning hamma
turlari ham yomon, ammo ular ichida hammasidan yomoni
umr isrofgarchiligidir. Yo‘qolgan javohir yana topilishi
mumkin, ammo zoe ketgan umr qaytib kelmaydi. Vaqt
sening ixtiyoringdan tashqarida kechsa-da, lekin undan
unumli foydalanish sening ixtiyoringda.
Ma’lumki, hech kim ikki marta yashamaydi, lekin bir
marta beriladigan aziz umming qadriga yetib, to‘g‘ri, halol
va pok yashay bilish png ulug‘ fazilatdir. Afsuski, ba’zilar
yoshlikda umming qadrini bilmaydilar va buni qarigan cho-
g‘idagina payqab, o‘kinadilar, xalq tili bilan aytganda,
«So‘nggi pushaymon - o‘zingga dushman».
Yosh do‘stim, bekorchilik yomon, uning hosili esa undan
ham yomon.
Vaqtni tejashda oynayi jahonni maqsadli va tartibli
ko‘rish ham muhimdir. 0 ‘rinli tomosha qilinsa, oynayi jahon
katta ma’naviy ozuqa beradi. Lekin ba’zilar bir rejasiz yoshlar
108
oynayi jahon qoshida kecha-kunduz naq yotib oladilar. Ular
nimani, qachon va qancha vaqt, qanday tomosha qilishni
bilmaydilar. To‘g‘ri kelganni ko‘raveradilar. Afsuski, ko‘pdan
buyon nafosat manbayiga aylangan oynayi jahon bunday
kishilar uchun vaqt kushandasi bo‘lib qoladi.
Aziz do‘stim, har oqshom o‘tgan kuningni yakunlashga
odatlan, bugun sen g‘animat vaqtingdan qanday foydalanga-
ningni, ertaga nima qilishing kerakligini o‘yla. Shunday ekan,
aslo bugungi ishni ertaga qo‘yma, chunki ertagi kunning ham
o‘z vazifasi bor.
Dars mashg‘uloting muntazam tartibda bo‘lishiga erish.
Mashg‘ulot jarayonida hamrohingga halal berma. O'quv
zalida tinchlik va tartib saqla. Yotoqxonadagi davlat mulkini
ko‘z qorachig'idek asra. Olquv kitoblari, yotoqxonadagi
buyumlar sendan keyingi avlod uchun ham kerakligini
unutma. Xonangda sengacha yashab o‘tgan kishilaming
hayotini, yaxshi an’analarini o'igan va ularga tadqiq q il..
Do'stim, mehmon qabul qilish odobiga rioya qil. Kimni,
qachon va qanday sharoitda chaqirishni bil. Bu borada o'quv
yurtida belgilab qo‘yilgan tartib-qoidalarga og'ishmay amal
qil. Ezma bo‘lishdan, kishilami boshlab kelib, soatlab gap
soitb o‘tirishdan o‘zingni tiy.
Chunki unday kishilar vaqt o‘g‘risidir. Do‘stingning
muvafFaqiyatli o‘qishiga g‘amxo‘rlik qil, imtixonlardan qan
day o‘tayotganini kuzatib tur. Zaruriyat tug‘ilsa, biiga dars
tay-yorlab, unga yordam ber. Uning ijodiy mustaqil o'zlash-
tira olish qobiliyati rivojlanishiga ko‘maklash. Lekin bunda
sen yetakchi-yu, u yetaklanuvchi bo‘lib qolmasin.
Sening dunyoqarashing shakllanishida ona-vatanimizning
o‘z halol mehnatlari tufayli el hurmatiga sazovor bo‘lgan
ilg‘or kishilari: ishchilar, dehqonlar, ustoz taibiyachilar,
109
olimlar, qalam sohiblari va urush qatnashchilari va kasb
egalarining boMib o‘tgan hayot yo'llari o'ziga xos katta bir
dorilfunundir. Sening bugungi iqbolingda necha-necha aziz
odamlaming kechgan bebaho umrlari, chekkan mashaq-
qatlari, to‘kilgan mo‘tabar qonlari bor.
Vatanimizning ilg‘or kishilari bilan jamoa bo‘lib o‘tka-
ziladigan uchrashuvlardan benasib bo‘lma va bu uchrashuv-
lardan o‘zing uchun kerakli xulosalar chiqarib ol.
Gulshanga kirsang xushbo‘y gullaming yaxshi nisori
tekkanidek, oqil, ilg‘or, odobli kishilar bilan qancha ko‘p
muloqotda bo'lsang, ulaming mehnatsevarligi, odamiyligi va
xulq go‘zalligi yosh qalbingda chuqur iz qoldiradi. Hayotning
achchiq-chuchugini totgan katta yoshdagi kishilaming oqi-
lona o‘qit va pand-nasihatlariga quloq sol va ulaiga amal qil,
ulaming umr saboqlari sen uchun hayot maktabidir. Qola-
versa, ulaming mumtoz niyatlari seni yanada baxtliroq,
aqlliroq ko‘rishdir.
Insonlar uchun o‘zaro do'stlik — odat bo‘lsa, og‘a-inilik
— tuganmas davlatdir. Har bir kishining uzoq-yaqin
o ‘lkalarida haqiqiy do‘stlari bo‘lgani yaxshi, unday odam har
yerda izzat va hurmat topadi. Eng badavlat kishi kim, deb
so‘rasalar, sodiq do'stlari ko‘p bo'lgan odamni ko‘rsatish
kerak. Qalbida do'stlik hissi yo‘q kimsa, dunyoda eng faqir
kishidir. Do‘stlik - Baxt-iqbolning zamiridir. Baxt so'zi esa
to‘rt harfdan iborat, u birlik, ahillik, hamjihatlik, totuvlik bor
joyni tanlaydi. Lekin ayrim yoshlar orasida jamiyatimiz qonun-
qoidalariga rioya qilmay, nomatlub xatti-harakatlar bilan talaba
nomiga dog‘ tushirayotganlar ham uchrab turibdi.
Yosh do‘stim, kuzatish shuni ko‘rsatadiki, yoshlar o'rta-
sidagi bunday ko‘ngilsiz xatti-haraktlar asosan bekorchilikdan
kelib chiqadi. Bekorchilik yomon, hosili esa undan ham
110
yomon, nosoz tuyg‘ular, nomatlub xatti-harakatlar bekor-
chilik hosilidir. Insonni bunday hosilalardan xalos etadigan
eng pok, shifobaxsh dori bu foydali mashg‘ulotdir. Shu-ning
uchun o'zing mudom foydali mashg‘ulot topishga harakat
qil, oilada ham, jamoat joylarida ham tartib-qoiddalami
buzma, kechalari ko‘chalarda bebosh sang‘ib yurma. Dono
xalqimizning «Sayoq yursang - tayoq yeysan», degan naqlini
unutma. Axir порок muhitda sang‘igan kishiga xulqi-zebolik
qaerdan ham kelsin!
Tabiatdagi, hayotdagi, odamlardagi barcha go‘zalliklami,
san’at va adabiyot durdonalarining mohiyatini idrok etib,
chuqur anglamoq va ulami baholay bilmoq, eng muhimi,
borliqni, hayotni go'zalroq qilish borasida o‘z hissasini
qo‘shmoq hayot taqozosidir.
Yüklə Dostları ilə paylaş: |