63
borliq bilan to’qnashganda esa barcha tasavvurlari parchalanib, ruhan tushkunlikka
uchraydi.
3. Ma’naviy kambag’al tur — bunda yoshlar muhabbatni noto’g’ri tushunadilar.
Muhabbatda ma’naviy yaqinlikni, ruhiy omilning ahamiyatini ko’ra bilmaydilar.
Muhabbatda asosiy rolni jinsiy yaqinlik o’ynaydi, deb biladilar. Bunday toifadagi
yoshlar ko’p hollarda jinsiy hayotni erta boshlaydilar. O’g’il va qiz bolalarning turli
yosh bosqichlaridagi o’zaro munosabatlarni o’sib rivojlanishiga nazar tashlaydigan
bo’lsak, quyidagicha yaqqol ifodalangan manzarani ko’rishimiz mumkin. Bog’cha
yoshidagi qizlar o’g’il bolalar bilan birga o’ynash jarayonida juda yaqin muomalada
bo’ladilar, bir-birlari bilan do’stlashadilar. Hatto ba’zan bolalikning ilk sevgi hislarini
ham boshlaridan kechirishadi. Bu albatta, ularning kattalarga havas qilishi, ularga
taqlidi oqibatida kelib chiqadi. Boshlang’ich sinflardan o’smirlik yoshigacha o’g’il
bolalar ko’pincha o’g’il bolalar bilan, qiz bolalar esa qiz bolalar bilan yaqin
munosabatda bo’lishi tufayli jinslarning bir-birlaridan uzoqlashishi kuzatiladi. O’smirlik
yoshidan boshlab ular orasida yaqinlashish mayli paydo bo’la boshlaydi. O’smirlikning
birinchi davrida bolalar o’zaro biror narsadan qo’rqqan tengdoshiga «qiz bolamisan,
Dostları ilə paylaş: