“Qanday?” diagrammasini tuzishdan avval, siz quyidagilarni bilishingiz kerak:
ko‘p hollarda Sizga muammolar hal etishda «Nima qilish kerak?» haqida o‘ylashga
hojat bo‘lmaydi. Muammo yechimini topish uchun asosan «Buni qanday qilish kerak?»
qabilida bo‘ladi. «Qanday?» - muammoni hal etishda asosiy savol hisoblanadi.
1. Doira chizing va uning ichiga yechilishi lozim bo‘lgan muammoni yozing.
2. Ketma-ket ravishda «Qanday?» savolini qo‘ying
va shu savolga javob
bering. Shu tartibda savollarni ketma-ket berib boravering va javoblarni o‘ylab
o‘tirmasdan, solishtirmasdan,
baholamasdan, tez-tez yozishda davom eting.
Maslahat va tavsiyalar:
Yangi g‘oyalarni grafik ko‘rinishda qayd etishni o‘zingiz hal eting: daraxt yoki
kaskad ko‘rinishida, yuqoridan pastga yoki chapdan o‘ngga. Eng muhimi esda tuting:
nisbatan ko‘p miqdordagi foydali g‘oyalar va muammo yechimlarini topishga imkon
beradigan usul eng maqbul usul hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: