23
uziga xos jihatlari ham yo’q emas. O’zbek oilalarining uziga xos tomoni - xayo-iboning
kuchliligidadir. Ma’naviyatsiz moddiy farovonlikka ham umumtaraqqiyotga ham erishib
bulmaydi. Ma’naviy qashshoqlik milliy tanazzulga olib boradi. Nohalol ayoldan halol
boshqarish va o’z-o’zini boshqarishdagi ishtirokidan, faoliyat natijasidan qoniqqanlidir.
Oiladagi psixologik muhit - boshqa har qanday gruppada bo’lgan qonunlardan
tarkib topadi. Biroq oilada ish birmuncha murakkabrokdir. Unda kishilar o’z hayotining
ko’proq qismini o’tkazadi. Ular bir-birlari bilan ko’proq samimiy tuyg’ular va
munosabatlar orqali bog’langandir. Oila baxtining asosida oilaning psixologik muhiti
yotadi. Oilaning psixlogik muhitiga er-xotinlarning ham, umuman kishilarga ham oila
a’zolariga va bir-birlariga bo’lgan munosabatlari ta’sir qiladi.
Sotsialog-psixologlar baxtli va baxtsiz oilalarda erning o’ziga va xotiniga bo’lgan
munosabatlarning xususiyalarini aniqlaganlar. Ular qiziqarli faktlarga ega bo’ldilar.
Oiladagi psixolgik muhit er-xotin qiziqishlarining umumiyligi bilan xarakterlanadi, eng
muhimi ularning ikkalasi ham qiziqish bilan hisoblasha bilishlarida va e’tibor bera
bilishlaridadir. Er-xotin katta ijtimoiy muammo va talablar bilan yashaydigan
oilalargina baxtli bo’lishlari mumkin.
Oiladagi qulay axloqiy-psixologik muhit er-xotin va oilaning boshqa a’zolarida
o’ziga ishonish, kishilarga ishonish, quvnoqlik, vazminlik kabi fazilat va tuyg’ularni
shakllantirishga ta’sir ko’rsatadi.
Psixologik muhit kishilarning muvofiqligida yanada aniq namoyon bo’ladi.
Kishilar bir-birlari bilan muvofiqligi, avvalo hayotning qadri, qiziqishlari, emotsional
ko’rsatmalarining umumiy tarzi hamoxangligi nazarda tutiladi, natijada oilada bir-birini
tushunish, boshqalarning qadrini ham, shuningdek insonni qanday bo’lsa shundayligicha
qabul qiladi. Oila a’zolarida psixologik qulaylik ishonchlilik, himoyalanish, bir-birining
muomalasidan qatnoatlanish muvofiqlikning ichki mub’ektiv ko’rsatgichidir.
Kishilarning nomuvofiqligi oila a’zolariningg bir-birlari bilan muomalada va
o’zaro harakatda bo’lgan ehtiyojlarining chegaralanganligidadir.
Dostları ilə paylaş: