Fanning mazmuni
Fanni o‘qitishdan maqsad— bakalavr talabalarni oilaviy hayot haqida bilim berish va
oilada bolalarni tarbiyalash mazmuni, fanning rivojlanish tarixi, oila pedagogikasining ijtimoiy-
iqtisodiy,
meyoriy-huquqiy asoslari, oilaning vazifalari, turlari, zamonaviy oilalar rivojining
o‘ziga
xos xususiyatlari, oila tarbiyasining mazmuni, metod, shakl va vositalari,
oilada bolalar
bilan muloqotning pedagogik-psixologik shart-sharoitlari, ta’lim muassasasi, o‘qituvchilar, sinf
(guruh) rahbarining oila bilan
olib boradigan ishlari shakl, metod va vositalarini o‘rgatishdan
iborat.
Fanning vazifasi - talabalarni oilada bolalarni har tomonlama barkamol qilib
tarbiyalashga o‘rgatish: oila. oilada farzand tarbiyasi muammolari, oilada ma’naviy muhit,
muomala
madaniyati masalalari, oilada islomiy ma’naviyatdan qadriyat sifatida foydalanish,
chet elda oila, oilaviy munosabatlar va uning o‘ziga xos xususiyatlari, mustaqil oilaviy hayot,
oila xo‘jaligini yuritishda iqtisodiy tarbiya , oilaviy tarbiya jarayonida
ijtimoiy institutlarning
o‘zaro hamkorligini yo‘lga qo‘yish; oila tarbiyasining o‘ziga xosliklari bilan tanishtirish; oilada
bolalarni tarbiyalashning samarali shakl, metod va vositalarini tanlay olish ko‘nikma va
malakalarini shakllantirish.
Dostları ilə paylaş: