Xalq donishmandalari oila muammosi va tarbiyasi haqidagi qarashlari
juda uzoq tarixiy
ildizga egadir. Xalq og‘zaki va yozma yodgorliklarida: maqol, hikmat, ertak, aytishuvlarda
oila, ota –ona, oilaviy barqarorlik o‘zaro munosabat masalasiga alohida e’tibor qaratilgan.
Ota – ona behad bo‘ladi xursand,
Farzand bo‘lolsa munosib farzand!
Javhar Zamindar.
Namozi
bomdoddin keyin volidangni
Ziyorat qil va xizmatida bo‘l.
Rushtiy.
Oila va undagi tarbiya usul, vosita va omillari ko‘proq
yozma pandnomalarda;
Kaykovusni
«Qobusnoma»,
«Saodatnoma»,
Zahiriddin
Muhammad
Boburning
«Boburnoma»si, «To‘ti shohnoma», «Odobnoma» kabilarda oila muammosiga doir masalalar
ilmiy va nazariy, amaliy jihatdan asoslab berilgan.
Mutafakkir va ma’rifatparvarlarni ijodiy faoliyatida oila muammosi asosiy o‘rin
egallagan. Buning sababi bo‘lajakoila pedagogikasi fanini mazmundorligini ta’minlovchi
badiiy adabiyot, san’at asarlari, milliy meros va umuminsoniy qadriyatlardir.
Oila tarbiyasidagi bolalar xayotini tug‘ri uyushtirish, ularni
vaqtdan tugri va unumli
foydalanishning asosiy garovi ekanligini ota-onalar o‘z farzandlariga o‘qtirishlari lozim. Oila
tarbiyasi masalalari bo‘yicha maxsus Abu Ali Ibn Sino «
Tadbir al-manozil»
nomli asarini
yozgan. Unda olim ota-onaning bolalarni tarbiyalashdagi vazifalarini yoritgan. Asarda oilada
ota-onaning
vazifasi, burchiga va oila munosabatlariga to‘xtalar ekan, ayniqsa ota-onalarning
oilada mehnatsevarligi bilan farzandlarini xam kasb va hunarga o‘rgatish
borasida muhim
fikrlar bayon etadi.
Ibn Sino tarbiyaviy qarashlarida oila va oilaviy masalalarga keng o‘rin berilgan.
Ota oilada o‘z farzandlariga har tomonlama yurish-turishda,
nutq odobida, so‘z
madaniyatida, o‘zaro muomala jarayonida eng muhimi amaliy ish faoliyatida to‘g‘rilik va
xaqqoniylik, samimiylikka namuna bo‘lmog‘i kerak. Oilada farzand tarbiyasining to‘g‘ri yo‘lga
qo‘yishning asosiy vositasi uning ma’naviy olamida e’tiqodni shakllantirish, deb hisoblagan edi
olim.
Dostları ilə paylaş: