1- Oila pedagogikasi – fan sifatida
Reja:
1.Oila
pedagogikasi fanining predmeti, maqsad va vazifalari.
2.Oila pedagogikasining boshqa fanlar bilan bog‘liqligi.
3.Oila pedagogikasining ilmiy-tadqiqot metodlari
Ma’ruza turi: Kirish ma’ruzasi.
Komil insonni voyaga etkazishda oila va jamiyatni o‘rni uni tarbiyadagi uzviyligi,
uzluksizlik asosida amalga oshishi bu yaxlit bir qonuniy jarayondir.
Oila pedagogikasi jamiyatningshaxs tarbiyasiga doir muhim
davlat siyosatidagi ustuvor
vazifalarini mukammal bajarishida xizmat qiladi, ta’lim–tarbiyaga
doir bilimlar mushtarak
holda jamlab farzand tarbiyasiga doir tartib-qoidalarning sinovdan o‘tkazuvchi va amalda
tadbiq qiluvchi ota – onaning faoliyatidir.
Oila pedagogikasining predmeti:
Oilada ota-ona aniq maqsad qo‘yib, o‘z
ustida ishlashi, izlanishi tanlangan vosita
usullarini qo‘llash natijasini ko‘ra bilishi tarbiyachilik san’atiga ega bo‘lishi lozim.
Ta’lim–tarbiyaning zamonaviy talab darajasiga va tarbiya
qonuniyatlariga amal
qiladi;
Oilada beriladigan tarbiya mazmuni;
Oilada farzand tarbiyasida qo‘llanadigan
usul va vositalar;
Insoniyatni ma’naviy rivojlanishi bilan oilada farzand tarbiyasining uyg‘unligi;
Oilada farzand tarbiyasidagi mahorat va madaniyatga amal qilish;
Oila pedagogikasining maqsadi.
Oila tarbiyasiga doir muammolarning holati, qonuniyatlarini o‘rganishga qaratiladi.
Oila tarbiyasining vazifalari:
Oila tarbiyasiga doir bir butun muammolarni hal qilish;
Oilaviy tarbiyaning samaradorligini oshirish va uning davlatni ustuvor
talablariga javob beradigan komil insonni tarbiyalashdir;
Oila tarbiyasida milliy qadriyatlardan o‘rinli
foydalanish, pedagogikqonun –
qoidalarga rioya qilishdir;
Fan va texnika yutuqlaridan unumli foydalanish;
Ilg‘or oilalardagi muvaffaqiyatli ish uslublarini o‘rganish;
Ota–onalarni pedagog mutaxassislar bilan hamkorligini o‘rnatish kabilarni
amalga oshirish;
Barkamol inson tarbiyasiga doir muammolarni hal
qilish doimiy va hayotiy
izlanishlarni talab etadi.
Dostları ilə paylaş: